• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ijtimoiy tarmoqlarda vaksina bo‘yicha savollar bilan yuzlangan professor videosi yuzasidan Innovatsion rivojlanish vazirligi bayonot berdi

    Toshkent Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markazi direktori, professor Zarifboy Ibodullayevning ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaati tarqaldi. Video yuzasidan Innovatsion rivojlanish vazirligi bayonot berdi.

    Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markazi direktori, professor Zarifboy Ibodullayevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan videomurojaatida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ommaviy vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanilayotgan O‘zbekiston-Xitoy hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yaratilish bosqichlari haqida ma’lumotlar yo‘qligini aytib, ushbu vaksinaning qo‘llanilishining maqsadga muvofiqligini shubha ostiga olgan.

    Vazirlikning qayd etishicha, Ibodullayevning e’tirozlari noo‘rin va haqiqatga umuman to‘g‘ri kelmaydi, u tomonidan tarqatilgan videomateriallar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ommaviy vaksinatsiya jarayonlarida aholini chalg‘itishga xizmat qilyapti.

    “Professor Ibodullayev ilmiy jurnallardagi ma’lumotlarni o‘rganmay, mazkur vaksina haqida hech qayerda ma’lumotlar berilmagan deb xalqimizning ko‘ngliga g‘ulg‘ula solmoqda. Demak, professor tomonidan berilgan savollarga javob beramiz.

    1. ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi ustida olib borilgan tadqiqotlar haqida nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilganmi?

    Aynan Ibodullayev tilga olgan nufuzli xalqaro “The Lancet” tibbiyot jurnalida mazkur vaksinaning birinchi va ikkinchi faza sinovlari to‘g‘risidagi maqola joriy yilning 24-mart kuni chop etilgan: https://doi.org/10.1016/S1473-3099(21)00127-4.

    3-faza klinik sinovlari bo‘yicha ma’lumotlar quyidagi havolada berilgan: https://clinicaltrials.gov/ct2/show/NCT04646590

    Bundan tashqari mazkur vaksinaning turli shtammlarga qarshi ta’siri haqidagi maqola nufuzli Cell Research (CR) xalqaro ilmiy jurnalida ham chop etilgan: https://www.nature.com/articles/s41422-021-00514-9.

    2. Nima uchun mazkur vaksina yaratilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmadi?

    To‘g‘ri, Rossiya televideniyesi o‘z vaksinasini juda katta targ‘iboti bilan shug‘ullandi. Lekin u piardan boshqa narsa emasligini Z. Ibodullayev o‘zi ham juda yaxshi biladi. Bu borada professor o‘z chiqishlarida ko‘p gapirgan. Xususan, Rossiya farmatsevtik kompaniyalarning qo‘llab-quvvatlovi bilan tashkil etilayotgan konferensiyalar, chop etilayotgan maqolalarning qay maqsadlarda amalga oshirilayotgani haqidagi professorning fikrlarini quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin: https://kun.uz/ru/news/2021/01/23/professor-zarifboy-ibodullayev-vo-vse-napravleniya-nashey-meditsiny-pronik-lobbizm.

    O‘z navbatida ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yurtimizga kirib kelishi, uchinchi bosqich sinovlarida O‘zbekistonning ishtirok haqidagi maqolalar, ko‘rsatuvlar OAVda keng yoritilgan. Quyida vaksinaning yurtimizga kirib kelishi va tadqiqotlar xronologiyasi va ular haqida OAVda chiqqan ayrim materiallarga havola beramiz. OAVlarida chiqqan barcha materiallarga havola berishning bitta bayonotda imkoni yo‘q, chunki ular juda ko‘p bo‘lgan.

    2020-yilning avgust oyida O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida vaksina xaridi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi:

