O‘zbekistonda 30–31-iyul kunlari kam bulutli ob-havo saqlanib qoladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Faqat juma kuni Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi 32-37 darajani tashkil etadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida va vodiyning Qirg‘iziston bilan yondosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga 30—31-iyulda Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
1-avgust kuni O‘zbekistonda salqin havo massalari asta-sekin tark eta boshlaydi. Uning o‘rnini Erondan kirib keladigan issiq va quruq ob havo massalari egallaydi. Kunduz kuni havo haroratining 35-40 darajagacha isishi kutilmoqda.
Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning shimoliy hududlariga 27-iyuldan boshlab Qozog‘iston orqali Volga bo‘yi hududidan nisbatan salqin havo massasi kirib kelib, harorat 33 darajagacha pasaygandi.
Izoh (0)