• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Go‘zallik

    Sochlar o‘sishi uchun nima qilish kerak? Oddiy, ammo samara beradigan 16 tavsiya

    Sochlarning uzun va jilokor bo‘lishi, asosan, genga bog‘liq bo‘ladi. Ammo yaxshi parvarish va doimiy ravishda niqoblardan foydalanish ham ko‘ngildagidek natijaga erishishga yordam berishi mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sochingizni har kuni yuvmang

    Shampun nafaqat sochdagi kirlarni, teri va sochlarni himoya qilib, namlantirib turadigan yog‘ qatlamini ham yuvib yuboradi. Shuning hisobiga sochlar avvalgidek jilokor bo‘lmaydi, tashqi omillarga ta’sirchan bo‘lib qoladi. Shu sabab ham mutaxassislar yuvish orasidagi muddatni asta-sekin uzoqlashtirib borishni tavsiya qiladi. Hafta davomida 2-3 marta yuvish eng yaxshi variant.

    Tarkibida sulfat bo‘lmagan shampundan foydalaning

    Shampun tarkibida SLS (Sodium Lauryl Sulfate) va SLES (Sodium Laureth Sulfate) bo‘lmasligiga e’tibor qarating. Sulfatsiz shampun yaxshi ko‘pirmagani bilan tabiiy komponentlarni o‘z ichiga olgani uchun bosh terisidagi yog‘ qatlami butkul yuvilib ketmaydi. Qanday shampundan foydalangan taqdiringizda ham uni soch ildizining o‘zigagina surting. Qolgan uzunlik uchun esa suv bilan qo‘shilib oqqan qismining o‘zi kifoya qiladi.

    Issiq suvda yuvmang

    Sovuqroq suvda yuvilganda sochlar jilokor va sog‘lom ko‘rinadi. Qolaversa, konditsioner yoki balzamdan foydalanishni unutmang. Ular sochlarning chiroyli ko‘rinishiga hissa qo‘shibgina qolmay, foydali komponentlar: yog‘, oqsil va minerallar bilan ham ta’minlaydi.

    Soch uchun niqoblardan foydalaning

    Soch uchun niqoblardan muntazam ravishda, misol uchun, hafta davomida bir necha marta foydalanib ko‘ring. Agar tolalarning uchi quruq va dag‘al bo‘lib qolgan bo‘lsa, unda tiklaydigan kurs o‘tkazish va niqoblardan tez-tez foydalanish kerak.

    Do‘kondagi niqobni qanday tanlash mumkin?

    O‘ramida namlantiruvchi, oziqlantiruvchi va tiklovchi deb yozilgan niqoblarni xarid qiling. Jilokor ko‘rsatadi, yaltiratadi, degan yozuvlarga uchmang. Tabiiy komponentlar bisyor bo‘lishiga e’tibor qarating. Shu bilan birga, tarkibidagilarning yozilish ketma-ketligi ham o‘ta muhim: masalan, yog‘ning borligi ro‘yxatning oxirida yozilgan bo‘lsa, demak niqobda yog‘ miqdori juda ham kam bo‘ladi. Niqobni avvalo sochning uchiga surting va keyin asta-sekinlik bilan uzunligi bo‘ylab, ildizidan 10 sm qoldirib tarqating. Kosmetik do‘kondan xarid qilingan niqobni odatda 30 daqiqa tutish kerak. Shu sabab qo‘llanma bilan tanishib chiqing va yuvib tashlashga shoshilmang. Soch tolalari foydali komponentlar bilan to‘yinishi uchun imkon bering.

    Uy sharoitida niqob tayyorlash

    Tabiiy va sinalgan niqoblardan foydalanish juda ham foydali. Masalan, sochlarni silliq ko‘rsatish uchun qatiqli niqobdan foydalaning. 1 stakan qatiqni soch bo‘ylab surting va ustidan maxsus qalpoq kiying. 30-40 daqiqadan keyin iliq suvning o‘zida keyin esa shampun bilan yuvib tashlang. Asalli niqob ham sinalgan usullardan biri hisoblanadi. Tuxum sarig‘iga 1 qoshiq asal va bir necha tomchi limon sharbati qo‘shing. Toza sochga surting va bir soatdan keyin yuvib tashlang.

    Soch uchun yog‘lardan foydalaning

    Allaqachon qanchalik foydali ekani tan olingan yog‘lar nam yoki turmaklangandan keyingi quruq sochlarga surtiladi. Sochlarni oziqlantiradi, mustahkam va sog‘lom ko‘rsatadi. Ammo xarid davomida e’tiborli bo‘ling, qo‘llanmadan foydalanib, tarkibida tabiiy komponentlar bisyor bo‘lgan variantlarga e’tibor qarating. Gap shundaki, ularning ba’zilarida tabiiy yog‘ bo‘lmasligi, sochni bir muddatgagina jilokor ko‘rsatishi mumkin, xolos. Bodom, chakamug‘, uzum yoki shaftoli danagidan olingan yog‘lar, shuningdek, kokos yog‘i yaxshi oziqlantiradi va sochlarning tiklanishiga yordam beradi.

