Birmingemdagi Borgezie uyi kompaniyasi brilliantlar bilan bezatilgan erkaklar uchun dunyodagi eng qimmat poyabzalni taqdim etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Daily Mail

Brogi deb ataluvchi 150 ming dollarlik oyoq kiyim turi (dekorativ teshiklarga ega yarimpoyabzal) dizayner Kristofer Shellis tomonidan vino rangli charmdan tikilgan bo‘lib, u nafaqat brilliantlar bilan, balki oltin bilan ham bezatilgan. Ularning narxi 150 ming dollarni tashkil etadi.

Modalar uyi oltin bilan qoplangan patakli yarimpoyabzalni 60 ming funt turadigan platinali kamar va 36 ming funtlik charm kurtka bilan kiyishni tavsiya qiladi.

Foto: Daily Mail

Dizaynerning ta’kidlashicha, u mazkur oyoq kiyimni yaratishda 1558-yilda toj kiydirilgan qirolicha Yelizaveta I dan ilhomlangan.

Bu qadar qimmat oyoq kiyim egasiga uning umrini oxirigacha kafolat beriladi.

Avvalroq Nike brendi Air Force krossovkalarining toshlar bilan bezalgan variantini ishlab chiqargani to‘g‘risida xabar berilgandi.