• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BMT: Afg‘onistonda 2021-yilda rekord darajada ko‘p tinch aholi halok bo‘ldi

    Afg‘onistonda 2021-yilning birinchi yarmida tinch aholi orasidagi qurbonlar soni rekord darajaga yetdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistondagi yordam missiyasi (UNAMA) xabar berdi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Mamlakatda yil boshidan beri 1 ming 659 fuqaro halok bo‘lgan, 3254 kishi jarohat olgan. Bu 2020-yilning birinchi yarmiga nisbatan 47 foizga ko‘p. Fuqarolarning o‘limi va jarohatlanish holatlari may oyida AQSh  va uning ittifoqchilari Afg‘onistondagi missiyalarini yakunlab, mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlaganidan so‘ng keskin o‘sdi. Harbiylar olib ketila boshlagach, “Tolibon” harakati Afg‘oniston hukumat qo‘shinlariga qarshi hujum boshladi. May—iyun oylarida halok bo‘lgan yoki yaralangan tinch aholining soni undan avvalgi to‘rt oydagi ko‘rsatkich bilan deyarli bir xil.

    Qurbonlar va jarohat olganlarning deyarli yarmini ayollar va bolalar tashkil etadi. Xususan, voyaga yetmaganlar 32 foiz (468 kishi o‘ldirilgan, 1214 kishi yaralangan), ayollar – 14 foiz (219 kishi o‘ldirilgan, 508 kishi jarohat olgan). Ushbu yarim yillik statistik ma’lumotlar ham rekord ko‘rsatkichdir.

    UNAMA ta’kidlashicha, may—iyun oylarida Afg‘onistonda jami 783 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, 1609 kishi yarador bo‘lgan — bu yordam missiyasi ish boshlagan 2009-yildan buyon ikki oylik rekord statistikadir.

    Hukumatga qarshi unsurlar — “Tolibon”, “Islomiy davlat” jangarilari va boshqa noma’lum guruhlar tinch aholi orasidagi qurbonlarning uchdan ikki qismi uchun javobgar. Hukumat kuchlari qurbonlarning 25 foizi uchun javobgar. Qolgan o‘limlar va jarohatlar uchun kim javobgarligini aniqlashning imkoni bo‘lmagan.

    Tinch fuqarolarning o‘limi va jarohatlanishiga asosan jangarilar tomonidan ishlatilgan qo‘lbola portlovchi moslamalar, qarama-qarshi tomonlarning quruqlikdagi to‘qnashuvlari, maqsadli qotilliklar va Afg‘oniston harbiy-havo kuchlarining aviazarbalari sabab bo‘lmoqda.

    BMT missiyasi agar ziddiyatning avj olishi to‘xtamasa, 2021-yil yakunlari bo‘yicha mamlakatda tinch aholi orasidagi qurbonlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilishi haqida ogohlantirmoqda. Bungacha eng yuqori ko‘rsatkich 2016-yilda sodir etilgan — 5275 kishi (1644 kishi o‘lgan, 3631 kishi jarohat olgan).

    “Men ‘Tolibon’ va Afg‘oniston rahbarlaridan ziddiyatning dahshatli va qo‘rqinchli trayektoriyasini va uning tinch aholi uchun halokatli oqibatlarini hisobga olishini iltimos qilaman”, — dedi UNAMA rahbari va BMT bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Debora Layons.

    Hozirgacha radikallar va hukumat kuchlari o‘rtasidagi eng shiddatli to‘qnashuvlar aholi zichligi nisbatan past bo‘lgan hududlarda sodir etildi. BMT janglar shahar joylariga ko‘chsa, tinch aholi uchun buning oqibatlari halokatli bo‘lishidan xavotirda.

    Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari olib chiqila boshlangandan so‘ng, “Tolibon” Kobul, Qandahor, Mozori-Sharif kabi shaharlarga qator yirik hujumlar uyushtirdi, ammo ularni qo‘lga kirita olmadi. O‘tgan hafta harakat vakillari mamlakat chegaralarining 90 foizini nazorat qilayotganini ma’lum qildi. BMTning ta’kidlashicha, “Tolibon” so‘nggi 20 yil ichidagi eng ko‘p hududlarni o‘z nazoratiga olgan.

    To‘qnashuvlar natijasida nafaqat qochqinlar, balki chekinayotgan hukumat qo‘shinlari va jangarilar ham ommaviy ravishda qo‘shni Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston hududlariga kirib kela boshladi. Ushbu davlatlarning rasmiylari chegaralarni mustahkamladi. Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistondagi ziddiyatning avj olishini keskin qoraladi va tomonlarni muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi.

    Mavzuga doir:

    • BMT Afg‘onistondagi vaziyat tufayli qochqinlarning yirik oqimi paydo bo‘lishidan xavotirda
    • BMT: Afg‘oniston gumanitar falokatga yaqinlashmoqda

    26.07.2021, 20:41   Izoh (0)   28935
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pandemiya vaqtida prezidentlar o‘limi bo‘yicha XXI asr rekordi o‘rnatildi

    26.07.2021, 19:10

    AQShda dori-darmonlarga chidamli va o‘limga olib keluvchi zamburug‘ infeksiyasi avj oldi

    26.07.2021, 18:09

    AQSh koinotga parvoz qilgan milliarderlar Brenson va Bezosni astronavt deb tan olmadi

    26.07.2021, 17:25

    AQSh Tojikistonga 1,5 mln doza Moderna vaksinasini yetkazdi, asosan kimlar koronavirus qurboniga aylanmoqda? Koronaxabarlar

    26.07.2021, 14:24

    Agar “Tolibon” hujumlarni to‘xtatmasa, AQSh ularga aviazarbalar berishda davom etadi

    26.07.2021, 13:23

    Londonda kuchli yomg‘ir tufayli ko‘chalar va metro bekatlari suv ostida qoldi (foto va video)

    26.07.2021, 12:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.