AQShning Kaliforniya shtatida COVID-19 pandemiyasi davrida odamlarning emlanishiga qarshi kurashgan 34 yoshli bloger Stiven Garmon koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda BBC xabar qilgan.
Hillsong protestant cherkovi vakili bo‘lgan Stiven Garmon AQShda odamlarning koronavirusga qarshi emlanishini noto‘g‘ri deb hisoblashini ta’kidlagan. U e’tiqodi bilan kasallikdan holi bo‘lishini aytib, COVID-19 ga qarshi emlanishni rad etgandi.
Bloger o‘limi oldidan ham ijtimoiy tarmoqlarda pandemiya haqida hazillar qilgan, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Entoni Fauchiga emas “Injil”ga ishonishi haqida hazil suratlar bilan bo‘lishgan.
Garmon koronavirusga chalinganidan keyin virus unda pnevmoniya boshlanishiga sabab bo‘lgan va u Los-Anjelesdagi kasalxonalardan birida davolangan. U 21-iyul kuni vafot etgan.
Garmon Twitter’dagi oxirgi tvitida odamlardan o‘zi uchun duo qilishni so‘ragan va o‘pkaga sun’iy ravishda havo yetkazuvchi apparatga ulashayotgani haqida yozgan.
“Iltimos men uchun duo qiling, meni o‘pkaga sun’iy havo yetkazib beruvchi apparatga ulashmoqda. Qachon uyg‘onishimni bilmayman, men uchun duo qiling, iltimos!”, – deb yozgandi bloger.
Avval Nyu-York aholisiga koronavirusga qarshi emlanish evaziga 100 dollardan to‘lash boshlanishi, Gollivud yulduzi Rassel Krou 7 ming kishilik navbatda turib, koronavirusga qarshi emlangani haqida xabarlar berilgan.
Izoh (0)