24—26-iyul kunlari O‘zbekistonga Eron hududlaridan quruq va issiq havo oqimining kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar beradi “O‘zgidromet”.
Ma’lum qilinishicha, shu kunlari havo harorati iqlim normalaridan 4—6 darajaga yuqori bo‘ladi.
Respublika hududida kunduz kunlari havo harorati 41—44 darajagacha, janubiy va cho‘l zonalarida esa 45—46 darajagacha isiydi.
25—27-iyul kunlari respublika hududi bo‘ylab tezligi 17—22 metr/soniyaga yetuvchi shamol kuzatiladi, vaqti-vaqti bilan shamol tezligi 25—30 metr/soniyaga yetishi, changli bo‘ronlar yuzaga kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 6—8-iyulda ham Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga O‘zbekistonda havo harorati ko‘tarilgan edi, ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 5—8 darajaga yuqori bo‘lgan.
Izoh (0)