Klipsch kompaniyasi T5 II True Wireless ANC nomli simsiz naushniklar taqdimotini o‘tkazdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mazkur naushniklar sun’iy intellektga ega. Shu orqali foydalanuvchi telefon qo‘ng‘iroqlarini boshni qimirlatish orqali qabul qila oladi.
Ta’kidlanishicha, buning uchun boshni uch marta pastga qimirlatish lozim. Qo‘ng‘iroqqa rad javobi beriladigan bo‘lsa, bosh turli tomonlarga qimirlatiladi.
Faol shovqin so‘ndirish rejimi yoqilgan holatda naushniklar bir marta quvvatlanish orqali besh soat ishlay oladi. Quvvatlantirish g‘ilofi esa yana qo‘shimcha 15 soatli ishlashni ta’minlaydi.
Faol shovqin so‘ndirish rejimi o‘chirilsa, naushniklar yetti soatgacha avtonom ishlashi mumkin. Shu bilan birga, quvvatlantirish g‘ilofi naushnikning yana 21 soat ishlashiga yordam beradi.
Garnitura 2021-yilning sentabrida 299 dollar qiymatida sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Avvalroq OnePlus’ning sobiq direktoriga tegishli brend shaffof Nothing Ear TWS-naushniklarini taqdim etgani, yangi LG naushniklarida shivirlab gapirish imkonini beradigan rejim paydo bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)