• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Franchesko Tottidan Mirko Vuchinichgacha. “Roma” tarixidagi eng yaxshi 21 to‘purar

    O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov Italiyaning qadimiy va mashhur klublaridan biri “Roma” futbolchisiga aylandi. “Bo‘rilar” safida doim o‘ziga xos hujumchilar va gol urishni yoqtiradigan yarim himoyachilar bo‘lgan. Ushbu sahifada “Roma” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida so‘z boradi.

    “Roma” — 1927-yil 7-iyunda tashkil topgan professional jamoa. Uy o‘yinlarini Rimning “Olimpiko” stadionida o‘tkazadi. Klub tashkil etilganidan buyon A Seriyaning bir mavsumida ishtirok eta olmagan, xolos. O‘z tarixida 3 marta Italiya chempionligi, 9 marta Italiya Kubogi, 2 marta Italiya Superkubogi sohibiga aylangan.

    21-o‘rin: Antonio Kassano

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Italiya
    • Pozitsiya: hujumchi
    • Gollar soni: 52
    • O‘yinlar soni: 161
    • “Roma”dagi faoliyati: 2001—2006
    Italiyalik hujumchi 2001—2006-yillar mobaynida “Roma”da o‘ynagan. Bu vaqt oralig‘ida Kassano rimliklar safida 161 o‘yinda maydonga tushib, 52 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Yaxshi o‘yin ko‘rsatishi bilan birgalikda futbolchi rahbariyat va murabbiy bilan nizolashib qoladi. Shu sababli “Roma”da yorqin faoliyat olib borolmaydi.

    20-o‘rin: Karlo Galli

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Italiya
    • Pozitsiya: hujumchi
    • Gollar soni: 54
    • O‘yinlar soni: 125
    • “Roma”dagi faoliyati: 1951—1956
    Hujum chizig‘ida o‘ynaydigan italiyalik futbolchi “Roma”, “Milan” klublari va Italiya terma jamoasidagi harakatlari bilan mashhur. “Roma” safida o‘tkazgan 5 mavsumi davomida nafaqat asosiy tarkib futbolchisi, balki jamoaning eng yaxshi to‘purari ham edi. Uning statistikasi bir o‘yinga o‘rtacha 0,43 ta gol to‘g‘ri keladi. Italiya terma jamoasida ham 13 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urgan.

    19-o‘rin: Rujero Ritssitelli

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Italiya
    • Pozitsiya: hujumchi
    • Gollar soni: 55
    • O‘yinlar soni: 211
    • “Roma”dagi faoliyati: 1988—1994
    Italiyalik hujumchi eng yorqin yillarini “Roma”da o‘tkazgan. “Bo‘rilar” safidagi 6 mavsumi davomida Italiya Kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Rujero 211 o‘yinda raqiblar darvozasini 55 marta ishg‘ol qilgan.

    18-o‘rin: Mansini

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Braziliya
    • Pozitsiya: hujumkor yarim himoyachi
    • Gollar soni: 59
    • O‘yinlar soni: 222
    • “Roma”dagi faoliyati: 2003—2008
    Braziliyalik futbolchi 2003-yildan to 2008-yilgacha “Roma” sharafini himoya qilgan. Rimlik muxlislar Mansinini chiroyli va eng asosiysi muhim gollari bilan eslab qolgan. Yarim himoyachi 222 o‘yinda 59 ta gol urgan.

    17-o‘rin: Arturo Chini Luduena

    Foto: Storia Della Roma

    Foto: Storia Della Roma
    • Fuqaroligi: Argentina
    • Pozitsiya: hujumchi
    • Gollar soni: 62
    • O‘yinlar soni: 180
    • “Roma”dagi faoliyati: 1927—1934
    Argentinalik futbolchi 1927-yildan 1934-yilgacha “bo‘rilar” sharafini himoya qilgan. Aytib o‘tish joiz, Arturo Italiya fuqaroligiga ham ega bo‘lgan va Italiya terma jamoasida o‘ynagan. Rimliklar safida 180 bahsda ishtirok etib, 62 ta gol urgan. Muxlislar va jurnalistlar uni “advokat” deb chaqirardi.

