Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Tolibon” Kobulda Afg‘oniston mudofaa vazirining uyiga uyushtirilgan hujumdan keyin endi hukumat amaldorlariga “urush e’lon qilganini” bildirdi. Bu haqda “Tolibon” vakili Zabiulla Mujohid ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Afg‘oniston mudofaa vaziri general Bismillo Xon Muhammadiyning uyiga uyushtirilgan hujum oqibatida 8 nafar odam halok bo‘lgan va 20 kishi turli darajadagi jarohatlangandi. “Tolibon” ushbu qurolli hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

“Ushbu hujum hukumat yetakchilari va muhim shaxslarga qarshi javob operatsiyalarining boshlanishi”, – deb yozgan Mujohid Twitter’da.

Kobulda sodir bo‘lgan voqeaga guvoh bo‘lgan “RIA Novosti” manbasi Afg‘onistonda vazirning uyi oldida dastlab avtomobil portlatilgan, keyinchali qurollangan jangarilar uyga hujum uyushtirgani haqida axborot bergan. Muhammadiy o‘ziga ham, oila a’zolariga ham hujum oqibatida zarar yetmaganini bildirgan.

Avval Afg‘onistonning Helmand viloyatida bir sutkada 40 nafar tinch fuqaro halok bo‘lgani, aholidan uylarini tark etish so‘ralayotgani haqida xabar berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi