Toshkentda haydovchini tegishli belgi qo‘yilmagan yo‘lda qoida buzganlikda ayblagan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlangani haqida xabar berilgandi. YHXBB tekshiruv natijasini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, xizmati davomida ichki ishlar vazirining me’yoriy buyrug‘i talablariga amal qilmagani uchun Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi M.Sh.ga nisbatan tanbeh intizomiy jazosi qo‘llanilishi belgilangan.
Bundan avval Аndijonda voyaga yetmagan bola boshqaruvidagi avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, Toshkentda piyodalar yo‘lagidan o‘tish vaqtida telefonda gaplashgan blogerga chora ko‘rmagan YPX xodimlariga intizomiy jazo belgilangani hamda Jizzaxda niqobni to‘liq taqishga majbur bo‘lmagan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)