    16-o‘rin: Daniele de Rossi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Italiya
    • Pozitsiya: tayanch yarim himoyachi
    • Gollar soni: 63
    • O‘yinlar soni: 616
    • “Roma”dagi faoliyati: 2002—2019
    De Rossi — “Roma”ga sodiq futbolchilardan biri. A Seriyaning eng yaxshi yarim himoyachisi deb tan olingan. 616 o‘yinda Daniele 63 ta gol urgan. Undan tashqari Italiya terma jamoasi bilan 2006-yilda Jahon Chempionati g‘olibi bo‘lgan.

    15-o‘rin: Mirko Vuchinich

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Chernogoriya
    • Pozitsiya: hujumchi
    • Gollar soni: 64
    • O‘yinlar soni: 204
    • “Roma”dagi faoliyati: 2006—2011
    Chernogoriyalik futbolchi 2006-yilda “Roma” safiga kelib qo‘shilgan. 2011-yilga qadar Mirko 204 o‘yinda ishtirok etib, 64 ta gol urgan. “Bo‘rilar” safida ikki marta Italiya Kubogi va bir marta Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

    14-o‘rin: Rudi Fyoller

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Germaniya
    • Pozitsiya: hujumchi
    • Gollar soni: 68
    • O‘yinlar soni: 197
    • “Roma”dagi faoliyati: 1987—1992
    Germaniyalik hujumchi faoliyatining asosiy qismini “Bayer” va “Roma” jamoalarida o‘tkazgan. Fyoller rimliklar safida 197 o‘yinda 68 ta gol urgan. Germaniya terma jamoasi bilan esa mundial oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritgan.

    13-o‘rin: Agostino di Bartolomei

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Italiya
    • Pozitsiya: himoyachi, yarim himoyachi
    • Gollar soni: 69
    • O‘yinlar soni: 310
    • “Roma”dagi faoliyati: 1973—1984
    Italiyalik futbolchi “Roma” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 4 yil jamoa sardori sifatida maydonga chiqqan va bu vaqt oralig‘ida “Roma” Skudettoni qo‘lga kiritgan. Italiya chempionligi rimliklarga Yevropa Chempionlar Kubogida ishtirok etish huquqini berdi va musobaqadagi debyutidayoq jamoa finalga qadar yetib bordi. 1984-yil 30-mayda bo‘lib o‘tgan finalda Agostino sardor sifatida jamoani maydonga olib tushdi. Di Bartolomei jamoasini penaltilar seriyasiga qadar yetaklab bordi. Birinchi penaltini aniq amalga oshirdi. Afsuski, rimliklardan omad yuz o‘girdi. Lekin o‘yindan so‘ng di Bartolomei finaldagi mag‘lubiyat aybdori bo‘lib qoldi. Barcha uni ayblardi. Oradan 10 yil o‘tib, futbolchi o‘z joniga qasd qiladi. Bunga o‘sha mag‘lubiyat sababchi qilib ko‘rsatiladi.

    12-o‘rin: Chezare Augusto Fazanelli

    Foto: Ilromanista

    Foto: Ilromanista
    • Fuqaroligi: Italiya
    • Pozitsiya: yarim himoyachi
    • Gollar soni: 72
    • O‘yinlar soni: 184
    • “Roma”dagi faoliyati: 1927—1933
    O‘tgan asrning 20-yillarida “bo‘rilar” safiga kelib qo‘shilgan futbolchi 184 o‘yinda raqiblar darvozasini 72 marta ishg‘ol qilgan. “Roma” va “Fiorentina” safida maydonga tushib, umumiy hisobda A Seriyada 7 mavsum o‘ynagan.