    Soch o‘sishini jadallashtiradigan vositalardan ehtiyot bo‘lib foydalaning

    Samara bergani bilan, stilistlar bunday tez natija beradigan vositalarni xarid qilishga oshiqmaslikni tavsiya qiladi. Buning o‘rniga sochlarni o‘stirishga yordam beradigan uy sharoitida tayyorlanadigan tabiiy niqoblardan foydalaning. Buning uchun sizga 2 osh qoshiq xantal kukuni, 2 osh qoshiq issiq suv, 1 ta tuxum, shuningdek, 2 osh qoshiq yog‘ va 1 osh qoshiq shakar kerak bo‘ladi. Aralashma holiga keltirib, soch ildiziga surting. Tolaning uchiga niqob tegmasligi uchun istalgan yog‘dan surtishingiz mumkin. 15 daqiqadan 1 soatgacha tursa bo‘ladi — teri ahvolidan kelib chiqib ish tuting. Keyin esa shampun va konditsionerda yuvib tashlang.

    Fen va soch uchun dazmollardan foydalanmang

    Har kuni sochlarni issiq havo bilan quritish va 200 darajali ployka hamda dazmollardan foydalanish soch tolasining uchini shikastlaydi. Shu sabab tabiiy usullardan foydalaning, sochingizni yuvgandan keyin sochiqqa o‘rab, boshqa ishlaringiz bilan shug‘ullaning.

    Issiqlikdan himoya qiladigan vositalardan foydalaning

    Bir zumda sochlarni quritish kerak bo‘lib qolsa va fen, ploykadan foydalanmaslikning iloji bo‘lmasa, issiqlikdan himoya qiladigan vositalardan foydalanish kerak. Vosita shunchaki soch yuzasida ko‘rinmas himoya qiluvchi plyonka hosil qiladi. Ammo foydalanishdan avval qo‘llanma bilan tanishib chiqishni unutmang. Odatda ishlab chiqaruvchilar vosita ish beradigan darajani belgilab qo‘ygan bo‘ladi.

    Sochingizni sochiqqa qattiq o‘ramang

    Hatto tabiiy yo‘l bilan quritish ham sochlarga zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun sochiqni yumshoq va sifatli ekaniga e’tibor qarating. Sochlarni siqib o‘ramang. Shunchaki yengil harakatlar bilan sochiq yordamida quriting.

    Nam soch bilan uxlamang

    Quritishga vaqtingiz bo‘lmasligiga amin bo‘lsangiz, hech qachon sochlarni yotishdan avval yuva ko‘rmang. Birinchidan, sochlar shikastlanadi. Ikkinchidan esa, ertalab tartibsiz sochlar bilan uyg‘onasiz.

    Yostiq jildini almashtiring

    Qattiq choyshab soch to‘kilishi va toklanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun shikastlantirmaydigan shoyi matosidan tikilgan yostiq jildidan foydalaning.

    Sochlarni ehtiyotkorlik bilan tarang

    Sochni namligida taramang, yaxshisi, qurishini kuting. Yoki tarashni osonlashtiradigan vositalardan foydalaning. Spreylar sochni qo‘shimcha namlantirib, chigallarni yechishga yordam beradi. Sochni uchidan boshlab yuqori tomon tarang. Shuningdek, mutaxassislar sochni kechasi muntazam ravishda tarashni tavsiya qiladi.

    Sartaroshxonaga boring

    Sartaroshga borib vaqt-vaqti bilan sochlarni kaltalatib turing. Gullagani hisobiga sochlar o‘smaydi va tartibsiz ko‘rinadi. Sartaroshlar sochni hech bo‘lmaganda uch oyda bir marta kestirishni tavsiya qiladi.

    Baliq, meva va sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qiling

    Losos, tunets, skumbriya va forel omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘ladi. Temir moddasiga boy mahsulotlar, masalan, olma, karam va qovoq iste’mol qiling. Suvsizlanish sochlarning qurishi va mo‘rtlashishiga olib kelmasligi uchun suyuqlik ichishni ham kanda qilmang. Dorixonalardan vitamin xarid qilishdan avval esa shifokor bilan maslahatlashing.

    Mavzuga doir:

    • Qazg‘oqqa qarshi shampundan har kuni foydalansa bo‘ladimi?
    • Go‘zallik salonidagi sirlar: siyrak sochlarga hajm berishga yordam beradigan 10 tavsiya
    • Soch to‘kilishining eng asosiy 5 sababi

    06.08.2021, 15:59   Izoh (0)   38818
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoshlarni tatuaj qildirmaslik uchun eng asosiy besh sabab

    04.08.2021, 14:21

    Sharqona go‘zallik: arab qizlari ko‘zlarini qanday bo‘yaydi?

    02.08.2021, 15:40

    Ko‘z ostidagi halqa va shishlardan tezda xalos bo‘lishning 5 usuli

    30.07.2021, 08:54

    Bilib qo‘ygan yaxshi! Yuz terisini parvarish qilish haqida 10 ta fakt

    25.07.2021, 16:52

    Erta qarishning oldini olishga yordam beradigan 9 tavsiya

    14.07.2021, 10:58

    Tanib bo‘lmas darajada makiyaj qiladigan vizajist — Goar Avetisyanning ijod mahsulini o‘zida mujassam etgan suratlar

    08.07.2021, 20:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.