Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda “Norin daryosidan topilgan jasadning o‘limiga kaltaklanishi sababmi yoki 58 daqiqada yetib kelgan tez yordam mashinasimi?” izohi bilan video tarqalgan. Video yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 27-iyul kuni soat 05:50 larda 102 qisqa raqamiga Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi B.N. qo‘ng‘iroq qilib, jiyani, shu tumanda yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan A.S. noma’lum shaxslar tomonidan qasddan o‘ldirilib, tumandagi “Eshonto‘pi” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Norin daryosi qirg‘og‘iga tashlab ketilgani va uning boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinasi olib qochib ketilganini ma’lum qilib, noma’lum shaxslarni topishda hamda ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishda yordam so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan 2021-yil 27-iyul kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” (tamagirlik niyatida qasddan odam o‘ldirish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 2021-yil 26-iyul kuni, taxminan, soat 18:30 larda Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1962-yilda tug‘ilgan N.M. turmush o‘rtog‘i N.G. bilan birgalikda tomorqa yeriga ekilgan mosh va sholi ekinlaridan xabar olib kelish uchun ketayotgan vaqtida Norin daryosi dambasida oq rangli Spark rusumli avtomashinaning chap oldi eshigi oldida, taxminan, 20—25 yoshlardagi noma’lum shaxs turganini, daryo bo‘yiga esa ikki nafar shaxs tushib ketganligini ko‘rgani aniqlangan.

Shuningdek, tezkor qidiruv tadbirlari natijasida shu kuni soat 22:36 da jabrlanuvchi A.S. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinaning old chap tomon baloni havo qo‘yib yuborganligi sababli 2 nafar noma’lum shaxs Mingbuloq tumani, “Gulbog‘” MFY hududida joylashgan do‘kon oldida qoldirib, o‘zlari noma’lum tomonga qarab ketgani shu yerdagi mavjud kuzatuv kamerasiga qayd etilgani aniqlangan.

Avtomashinani ko‘zdan kechirish davomida 18 dona yaroqli qo‘l barmoq izi aniqlandi. Kuzatuv kameralaridan olingan tasvirlar yordamida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs Uchqo‘rg‘on tumanida, uning sherigi esa Andijon viloyatida yashashi ma’lum bo‘ldi. Gumondorlar Toshkent shahar hududida ushlangan.

Bundan avval Andijonda shar’iy nikohdagi eri boshqaga uylanayotgani uchun uni o‘ldirgan ayol 10 yilga qamalgani, Jizzaxda mast holatda tanishini pichoqlab o‘ldirgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani hamda Qashqadaryoda ruhiy kasal o‘g‘il 74 yoshli onasini bolta bilan o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Suriyada ISHID yetakchisi o‘ldirilganini tasdiqladi
Dunyo
AQSH Eron yadro dasturini harbiy yo‘l bilan to‘xtatishga tayyorligini bildirdi
Dunyo
“Oyiga 2,5 ming kishigacha”. AQSH Ukraina harbiylarini o‘qitish dasturini kengaytirmoqchi