Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ushbu kartinalar mehr-oqibat, adolat, sabr-toqat va orzu qilishga o‘rgatadi. Mazkur filmlarda qahramonlar har qanday to‘siqlarga duch kelsa ham, ularni yengib o‘tadi. Personajlarni kutayotgan juda qiziq sarguzashtlar kattalarni ham, bolalarni ham befarq qoldirmaydi. Quyida ularning bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz.

Sehrli Rojdestvo

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Film qahramoni Jinni Grenjer bayramning quvonch keltirishi mumkinligini unutganiga uzoq vaqt bo‘lgan. U arzimagan maosh uchun ishlaydi, bu esa o‘zi, ikki farzandi va ishsiz eriga yashash uchun yetarli emas. Rojdestvo nima ekanligini eslatish uchun, farishta Jinniga yordamga keladi.

Jasoratli yuraklar sinmaydi

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Sonora Uebster – haqiqiy sirk aktrisasi. U yetim bo‘lib, o‘z orzusini ro‘yobga chiqarish uchun qochib ketdi. Va, albatta, o‘z maqsadiga ajoyib “o‘jarlik” bilan erishadi.

Togo

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Ushbu film Togo laqabli it haqida hikoya qiladi. 1925-yilda u difteriya epidemiyasining oldini olishga yordam bergan va Alyaskaning Nom shahrida ko‘plab bolalar hayotini saqlab qolgan. Togo xaski zotidan bo‘lsa-da, bir nechta xo‘jayin bilan “chiqisha olmaydi”, lekin aqlli egasi tufayli u o‘z ismini tibbiyot tarixi kitobiga kiritadi.

Ota-onalar uchun tuzoq

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Xolli Parker ismli qiz Kaliforniyada otasi bilan, tengdoshi Enni Jeyms esa onasi bilan Angliyada yashaydi. Ularning ikkalasi ham to‘kis oilani orzu qiladi. Tasodifan lagerda tanishib qolgan qizlar o‘zlarining egizak ekanliklarini tushunadi. Ota-onalari esa ko‘p yillar oldin ajrashgan, opa-singillar ularning birlashishi uchun o‘rin almashadi. Aytgancha, egizaklarning rolini Lindsi Loxan ijro etgan.

Oq so‘yloqtish

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Ovchi onasini o‘ldirgach, bo‘ri bolasi — Oq so‘yloqtish yetim qoldi. U Klondaykka kelgan yigit bilan uchrashib qoladi. Taqdir ularni ajratadi va yana birlashtiradi: odam va bo‘ri bir-birlariga og‘ir sharoitlarda omon qolish uchun yordam beradi.

Aleksandr va qo‘rqinchli, dahshatli, yomon, juda yomon kun

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Erta tongdan hammasi teskarisiga bo‘lsa-yu, bundan ham yomoni bo‘lmasligiga ishonchingiz bo‘lmasa o‘ylash kerak: bu haqiqatan ham yomonmi? Oilaga muhabbat va sog‘lom hazil tuyg‘usi bolakay Aleksandrga va uning oilasiga eng yomon kunlarda ham omon qolishga yordam beradi.

Bu uyning egasi kim?

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Advokat Jek Sturjez ajoyib qizga uylanmoqchi. Ammo uning 11 yoshli o‘g‘li onasi bilan birga yaxshi hayot kechirishlariga amin, shuning uchun u rejalarini buzmoqchi. Biroq uning “raqibi” juda kuchli.

Jodugar tog‘

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Set va Sara Jek Brunoning taksisiga o‘tirib ta’qibdan qutulib qoladi. Erkak tez orada bolalar haqiqatan ham himoyaga muhtojligini tushunadi, garchi ular juda g‘ayrioddiy bo‘lsa ham.

Didla bilan birgalikda

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Egizaklar Styu va Fil Didlov tug‘ilgan kunida maktabdan quvib chiqariladi. 18 yoshli o‘g‘illarining sho‘xligidan charchagan ota, ularni lagerga yuboradi. Ammo birodarlar u yerda munosib raqib, Frenk Sleyter bilan uchrashib, uni g‘azablantirishda davom etadi.

Meri Poppins qaytadi

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Voqea Londonda 30-yillarda bo‘lib o‘tadi. Bank xodimi Maykl Banks Vishneviy ko‘chasida, 17-xonadonda yashaydi. Uning uchta farzandi bor, onasi film voqealari boshlanishidan bir yil oldin vafot etgan. Bank qarzdorlik uchun Mayklning uyini olib qo‘ymoqchi.

Maykl va uning singlisi Jeyn otasi Jorj ularni bankdagi ulushini qoldirganini eslaydi. Uydan Maykl eski havo sharini topib, uni keraksiz narsa sifatida tashlaydi. Bolalar uni osmonga uchiradi va u yerdan Meri Poppins tushadi.  Shu paytdan boshlab haqiqiy musiqiy ertak boshlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi