• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Qanday parhez koronavirus asoratlari xavfini 40 foizga kamaytiradi

    Hech qanday parhez emlash va ijtimoiy masofa saqlashning o‘rnini bosa olmaydi. Ammo immunitet tizimini saqlab qolish va unga virus bilan yaxshi kurashishda yordam beradi.

    Foto: “Podrobno.uz”

    Foto: “Podrobno.uz”

    Ayni kunlarda olib borilayotgan katta tadqiqot koronavirus bilan kasallanish xavfi va hatto kasallikning qanchalik og‘irligi odamning qaysi parhezga rioya qilishiga bog‘liqligini tasdiqlaydi. Ammo hech qanday parhez virusga qarshi to‘liq kafolat bermaydi va eng samarali usul bu epidemiologik choralar va emlashga rioya qilishdir.

    Qanday tadqiqot?

    Garvardlik mutaxassislar, London qirollik kolleji va ZOE tadqiqot kompaniyasi tadqiqotchilari Buyuk Britaniya va AQShdan kelgan 592 571 insonlar ma’lumotini o‘rgandi. Tadqiqot ishtirokchilari ovqatlanish odatlari, yaxshi parhez, shuningdek, koronavirus bilan kasal bo‘lib qolganliklari va agar shunday bo‘lsa, kasallik qanday rivojlangani haqida to‘liq ma’lumot bergan. Ma’lum bo‘lishicha, kamida bir necha yil davomida O‘rta Yer dengizi ovqatlanish tamoyillariga rioya qilganlar, ya’ni ular ko‘proq baliq, tovuq go‘shti va boshqa go‘shtlarni iste’mol qilgan. Shuningdek, yong‘oq va o‘simlik moylaridan yetarlicha sog‘lom yog‘lar olgan va bundan tashqari, ko‘plab yangi meva va sabzavotlarni iste’mol qilganlarda COVID-19 bilan kasallanish ehtimoli 10 foizga kam. Qolaversa, ularning kasallikning og‘ir bosqichiga duch kelish xavfi 40 foizga pastroq.

    Nima uchun O‘rta Yer dengizi parhezi bunday ta’sirga ega? Tadqiqot mualliflari, avvalambor, asosiy narsa parhezning sog‘liqqa ijobiy ta’sirida ekaniga ishonadi: bunday ovqatlanish tamoyillariga amal qiladigan odamlarda, qoida tariqasida, yurak va qon-tomir kasalliklari xavfi past, shuningdek, ularning tanasida yashirin yallig‘lanish jarayonlari kamroq kuzatiladi.

    Bundan tashqari, O‘rta Yer dengizi parhezi sog‘lom vaznni saqlashga yordam beradi. Tanadagi ortiqcha yog‘ to‘qimasi, ayniqsa, visseral, ya’ni bel sohasida hosil bo‘lgan yog‘ yallig‘lanishni kuchaytiradi va immunitetni susaytiradi. Albatta, hech qanday parhez organizmni virusdan himoya qila olmaydi, ammo imkon qadar sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, shu bilan tanaga yukni kamaytirish va immunitetni saqlashga arziydi.

    Sog‘lom ratsionni qanday tuzish kerak?

    JSST mutaxassislari tomonidan tavsiya etilgan ovqatlanish talablari juda oddiy. Xulosa qilib aytganda, oziq-ovqat juda ko‘p bo‘lmasligi kerak, iste’mol qilinadigan kaloriya miqdori ko‘p bo‘lmasligi lozim. Shunday qilib, yog‘ miqdori parhezning 30 foizidan oshmasligi zarur, to‘yingan yog‘lar umumiy ovqatlanishning 10 foizidan ko‘prog‘ini, trans yog‘lari esa 1 foizni tashkil etishi kerak.

    Shakar parhezning 10 foizdan ko‘prog‘ini tashkil qilishi lozim. Agar salomatlikni asrash kerak bo‘lsa, 5 foizdan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Shuningdek, bu vaziyatda diabet, yurak va qon-tomir, Alsgeymer kasalligi xavfi yanada kamayadi.

    JSST tavsiyalariga ko‘ra, kuniga 5 grammdan (yoki 2 gramm toza natriydan) ko‘p bo‘lmasligi kerak. Bu yana insult  va yurak kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.

    Va nihoyat, yangi sabzavot va mevalarni yetarlicha iste’mol qilish juda muhimdir. Tavsiya etilgan doza kuniga 400 gramm (yoki 5 ta porsiya) ni tashkil qiladi. Kartoshka, shirin kartoshka, manioka va boshqa kraxmalli sabzavotlar sizning kletchatka tanqisligni to‘ldirmaydi va agar metabolik sindromga yoki diabetga moyillik bo‘lganda, ularni tekshirib turish kerak.

    Albatta, sog‘lom ovqatlanish tarkibida oqsillar va uglevodlar bo‘lishi kerak. Sog‘lom parhezda oqsil barcha kaloriyalarning 25 foizini, sog‘lom uglevodlar esa 45 foizni tashkil qilishi kerak.

    Mavzuga doir:

    • Koronavirusning “hindcha” shtammiga xos simptomlar
    • Chalg‘ituvchi va xavfli kasallik: pnevmoniya boshlanganini qanday aniqlash mumkin?
    • Faqat yurak emas. Ko‘krak qafasidagi og‘riqning boshqa sabablari

    30.07.2021, 10:57   Izoh (0)   28052
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tishlar salomatligiga zarar yetkazadigan iste’mol mahsulotlari

    29.07.2021, 21:59

    Asalning salomatlik uchun 4 foydasi

    29.07.2021, 14:22

    Shaftolining teri uchun foydali bo‘lgan 7 ajoyib xususiyati

    28.07.2021, 18:40

    Iste’molga yaroqsiz: yegulik zaharga aylanishi mumkin bo‘lgan 16 holat

    28.07.2021, 09:56

    Piyozning 5 foydali xususiyati

    27.07.2021, 20:56

    Umrni bir necha yilga qisqartirishi mumkin bo‘lgan 7 zararli mahsulot

    27.07.2021, 14:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.