Turkiston—Chimkent—Toshkent tezyurar temiryo‘lini qurish loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, bu haqda prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida 6-avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvida ma’lum qildi.
“O‘zbekiston bilan yangi loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Birinchi navbatda gap Turkiston—Chimkent—Toshkent tezyurar temiryo‘li haqida ketmoqda (loyiha qiymati 700 million dollar atrofida). Avvalroq biz o‘zbek sheriklarimiz uchun Qo‘riq va Aqtau portlariga qisqa yo‘lni ochgan Beyneu—Aqjigit avtomobil yo‘li qurilishini yakunlagandik”, — degan Qosim-Jo‘mart To‘qayev.
Uning ta’kidlashicha, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish ushbu mintaqadagi barcha davlatlarda YaIM o‘sishini 15 foizga ta’minlashi mumkin.
“Bu ulkan zaxira, shuning uchun biz birgalikda mintaqaning transport aloqasini oshirishimiz va tranzit sharoitlarini izchil yaxshilashimiz kerak”, — degan Qozog‘iston prezidenti.
Mavzuga doir:
Izoh (0)