• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Uitni Xyuston xotirasiga bag‘ishlanadi. Afsonaviy yulduzning so‘nishi tarixi

    2021-yilda ajoyib ovoz sohibasi va fojiali taqdir egasi Uitni Xyuston 58 yoshni qarshilagan bo‘lardi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Uitni Xyustonning onasi Sesiliya mashhur qo‘shiqchi bo‘lgan — u yoshligidanoq Elvis Presli bilan birga sahnaga chiqqan va shu sababdan ham shou-biznesning barcha xavflarini yaxshi tushungan. Sesiliya qizining ulkan iste’dodini darhol payqagan, lekin ancha vaqtgacha qizi hali tayyor bo‘lmagan muammolardan Uitnini himoya qilgan. Uitni onasi va singlisi bilan baptist cherkovining xorida qo‘shiq kuylar, onasi bunday iste’dod xaridorlarining qanchasini rad etganini bilmas edi. Sesiliya Uitni 18 yoshga to‘lganida qizini shou-biznes olamiga olib kirdi: klublarda kuylagan bir necha qo‘shiqlaridan so‘ng, kichik Xyuston keyinchalik qo‘shiqchining uzoq yillik prodyuseri bo‘lgan Kliv Devis bilan shartnoma imzoladi.

    Yaxshi qiz

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Uitni studiya uchun oltin manbaiga aylandi. Birinchi albom — Whitney Houston bir yilidan so‘ng Billboard 200 chartida birinchi o‘rinni egalladi va yangi ovoz sohibasi “Gremmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi plastinka platina statusiga ega bo‘ldi. Uitni Xyuston “so‘nggi yillardagi eng yoqimli ovozlardan biri” deb e’tirof etildi. U nafaqat iste’dodli, balki mas’uliyatli ham edi: u har doim intervyu va mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida kelar, spirtli ichimliklar bo‘lgan kechalarda qatnashmas va umuman o‘yin-kulgidan ko‘ra karyerasini o‘ylardi.

    Bunday “to‘g‘riligi” uchun Xyustonni yoqtirishmadi. 1989-yilda Soul Train Music Awards mukofotini topshirish marosimida Uitni norozilik kayfiyatidagi hushtak sadolari ostida sahnaga ko‘tarildi: hech kim musiqaga ahamiyat bermadi, qo‘shiqchi allaqachon tomoshabinlarni zeriktirgan edi. U bundan qattiq xafa bo‘ldi .

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Aynan o‘sha qayg‘uli kechada Uitni New Edition guruhi solisti Bobbi Braun bilan tanishdi. Gettodan chiqqan qora tanli 20 yoshli bu yigit otishmalarda ishtirok etishga, yulduz va noqonuniy bolaning otasi bo‘lishga ulgurgandi. Uitni bilan to‘ydan oldin uchrashgan uch yili mobaynida Bobbining nikohsiz bolalari uchtaga ko‘paygan, lekin u bunga ahamiyat bermasdi.

    Uitni va Braunni ikkalasi ham qashshoq bolalikni boshdan kechirishgani tezda til topishishlariga sabab bo‘ldi. Va ular birgalikda omma oldiga chiqa boshlashlari bilan (Uitni Bobbini deb Eddi Merfini tashlab ketgandi) “yaxshi qiz” qiyofasi o‘tmishda qoldi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    1992-yil Uitni Xyuston uchun Bobbi Braun bilan nikohi va Gollivuddagi debyut roli bilan esda qolarli yil bo‘ldi. “Tansoqchi” filmidagi roli uchun u eng yomon aktrisa sifatida “Oltin malina” mukofotini oldi, lekin baribir tom ma’noda u g‘olib edi.  I Will Always Love You qo‘shig‘i Uitni Xyustonga uchta “Gremmi” mukofoti va butun dunyo muxlislarining muhabbatini olib keldi. Ko‘p yillar davomida bu kompozitsiya haqiqiy “sevgi madhiyasi”ga aylandi. Qo‘shiqning bunchalik yurakdan ijro etilishining sababi bor edi: filmni suratga olish paytida Uitni Xyuston homilasidan ayrilgandi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Qo‘shiqchining yolg‘iz qizi — Bobbi Kristina bir yil o‘tib, 1993-yilda tug‘ildi. Ona bo‘lgach, Uitni qolgan yaxshi xulq-atvoriga ham chek qo‘ydi va hamma narsadan voz kechdi. “Meni hayoti doim shunday bo‘lgan malika deb o‘ylaysizmi? Men gettoda o‘sganman. Ha, men giyohvand moddalar qabul qilaman. Ammo bu ijod qilishimga va yashashimga xalal bermaydi”, — deb tan olgan Xyuston Rolling Stone nashriga bergan intervyusida. 2000 yilda Gavayi aeroportida Uitni va Bobbi Braun yuklaridan marixuana topildi. Berilishi kerak bo‘lgan jazo yoshlarning giyohvandlikka qarshi dasturi foydasiga katta miqdordagi mablag‘ga almashtirildi, lekin bu qo‘shiqchiga dars bo‘lmadi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Uitni “Oskar” taqdirlash marosimidagi chiqishini barbod qildi, Maykl Jekson musiqiy karyerasining 30 yilligida yomon taassurot qoldirdi va onasining talabiga binoan reabilitatsiyaga yotqizildi. 2006-yil sentabr oyida Uitni Xyuston ajrashish uchun ariza berdi. Bobbi Braun bilan birgalikdagi turmushi uning asosiy narsasi — ajoyib ovoziga ta’sir qilgandi. Ko‘p yillar davomida chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilish natijasida Uitni va uning eri endi odatdagidek qo‘shiq kuylay olmasdilar: ajrashishning asosiy sababi ham shu edi.

    Yangi hayot

    Uitni baribir avvalgidek yaxshi qiz bo‘la olmadi. Hatto uning yangi albomidan kelgan muvaffaqiyat ham eski Xyustonni qaytara olmadi. Uning muxlislari hali ham konsert zallarini to‘ldirar, I Will Always Love You qo‘shig‘i olqishlar bilan qarshi olinar, mukofotlarga sazovor bo‘lardi, ammo oddiy hayotda qo‘shiqchini tez-tez qo‘lida sigaret va martini bilan ko‘rish mumkin edi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Va bu o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. 2010-yilda Uitni Xyuston dunyo bo‘ylab gastrol safariga chiqdi, lekin sog‘lig‘i yomonlashgani sababli uni to‘xtatishga to‘g‘ri keldi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    O‘limidan biroz oldin u navbatdagi reabilitatsiya kursidan o‘tdi. 2012-yil fevral oyida esa u 54-“Gremmi” mukofotini taqdirlash marosimida qatnashishi kerak edi. Marosimga bir hafta qolganida —11 fevral kuni u mehmonxonadagi nomerining yuvish xonasida yuztuban yotgan holda topildi. Keyinchalik mutaxassislarning aniqlashicha, uning yonida oq kukun — kokainli qoshiq bo‘lgan. O‘limidan sal oldin Uitni o‘z stilistiga shunday degandi: “Men shunchaki sevishni va sevilishni xohlayman. Men hech narsa qaramay, hech qanday shartlarsiz Iso kabi sevishni xohlayman”.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Uitnining o‘limidan uch yil o‘tgach, uning yolg‘izgina qizi Bobbi Kristina ham vafot etdi. O‘n sakkiz yoshli qiz miya jarohati tufayli olti oy komada hayot uchun kurashdi, ammo afsuski.... Mazkur fojiada Uitni tomonidan o‘n ikki yoshida asrab olingan Nik Gordon gumon qilindi. Chunki Uitni Nikni o‘z farzandidek ko‘rgan bo‘lsa-da, xonandaning vafotidan keyin yoshlar o‘zlarini aka-singil deb hisoblashmas edi...

    Mavzuga doir: 

    • “Tansoqchi”: Gollivudning eng yaxshi melodramasi kadri ortida nimalar qoldi? (foto)
    • Mashhur xonanda Uitni Xyuston haqida siz bilmagan 10 ta fakt
    • Malika Diana, Maykl Jekson va boshqa mashhurlarning o‘limidan avval olingan so‘nggi suratlari
    • Uitni Xyuston hayoti haqida film suratga olinadi
    • Marhum qo‘shiqchi Uitni Xyustonning gologrammasi gastrol safariga chiqadi
     

    10.08.2021, 20:58   Izoh (0)   22040
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, nafas olyapman”: qo‘shiqchi MakSim uzoq vaqt komadan keyin birinchi marta muxlislariga murojaat qildi

    10.08.2021, 15:40

    Mashhur filmlar qanday tasvirga olingani haqida tasavvur uyg‘otadigan suratlar

    10.08.2021, 11:50

    E’tiqod, xiyonat, mashhurlik va yulduzlar ajrimining boshqa sabablari (foto)

    10.08.2021, 08:59

    Instagram: Obid Asomov oilasining Prezidentga minnatdorchiligi, Gulchehra Eshonqulova nima sababdan hijobga kirdi? Aziz Rametov birga rol ijro etishni istamaydigan...

    09.08.2021, 22:25

    Ko‘l, ko‘cha, shirinlik va Bollivud yulduzlari nomi bilan atalgan boshqa narsalar

    09.08.2021, 19:55

    Instagram’da eng ko‘p pul topadigan yulduzlar reytingi e’lon qilindi

    09.08.2021, 16:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand Kambodja bilan chegaradagi bahsli cho‘qqini nazoratga oldi

    Dunyo | 26 iyul, 13:05

    Butunjahon hojatxonalar tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 12:40

    “Manchester Yunayted” “Real” darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 26 iyul, 12:30

    Aydan Shenerdan Hande Erchelgacha: jahonga mashhur turk aktrisalari

    Kino | 26 iyul, 12:20

    Tramp yong‘indan jabrlanganlarga ajratilgan 100 mln dollar yo‘qolgani haqida ma’lum qildi

    Dunyo | 26 iyul, 11:50

    “Toshkent shahar elektr tarmoqlari”ning 28 nafar mansabdori intizomiy javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 11:37

    “Barselona” yozgi transfer oynasida boshqa futbolchi xarid qilmaydi

    Sport | 26 iyul, 11:36

    K-pop yulduzi bo‘lish narxi qancha? Koreyalik mashhurlarning go‘zallik uchun qilingan jarrohlik amaliyotlari

    Shou-biznes | 26 iyul, 11:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.