• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namangandagi “kamida 500 yilni niyat qilib” qurilayotgan muhtasham masjid (foto va video)

    Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 150 yillik ko‘hna masjid o‘rniga yangisi barpo etilmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Tumanning “Tagijar” mahallasida joylashgan “Eshonbobo” masjidi keyingi yillarda nurab, binoga putur yetishni boshlagandi. Qolaversa, bor-yo‘g‘i 120 kishiga mo‘ljallangani bois keyingi paytlarda namozxonlar ichkariga sig‘may, janoza, juma va hayit namozlari ko‘chada ham o‘qilayotgandi.

    Xoshimjon Oxunov.

    Xoshimjon Oxunov.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Bu joylar zax bo‘lgani sababli masjidni balandlikka, katta yo‘l yoqasiga ko‘chirishga qaror qilindi. 2019-yil iyul oyida qurilish boshlandi. Katta homiylarimiz yo‘q, hashar yo‘li bilan barpo etilyapti. Loyihasi ajoyib va ko‘rinishi nihoyatda go‘zal bo‘lgani uchun hali bitmasidan turib Farg‘ona va Andijon, Samarqand va Jizzaxdan ham kelib ko‘rib ketishyapti”, — deydi mahalla oqsoqoli Xoshimjon Oxunov.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ushbu masjidni loyihalashtirgan Adhamjon Umarov shu paytgacha respublikaning turli viloyatlarida 150 dan ortiq masjidning qurilishiga bosh-qosh bo‘lgan. Endi o‘zi tug‘ilib-o‘sgan yurt oldidagi qarzni o‘tash fursati ham keldi.

    Adhamjon Umarov.

    Adhamjon Umarov.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Masjidimiz qurilishida dinimizga oid sana va raqamlar uyg‘un bo‘lib boryapti. Binoning diametri 30 metr — Qur’onning 30 porasiga monand. Asosiy gumbazning balandligi 27 metr, Qadr kechasini yodimizga soladi. Yonidagi to‘rtta kichik gumbaz to‘rt xalifaga ishora. Bo‘lajak minoraning balandligi payg‘ambarimiz yashab o‘tgan yillarga qiyosan 63 metr. Unga olib chiqadigan zinalar esa Qur’on suralari soni bilan bir xil — 114 ta”, — deydi Adhamjon Umarov.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Umarovning aytishicha, yangi masjidga ayvonlari bilan qo‘shib hisoblaganda 5 ming kishi sig‘adi. Uning asosiy gumbazi diametri qariyb 15 metr bo‘lib, titan qoplamasi Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidan keltirilgan. Qoplama qayerga ishlatilishidan xabar topgan o‘sha yerdagi tadbirkorlar yo‘l xarajatlari va bojxona to‘lovlarini ham zimmasiga olishibdi.

    Ibodullo Usmonov.

    Ibodullo Usmonov.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Kosonsoy ahli masjid qurilishi uchun juda katta hissa qo‘shyapti. Kimdir sement, kimdir yog‘och yoki armatura. Hatto to‘rt tup teragidan ikkitasini berib, nega ishlatmayapsizlar deya xafa bo‘layotganlar bor. Naql qilinishicha, masjid uchun bitta sham yoqqan kishiga to o‘sha shami o‘chguniga qadar farishtalar istig‘for aytib, ajri qiyomatga qadar borar ekan. Masjid 60-70 foizga bitib qoldi, Insha Alloh, bir yil ichida ko‘chib o‘tamiz. Uzoq vaqt mobaynida xalqimizga xizmat qilsin. O‘zi kamida 500 yilni niyat qilib qurilyapti bu bino”, — deydi “Eshonbobo” jome masjidi imom-xatibi Ibodullo Usmonov.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ma’lumot uchun, bugungi kunda Kosonsoy tumanida 18 masjid faoliyat olib bormoqda. Ulardan ikkitasi mukammal ta’mirlanyapti, uchtasi, jumladan, “Eshonbobo” masjidi yangitdan qurilmoqda.

    Mavzuga doir: Namanganning “Afsonalar vodiysi” bog‘idagi yangi masjidda ilk juma namozi o‘qildi

    10.08.2021, 09:39   Izoh (0)   29120
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yunusobodda 100 dona qalbaki “Remdesivir” dorisini 4 700 AQSh dollariga sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

    10.08.2021, 09:25

    DTM: “Javob belgilanmagan test topshirig‘iga ball berilishi natija xato hisoblanganini anglatmaydi”

    10.08.2021, 08:39

    Jizzaxda it ovlov brigadasi 7 ta uysiz itni otib tashladi (foto)

    10.08.2021, 08:24

    O‘zbekistonda ilk bor bir qator yuqumli kasalliklar bo‘yicha ekspress-test o‘tkazuvchi ko‘chma laboratoriya ishga tushirildi

    10.08.2021, 07:49

    Jizzaxda haydovchi rulda uxlab qolishi oqibatida yuk avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

    10.08.2021, 07:07

    Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan panda, uyga qaytayotgan fillar, Meksikadagi osma transport. 9-avgust suratlari

    10.08.2021, 01:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.