Jizzaxdagi Zomin tog‘larida yuz bergan yong‘in o‘chirildi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Yong‘in 1-avgust kuni ertalab soat 10:40 larda Jizzax viloyati Zomin tumani “Duoba” MFY O‘riklisoy aholi punkti hududiga yaqin joyda yuz bergan. Taxminan, 80 gektar maydonda quruq o‘t va daraxtlar yongan.
Yong‘inni o‘chirish uchun FVV, IIV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Chegara qo‘shinlari, Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, 14 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta yong‘in qutqaruv otryadi, 4 ta vertolyot jalb etilgan.
Vazirlik xabarida ta’kidlanishicha, yong‘in soat 18:20 lar atrofida batamom o‘chirilgan. Tegishli idoralarning kuch vositalarining o‘z vaqtidagi harakatlari natijasida yong‘in yaqin atrofdagi aholi punktlariga o‘tmagan. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh (0)