    11-o‘rin: Juzeppe Jannini

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Italiya
    • Pozitsiya: yarim himoyachi
    • Gollar soni: 75
    • O‘yinlar soni: 437
    • “Roma”dagi faoliyati: 1981—1996
    15 yil davomida “Roma” sharafini himoya qilgan futbolchi 437 ta o‘yinda maydonga tushgan. “Bo‘rilar” akademiyasi tarbiyalanuvchisi jamoa prezidenti Franko Sensi bilan kelisha olmay Rimni tark etishga qaror qiladi. Xayrlashuv o‘yinida jurnalistlarga Jannini: “Mana shu lahzalar uchun butun hayotimni “Roma”ga bag‘ishladim, shunday qilganimdan faxrlanaman”, — degandi.

    10-o‘rin: Dino da Kosta

    Foto: Comunità Italiana

    Foto: Comunità Italiana
    • Fuqaroligi: Braziliya, Italiya
    • Pozitsiya: yarim himoyachi, hujumchi
    • Gollar soni: 79
    • O‘yinlar soni: 163
    • “Roma”dagi faoliyati: 1955—1960
    Kelib chiqishi braziliyalik bo‘lgan da Kosta Italiyaga kelganidan so‘ng mamlakat fuqaroligini oldi va Italiya terma jamoasida bitta o‘yinda ishtirok etdi. “Roma” safida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. “Roma” tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri. Rimdagi 5 yilida Dino 163 o‘yinda ishtirok etib, 79 ta gol urgan.

    9-o‘rin: Marko Delvekkio

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Italiya
    • Pozitsiya: hujumchi
    • Gollar soni: 81
    • O‘yinlar soni: 300
    • “Roma”dagi faoliyati: 1995—2005
    Marko “Roma”dagi faoliyati davomida Italiya chempionligi va Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan. 2002-yildan 2013-yilgacha Rim derbisida eng yaxshi to‘purar hisoblangan. U derbida 9 ta gol urgandi. “Bo‘rilar” safidagi 300 o‘yinida 81 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

    8-o‘rin: Abel Balbo

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Argentina
    • Pozitsiya: hujumchi
    • Gollar soni: 87
    • O‘yinlar soni: 182
    • “Roma”dagi faoliyati: 1993—1998, 2000—2002
    Abel Balbo “Roma” safida Daniel Fonseka bilan tandem hosil qilib hujum chizig‘ida o‘ynadi. Undan so‘ng Totti bilan juftlikda o‘ynadi. Balbo bir mavsumda 10 tadan kam gol urmasdi. 2000-yilda Rimga qaytib keldi. Ammo bu safar avvalgidek samarador o‘yin namoyish eta olmadi.

    7-o‘rin: Edin Jeko

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Bosniya va Gersegovina
    • Pozitsiya: hujumchi
    • Gollar soni: 91
    • O‘yinlar soni: 184
    • “Roma”dagi faoliyati: 2015-yildan buyon
    Bosniya va Gersegovina terma jamoasi sardori bo‘lgan Jeko 2015-yildan buyon “Roma”da to‘p suradi. Bu vaqt oralig‘ida hujumchi 184 ta o‘yinda ishtirok etib, 91 ta gol urgan. Jeko hali-hamon rimliklar sharafini himoya qiladi va bu raqamlar yanada ko‘payish ehtimoli yuqori.

    6-o‘rin: Vinchenso Montella

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Italiya
    • Pozitsiya: hujumchi
    • Gollar soni: 102
    • O‘yinlar soni: 258
    • “Roma”dagi faoliyati: 1999—2009
    Montella Rimda 10 mavsum o‘tkazgan. Hujumchi “Sampdoriya”dan “Roma”ga kelib qo‘shilgan va debyut mavsumidayoq raqiblar darvozasiga 18 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Franchesko Totti va Marko Delvekkio bilan birga hujumda qoyilmaqom uchlik hosil qilgan. Bu “Roma” tarixidagi eng yaxshi hujum uchligidan biriga aylangan. Vinchenso 258 o‘yinda 102 ta gol urgan.

