Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qashqadaryo viloyat sudida faoliyat yurituvchi 73 nafar sudya 2021-yilning o‘tgan davri mobaynida 27 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmini chiqargan. Bu haqda Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida viloyat sudi mas’ullari bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Matbuot anjumanida so‘z olgan viloyat sudi raisi Abduqayum Mahkamovning ma’lumot berishicha, 2014-yil viloyatda 2 nafar sudlanuvchi oqlangan bo‘lsa, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 4 nafarni, 2017-yilda 17 nafarni, 2018-yilda 93 nafarni, 2019-yilda 146 nafarni va 2020-yilda 47 nafarni tashkil qilgan. 2021-yilning o‘tgan davrida esa 27 nafar shaxs aybsiz deb topilib, oqlangan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 96 ta ish bo‘yicha 110 ta asossiz ayblov rad etilgan. 13 nafar reabilitatsiyaga kelgan fuqarolarga 501 million 339 ming so‘mlik moddiy zarar undirib berilgan. Tayinlangan jazo choralari haqida gapiradigan bo‘lsak, yilning o‘tgan davr mobaynida 150 nafar shaxsga jarima, 14 nafar shaxsga majburiy jamoat ishlari, 445 nafar sudlanuvchiga esa axloq tuzatish ishlari, 367 shaxsga ozodlikni cheklash, 299 nafar kishiga ozodlikdan mahrum qilish, 1 nafar shaxsga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan”, — deydi viloyat sudi raisi.

Qayd etilishicha, viloyatda shu davr mobaynida 162 nafar ayolga nisbatan ish ochilgan bo‘lib, 132 nafariga hukm chiqarilgan. 30 nafariga qo‘zg‘atilgan ish tugatilgan. 14 nafar ayol ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolangan bo‘lsa, 65 nafar 60 yoshdan oshganlarning 6 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

“Shu davrda Yoshlar ishlari agentligining kafilligi asosida 4 nafar shaxsga nisbatan 2 ta ish, mahalla fuqarolar yig‘ini kafilligi asosida 16 shaxsga nisbatan 10 ta ish ko‘rilib, ularning barchasiga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralari qo‘llanilgan”, — deydi Abduqayum Mahkamov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda bir-biri bilan mushtlashgan maktab o‘quvchilarining ota-onasi jarimaga tortildi
Mahalliy
AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib Arktika bo‘risini klonlashtirdi (video)