O‘zbekistonda 9-avgust kuni 891 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 138 382 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining
- 86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 42 nafari Andijon viloyatida,
- 24 nafari Buxoro viloyatida,
- 79 nafari Jizzax viloyatida,
- 22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 19 nafari Navoiy viloyatida,
- 41 nafari Namangan viloyatida,
- 83 nafari Samarqand viloyatida,
- 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 89 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 88 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 46 nafari Xorazm viloyatida,
- 91 nafari Toshkent viloyatida,
- 153 nafari Toshkent shahrida
Shuningdek, 9-avgust kuni jami 875 nafar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 93 nafar, Andijon viloyatida 95 nafar, Buxoro viloyatida 18 nafar, Jizzax viloyatida 101 nafar, Qashqadaryo viloyatida 24 nafar, Navoiy viloyatida 64 nafar, Namangan viloyatida 40 nafar, Surxondaryo viloyatida 99 nafar, Farg‘ona viloyatida 89 nafar, Xorazm viloyati 53 nafar, Toshkent viloyatida 93 nafar, Toshkent shahrida 106 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 131 781 nafarga yetdi.
Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 941 nafarni tashkil qilmoqda.
Bundan tashqari, 9-avgustda 457 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 15 399 nafarga yetgan. So‘nggi sutkada ularning 584 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 8121 nafarni tashkil qilmoqda. To‘rt nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 103 nafarga yetdi.
Avvalroq AQSh O‘zbekistonga qiymati 330 ming dollardan ziyod bo‘lgan tibbiy niqoblar yuborgani, O‘zbekistonda xodimlari koronavirusga qarshi vaksina olgan kafe va restoranlar ish vaqtiga cheklov o‘rnatilmaydigan bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)