    5-o‘rin: Pedro Manfredini

    Foto: La Gazzetta dello Sport

    Foto: La Gazzetta dello Sport
    • Fuqaroligi: Argentina
    • Pozitsiya: hujumchi
    • Gollar soni: 104
    • O‘yinlar soni: 164
    • “Roma”dagi faoliyati: 1959—1965
    Pedro “Roma” legionerlari ichida eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Argentinalik hujumchi 164 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 104 marta ishg‘ol qilgan. Manfredini “bo‘rilar” bilan Italiya Kubogini qo‘lga kiritgan.

    4-o‘rin: Rodolfo Volk

    Foto: La Gazzetta dello Sport

    Foto: La Gazzetta dello Sport
    • Fuqaroligi: Italiya
    • Pozitsiya: hujumchi
    • Gollar soni: 106
    • O‘yinlar soni: 161
    • “Roma”dagi faoliyati: 1928—1933
    Italiyalik hujumchi “Roma” tarixidagi eng muhim futbolchilardan biri. Aynan u “Kapitoliy derbisi”da birinchi golni urgan. Volk 161 o‘yinda 106 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

    3-o‘rin: Amedeo Amadei

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Italiya
    • Pozitsiya: hujumchi
    • Gollar soni: 111
    • O‘yinlar soni: 234
    • “Roma”dagi faoliyati: 1936—1948
    Italiyalik hujumchi “Roma” sharafini 12 yil davomida himoya qilib, jamoa tarixidagi eng yaxshi uchinchi to‘purarga aylangan. Amedeo “Roma” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hujumchi birinchi golini 15 yoshida urgan. 1942-yildan to 1948-yilgacha “bo‘rilar” sardori bo‘lgan.

    2-o‘rin: Roberto Prutsso

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Italiya
    • Pozitsiya: hujumchi
    • Gollar soni: 138
    • O‘yinlar soni: 315
    • “Roma”dagi faoliyati: 1978—1988
    Roberto uch marta Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylangan. “Roma” tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to‘purar. 10 yil davomida “Roma” safida maydonga tushgan hujumchi 315 o‘yinda 138 ta gol urgan.

    1-o‘rin: Franchesko Totti

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    • Fuqaroligi: Italiya
    • Pozitsiya: hujumchi
    • Gollar soni: 307
    • O‘yinlar soni: 786
    • “Roma”dagi faoliyati: 1992—2017
    Butun faoliyatini “Roma”da o‘tkazgan Totti hujumchi va yarim himoyachi sifatida faoliyat olib borgan. Jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar va eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi. Chin ma’nodagi afsona. Franchesko Totti “bo‘rilar” safida 786 o‘yinda ishtirok etib, 307 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
    05.08.2021, 18:02   Izoh (0)   13887
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sabina Toshkenboyeva Tokio Olimpiadasida qatnashmaydi. Unda koronavirus aniqlangan

    05.08.2021, 17:03

    Superliga tirikmi? “Real”, “Barselona” va “Yuventus” sudda UEFAni yutib chiqdi, biroq tashkilot sudning talablarini bajarmoqchi emas

    05.08.2021, 14:24

    Tokio—2020. Erkin kurashchi Javrail Shapiyev bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Yengil atletikachi Svetlana Radzivil esa musobaqa bilan xay...

    05.08.2021, 11:32

    Svetlana Radzivildan Bekzod Abdurahmonovgacha. Tokio—2020 Olimpiadasida 5-avgust kuni qaysi o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etadi?

    04.08.2021, 21:47

    “Urinib ko‘rsam, itimga ham grossmeysterlik unvonini olib berishim mumkin”. Shaxmatdagi qing‘irliklar, darajasi tushib ketgan unvon va 12 yoshli grossmeysterlar ha...

    04.08.2021, 19:13

    Kamida kumushni naqd qilgan Bahodir Jalolov va bronza uchun kurash olib boradigan erkin kurashchilar. O‘zbekistonlik sportchilarning Tokio—2020 12-kunidagi natijal...

    04.08.2021, 16:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Sistit — bu uyat emas!

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.