• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Panjara ortida” seriali yulduzi Ventvort Millerga 48 yoshida autizm tashxisi qo‘yildi. Shu yoshda ham autizmga chalinish mumkinmi?

    Amerikalik aktyor Ventvort Miller autizm bilan og‘riganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza nashri.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Odatda bu kasallik erta bolalikda aniqlanadi, lekin Miller bu haqda 49 yoshida bilgan. Autizm odamning muloqot qilishi, o‘zini tutishi va dunyoni idrok etishiga ta’sir qiladi. Bu kasallikka chalingan odamlarning qobiliyat va ehtiyojlari turlicha bo‘ladi, ammo vaqt o‘tishi bilan ular o‘zgarishi mumkin.

    Miller “Panjara ortida” (Prison Break) serialidagi Maykl Skofild, shuningdek, “Flesh” (The Flash) va “Ertangi kun afsonalari (Legends of tomorrow) filmlarida kapitan Xolod rollari bilan mashhur. Keyinchalik Miller ruhiy tushkunlik bilan kurashganini hamda 15 yoshida o‘z joniga qasd qilishga uringanini tan olgan. 2020-yilda “Panjara ortida”ning yangi mavsumi haqidagi mish-mishlar fonida aktyor Skofild rolini ijro etishdan bosh tortgan.

    Aktyor 27-iyul kuni Instagram sahifasida obunachilariga unga qo‘yilgan tashxis haqida ma’lum qildi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u autizm alomatlarini bir yil oldin — 2020-yilning kuzida seza boshlagan, keyinchalik shifokorlar tomonidan tashxis tasdiqlangan. Miller unda qanday belgilar namoyon bo‘lganiga aniqlik kiritmagan. Tashxis Millerni hayratda qoldirgan, ammo aktyor hayotidagi hech narsani o‘zgartirmasligini ta’kidladi — u autizmni o‘zining va erishgan narsalarining muhim qismi deb atadi: “Bu men o‘zgartirmoqchi bo‘lgan narsa emas. Yo‘q. Men darhol autizmni qabul qildim, bu mening taqdirim”, — degan aktyor.

    Xabarga yozilgan izohlarda aktyorni obunachilar, autizmga qarshi kurashish faollari va o‘qituvchilari hamda boshqa mashhur shaxslar qo‘llab-quvvatlagan. Ular orasida Millerning “Ertangi kun afsonalari” teleserialidagi hamkasblari Nik Zano va Brandon Rut, shuningdek, aktyor Brandon Flinn (“Negaligining 13 sababi”) ham bor. Bunga javoban Miller keyingi postida ularga minnatdorlik bildirib, profiliga “autizmga chalingan/o‘zgacha xususiyatli odam” izohini qo‘shib, autizm shaxsiyatining bir qismiga aylanganini ta’kidlagan.

    Autizm kattalarda ham namoyon bo‘lishi mumkinmi?

    Aftidan, Millerning holati o‘ziga xos emas — kattalarda yengil turdagi autizm kamdan kam holatlarda uchraydi. Biroq yengil turdagi autizmga chalingan odamlar odatda kasallanganini bilmay turib ham jamiyatga moslashadi va ijtimoiy munosabatlarga kirisha oladi.

    Autizm spektrining buzilish belgilari odatda bir yarim yoshdan keyin aniqlanishi mumkin. Biroq ota-onalar bu haqda doim ham bilavermaydi, shifokorlar ham bunga e’tiborsiz bo‘lishi mumkin. Natijada ba’zilar o‘z tashxisi haqida o‘smirlik yoki balog‘at yoshidagina bilishadi.

    Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati kattalarda uchraydigan autizm haqidagi maxsus maqolasida uning asosiy simptomlarni sanab o‘tadi:

    • bunday odamlar uchun boshqalar nima deb o‘ylashini yoki nimani his qilishini tushunish qiyin;
    • autistlar turli xil ijtimoiy vaziyatlar haqida juda ko‘p tashvishga tushadi;
    • ular do‘stlar orttirishda qiynaladi yoki yolg‘iz bo‘lishni afzal ko‘radi;
    • bunday odam boshqalarga qo‘pol yoki befarq ko‘rinadi;
    • nimani his qilayotganini aytishga qiynaladi;
    • ular ibora va vaziyatlarni o‘z ma’nosida, so‘zma-so‘z tushunadi (bu narsa kinoyani tushunmasligiga olib keladi);
    • autistlar aynan bir narsani har kuni qiladi, biror narsa o‘zgarsa, juda xavotirga tushadi.
    Ventvort Miller o‘z murojaatida Buyuk Britaniyada kattalarga autizm tashxisi qo‘yish jarayonini tanqid qilib, ko‘plab kamchiliklari bo‘lgan bu uzoq jarayonni takomillashtirish kerakligini ta’kidladi. Biroq u tashxisning o‘zi “ko‘pchilik foydalanmaydigan imtiyoz” ekanligini tan oldi va bu masala bo‘yicha mutaxassis bo‘lish uchun autizm haqida yetarli ma’lumotga ega emasligini qo‘shimcha qildi. Kelajakda Miller o‘z bilimlarini kengaytirib, “salkam ellik yillik tajribasiga” yangicha nazar tashlash niyatida.

    Mavzuga doir: 

    • “Nahotki boricha qabul qilish shunchalar imkonsiz?”. Autizmga chalingan bolani tarbiyalayotgan ota ta’limdagi diskriminatsiya, o‘zbekchilik va NNT ochish orzusi haqida
    • Autizm va ASB bilan kasallanganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistondagi diqqatga sazovor joylar moviy rangda porladi (foto)
    • AQShda bedarak yo‘qolgan uch yoshli bolakay topildi. Autizm bilan kasallangan bolaga itlar g‘amxo‘rlik qilgan
    • Hammaning to‘laqonli hayotga haqqi bor. Autizmga yo‘liqqan bolalarni ijtimoiy hayotga olib kirish haqida
    • Shifokorlar autizm va kichik miya o‘rtasida noodatiy aloqani aniqladi
     

    01.08.2021, 17:52   Izoh (0)   36440
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turk aktrisasi Tuba Buyukustun koronavirus sabab kasalxonaga yotqizildi

    01.08.2021, 14:58

    Jorj Kluni ikkinchi marta egizak farzandlarning otasi bo‘ladi

    01.08.2021, 09:53

    Aktrisa Dilorom Mirzayeva Turkiyaga erga tegib, 2,5 oyda ajrashgani, 16 yoshli qizi va biznesi haqida gapirib berdi (video)

    31.07.2021, 22:39

    Limonli choy, qorong‘i xona, lavandali sprey: Gollivud yulduzlari uyqusizlikka qarshi qanday kurashadi?

    31.07.2021, 21:58

    Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydigan yulduzlar (foto) 

    31.07.2021, 19:56

    Tashqi ko‘rinishidan ko‘ngli to‘lmaydigan Gollivud yulduzlari (foto)

    31.07.2021, 11:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga talablar kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 10:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.