• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQShda o‘rmon yong‘ini butun boshli shaharni vayron qildi (foto va video)

    AQShdagi o‘rmon yong‘inlari oltin talvasasi davriga oid Grinvill tarixiy shahrini vayron qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Ayni paytda Kaliforniyada yuz berayotgan va Diksi nomi bilan mashhur bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘ini Janubiy Karolina shtatidagi Grinvill shahriga yopirildi. Ushbu shaharga 150 yil avval asos solingan, o‘shanda unga yaqin oltin konlari ko‘chmanchilarni va savdogarlarni Hind vodiysiga jalb qilgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Xabarlarga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni to‘xtatish uchun bir necha kun davomida tinmay ishlagan, ammo 4-avgust kuni u chiziqni yorib o‘tib, shahar markazi tomonga tarqalgan.

    “Bugun biz Grinvillni yo‘qotdik. Ifodalashga so‘z ojiz”, — dedi ushbu hududga vakillik qiluvchi kongressmen Dug Lamalf.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Hukumat ma’lum qilishicha, Diksidagi uch haftalik yong‘in shtat tarixida kattaligi bo‘yicha sakkizinchisi bo‘ldi, ayni paytda alanga 130 ming kvadrat akr hududni qamrab olgan, 5-avgust kuni ertalabki holatga ko‘ra, yong‘in 35 foizga to‘xtatilgan. O‘nlab inshootlar, shu jumladan, uylar ham vayron bo‘lgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Taxminan 800 nafar aholidan majburiy evakuatsiya qilish so‘ralgan. Mansabdorlar aytishicha, ba’zi odamlar ketish buyrug‘iga bo‘ysunmagan bo‘lishi mumkin, ammo qurbonlar va yaradorlar haqida xabarlar kelib tushmagan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    AQSh g‘arbidagi 14 ta shtatda 100 ta yirik yong‘in qayd etildi. Eng og‘ir vaziyat Kaliforniya, Oregon, Montana va Aydaxo shtatlarida kuzatilmoqda. Odatda yong‘in xavfi yil oxirida cho‘qqiga chiqadigan Kaliforniyada o‘tgan yilgidan ham kattaroq maydon yonib ketgan — o‘tgan yili esa yong‘in yuzasidan tarixdagi eng xavfli mavsum qayd etilgan edi.

    Ayni paytda anomal issiq havo ta’sirida dunyoning boshqa mamlakatlarida ham yong‘inlar yuz bermoqda. Chunonchi iyulning ikkinchi yarmida Rossiyaning Yoqutiston avtonom respublikasining 8 tumanida o‘rmon yong‘inlar qariyb 1,5 million gektar maydonni yo‘q qildi.

    Turkiyadagi yong‘inlar 28-iyul kuni kuchli shamol va issiq ob-havo tufayli boshlandi. Ular Turkiyaning janubiy viloyatlariga ta’sir ko‘rsatdi, jumladan, yong‘in o‘chog‘i Marmaris va Antaliya kabi kurort shaharlar yaqinida joylashgan.

    Keyinroq Isroilda anomal issiq iqlim tufayli Quddus yaqinidagi Shoresh hududida yong‘inlar kuzatildi. Yong‘inlar, taxminan, 10 gektar maydondagi o‘rmonlar hududini qoplab olgan.

    Kuni kecha esa Gretsiyaning Evbeya oroli va Afina shahri atrofidagi yong‘inlar 200 dan ortiq uyni butunlay vayron qildi yoki zararladi.

    Shuningdek, bunday yong‘inlar O‘zbekiston hududida ham kuzatildi. Jizzax viloyatining Zomin tumani “Duoba” qishloq fuqarolar yig‘ini O‘riklisoy qishlog‘i yaqinidagi o‘rmon hududlarida 1-avgust kuni yirik yong‘in yuz berdi. Soat taxminan 10:40 da boshlangan yong‘in salkam sakkiz soatdan so‘ng o‘chirildi; Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) ma’lumotlariga ko‘ra, 80 gektar maydonda quruq o‘t va daraxtlar yongan. Olovni o‘chirishga 1600 ga yaqin odam jalb etilgan.

    06.08.2021, 20:42   Izoh (0)   31242
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Insoniyat real xavf davriga qadam qo‘ydi, Moderna vaksinasi yarim yildan keyin ham o‘z samaradorligini yo‘qotmadi. Koronaxabarlar

    06.08.2021, 19:09

    Rossiyada MDH mamlakatlaridan kelgan noqonuniy muhojirlar soni 700 mingdan oshdi

    06.08.2021, 14:57

    CNN: AQSh razvedkasi Uxan laboratoriyasidagi viruslar haqida ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi

    06.08.2021, 13:59

    Ibrohim Raisiy Eron prezidenti lavozimiga rasman kirishdi va mamlakat yadro qurolini yaratmasligini ma’lum qildi

    06.08.2021, 12:58

    Tojikistonda rossiyalik sayohatchilarni qutqarish chog‘ida vertolyot halokatga uchradi

    06.08.2021, 12:33

    Qirg‘iziston hukumati va Kanada kompaniyasi nima sababdan “Qumtor” oltin konini bo‘lisha olmayapti?

    06.08.2021, 08:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nafis mato va ochiq ranglar: taniqli instablogerlarning yozgi obrazlarini tahlil qilamiz

    Layfstayl | 5 avgust, 19:40

    Britaniya kontrrazvedkasining birinchi ayol direktori Stella Rimington vafot etdi

    Dunyo | 5 avgust, 19:20

    Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonning beshta hududida sezildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:19

    Lazizbek Mullajonovning Olimpiya medali bekor qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

    Sport | 5 avgust, 19:15

    Toshkentda velosiped o‘g‘risi 5 yildan ko‘proq muddatga qamaldi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 19:05

    Samarqand viloyati hokimining to‘rt o‘rinbosari o‘zgardi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 18:51

    Endokrinolog marmelad shaklidagi vitaminlar xavfi haqida ogohlantirdi

    Farzand | 5 avgust, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.