Taniqli shoir va bastakor Bobur Umarov pnevmoniyadan vafot etdi. Bu haqda xonanda SanJay “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Foto: Zo‘rTV

Bobur Umarov pnevmoniyadan vafot etdi. Oilasi, ikki nafar o‘g‘li bor edi. Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin, ilohim. Juda yaxshi inson edi. O‘zbek shou-biznesida deyarli barcha san’atkorlarga eng ommalashgan xit taronalarni Bobur Umarov yozib bergan. Janoza asr namozi vaqtida Bobur Umarovning Sergeli tumanidagi otasining uyida bo‘lib o‘tadi.

SanJay, xonanda

Ma’lumot uchun, Bobur Umarov 1979-yilning 30-iyun kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oilali, ikki nafar farzandi bor. Bobur Umarov o‘zbek shou-biznesi vakillaridan Shohrux reperning “Xato”, “Yoroney” va yana ko‘plab qo‘shiqlarini, “Mango” guruhining “Pista”, “Layli-layli”, Shahlo Ahmedovaning “Kerakmas” kabi ommalashgan qo‘shiqlarining muallifi hisoblanadi.