    • https://t.me/mtrkuzofficial/14946
    • https://t.me/mtrkuzofficial/14960
    2020-yilning 21-oktabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini O‘zbekistonda tashkil etish masalasi bo‘yicha Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti va Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
    • https://daryo.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga-qarshi.../
    • https://xs.uz/uzkr/42541
    • https://uzpharmagency.uz/.../uzbekistonda-hitoj...
    • https://yuz.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga-qarshi...
    • http://hudud24.uz/%D1%9Ezbekistonda-koronavirusga-%D2.../
    • https://t.me/mtrkuzofficial/21791
    • https://t.me/mtrkuzofficial/16298
    Mutasaddilar tomonidan berilgan intervyular:
    • https://uznews.uz/uz/article/25995/
    • https://daryo.uz/.../ozbekistonda-xitoy-vaksinasi.../
    • https://daryo.uz/.../sinovda-oila-azolarim-ham.../
    2020-yil 19-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan sifat nazorati tekshiruvlarini o‘tkazish uchun taqdim qilingan vaksina, platsebo namunalari va tegishli standartlar hamda reagentlar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi davlat markazi tomonidan qabul qilindi.
    • https://xs.uz/.../ozbekistonda-khitoj-vaktsinasining...
    • https://uznews.uz/uz/article/26612/
    2020-yil 10-dekabr kuni O‘zbekistonda koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning uchinchi sinov bosqichiga start berildi.
    • https://teznews.uz/.../ozbekistonda-vakczinacziya...
    • https://www.gazeta.uz/uz/2020/12/10/vaccine/#!
    • https://kun.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga-qarshi...
    • https://azon.uz/.../koronavirus-uzbekistonda-vakcinaning-uch
    ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi tadqiqotlarining borishi haqida:
    • https://daryo.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga-qarshi.../
    • https://t.me/mtrkuzofficial/32257
    • https://t.me/mtrkuzofficial/31508
    • https://t.me/mtrkuzofficial/35426
    • https://t.me/mtrkuzofficial/30376
    • https://t.me/mtrkuzofficial/30170
    • https://t.me/mtrkuzofficial/30084
    • https://t.me/mtrkuzofficial/28378
    2021-yil fevralda Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O‘zbekistonning hissasi va sa’y-harakatlarini inobatga olib, ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. Ushbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va foydalanilishga kelishilgani bildirildi:
    • https://t.me/mtrkuzofficial/34545
    • https://www.gazeta.uz/uz/2021/02/17/zf-vaccine/#!
    • https://yuz.uz/.../ozbekiston-xitoy-vaktsinasining...
    1-mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ilk vaksina davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ro‘yxat raqami – DV/X 08646/03/21
    • https://kun.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga-qarshi-ilk...
    • https://uza.uz/.../ozbekiston-koronavirusga-qarshi-ilk...
    • http://uzpharmagency.uz/.../ozbekistonda-koronavirusga...
    Shuningdek, o‘zbek–xitoy vaksinasi bo‘yicha ma’lumotlarni https://t.me/vaksinauzb Telegram-kanali orqali olishingiz hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan taqdim etilgan maxsus dayjestdan (https://online.pubhtml5.com/fkya/hind/) tanishishingiz mumkin.

    3. ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini yaratishda O‘zbekiston olimlarining o‘rni qanday?

    ZF-UZ-VAC 2001 vaksinaning 3-bosqich sinovlarida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti ilmiy jamoasi ishtirok etgan. Sinovlarga innovatsion rivojlanish vaziri, akademik, genetik-olim Ibrohim Abdurahmonov rahbarlik qilgan. Tadqiqot ishlarida Ilg‘or texnologiyalar markazining qator olimlari – biologiya fanlari doktori, professor Shahlo Turdiqulova, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev, biologiya fanlari nomzodi Dilbar Dolimova, ilmiy xodimlar Muzaffar Mo‘minov, Abror Abdurahimov hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Erkin Musaboyev rahbarligidagi tibbiyot xodimlari ishtirok etgan.

    4. Platsebo nazoratli tadqiqotlar o‘tkazildimi?

    2020-yil 19-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilg‘or texnologiyalar markazi tomonidan sifat nazorati tekshiruvlarini o‘tkazish uchun taqdim qilingan vaksina, platsebo namunalari va tegishli standartlar hamda reagentlar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi davlat markazi tomonidan qabul qilindi. 2020-yil 10-dekabr kuni O‘zbekistonda koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning uchinchi sinov bosqichi boshlandi va tadqiqot ishlari davom etmoqda. O‘z navbatida hozirda jahonda mavjud barcha vaksinalarning 3-bosqich sinovlari davom etayotganini ma’lum qilamiz.

    5. Vaksina koronavirusning qaysi shtammlariga qarshi ta’sir qiladi?

    Cell Research (CR) xalqaro ilmiy jurnalida “SARS-CoV-2 virusi mavjud variantlarining inaktivlangan va RBD-subbirlik vaksinalariga gumoral immun javobi” (Humoral immune response to circulating SARS-CoV-2 variants elicited by inactivated and RBD-subunit vaccines) nomli maqola chop etildi. Maqolada COVID-19 bilan kasallangan bemorlar, sog‘lom insonlar va mazkur ikki vaksinalar bilan emlangan shaxslarning qonidan olingan plazmalarning samaradorligi “afrikancha” shtammga nisbatan tekshirilgan. Inaktivlangan va rekombinant vaksina bilan emlanganlar va kasallikka chalingan shaxslarning plazmasi olinib, haqiqiy virus va psevdo virusni neytrallash (zararsizlantirish) in vitro testlari o‘tkazilganda, rekombinant ZF-UZ-VAC2001 vaksinasida ushbu mutant variantni zararsizlantirish xususiyati nisbatan yuqori ekanini tasdiqlagan. Shuningdek, maqolada D614G mutant varianti (ushbu variant ayni damda butun dunyoda tarqalgan bo‘lib, dominant variant hisoblanadi) nazorat sifatida olingan bo‘lib, vaksinalarning ushbu variantni neytrallash ko‘rsatkichi test variantlarinikidan ham balandroq ekanligini ko‘rishingiz mumkin.

    Tadqiqotlar ZF2001 vaksinasi COVID-19 virusining ayni vaqtda dunyoda tarqalgan afrikancha (501Y.V2) va britancha (D614G) variantlaridan himoya qila olishini tasdiqlamoqda. Hozirda olimlar Hindistondan tarqalgan delta-variant ustida ham tadqiqotlar olib bormoqdalar. Laboratoriya tekshiruvlari vaksinatsiyalangan odam zardobi ham, hayvonlar zardobi ham delta variantga qarshi himoyalanganini namoyon etgan. Ayni paytda ma’lumotlar tasniflanmoqda va maqola yaqin kunlarda chop etilishi kutilmoqda.

    6. O‘zbekistondan tashqari qaysi davlatda mazkur vaksina bilan necha kishi emlandi?

    ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan Xitoyda hozirda 100 million aholi emlangan.

    7. Nima uchun O‘zbekiston ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining hammuallifi hisoblanadi?

    Xitoy va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida ilm-fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolangan bo‘lib, hozirda O‘zbekiston xitoylik olimlar bilan hamkorlikda 4 million dollar qiymatidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda.

    Koronavirus pandemiyasi e’lon qilinganidan so‘ng 2020-yilning mart oyidan Innovatsion rivojlanish vazirligi ochiqlamaslik sharti bilan Xitoy Fanlar akademiyasi va Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilayotgan rekombinant oqsil vaksinasi bo‘yicha tadqiqotlarida ishtirok etdi. Shu bois ham mazkur vaksinaning 3-bosqich tadqiqotlari O‘zbekistonda o‘tkazish kelishuviga erishilgan edi. 3-bosqich klinik sinovlarining o‘zi katta tadqiqot sanaladi. Bu tadqiqotlarda O‘zbekiston tomonidan 100 dan ortiq olim va shifokorlar ishtirok etgan. Ushbu klinik sinov tadqiqotlari o‘ta murakkab ilmiy jarayon bo‘lib, unda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga to‘liq rioya etish talab etiladi.

    Shu bois ham Innovatsion rivojlanish va Sog‘liqni saqlash vazirliklarining ZF2001 vaksinasi sinovlarida faol ishtirok etgani, shuningdek klinik tadqiqotlarga qo‘shgan hissasini inobatga olib, O‘zbekiston mazkur vaksinaning hammuallifi sifatida tan olindi.

    Quyidagi maqolada O‘zbekistonning Xitoy tomonidan mazkur vaksinaga hammuallif sifatida tan olingani haqida yozilgan: http://www.zflongkema.com/news/qyyw/2021-04-06/194.html

    Vaksina hammuallifi sifatida tan olinish mamlakatimizga ko‘plab yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Yurtdoshlarimizni koronavirusga qarshi emlash jahondagi vaksina ishlab chiqaruvchilar taklif etgan qiymatdan ancha arzonga tushmoqda. Mazkur vaksina xitoylik hamkorlar tomonidan O‘zbekistonni hammuallif deb tan olgani bois ustuvor tarzda yetkazib berilyapti va bunda O‘zbekiston tomoni faqat ishlab chiqarish, qadoqlash va transportirovka xarajatlarini qoplayapti. Bundan tashqari, Xitoy Fanlar akademiyasi va Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical kompaniyasi bilan hozirda vaksinani birgalikda tijoratlashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ya’ni vaksinani xorijiy mamlakatlarga eksport qilishdan tushgan daromadning 30 foizi O‘zbekistonga tegishli bo‘ladi. Bu — pandemiya hali-hamon insoniyatni tahlikada tutib turgan bir paytda dunyoning ko‘plab davlatlari havas qilgulik muvaffaqiyat”, – deyiladi vazirlik bayonotida.

    Mavzuga doir:

    • JSST emizikli onalarga COVID-19 ga qarshi emlanishni tavsiya qildi
    • “Emlanuvchiga noqulaylik bo‘lmasligi uchun igna almashtirilgan”. Jahongir Ortiqxo‘jayevning vaksina olishi vaqtidagi bahsli holatga izoh berildi (video)
    • O‘zbekiston SEOM boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov vaksina haqidagi mish-mishlar sabab aholiga murojaat qildi
    • Vaksinaga ishonmayotganlar, emlangach koronavirusga chalinganlar, boshqa vaksinani kutayotganlar. O‘zbekistonliklar nima uchun emlanishni xohlamayapti?

    22.07.2021, 08:09   Izoh (0)   73133
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda “Asakabank” sobiq mansabdorlari Osiyo taraqqiyot banki ajratgan 2 mln dollarni talon-toroj qilgani aniqlandi

    22.07.2021, 07:29

    Qashqadaryolik fermer qaynukasi tomonidan urib o‘ldirildi

    22.07.2021, 07:08

    Masjidga kelgan bosh vazir, talabalar tomonidan yasalgan kiber ot, Dubaydagi muzli hammom terapiyasi. 21-iyul suratlari

    21.07.2021, 23:55

    O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi o‘rinbosari “Xalq banki” boshqaruvi raisi etib tayinlandi

    21.07.2021, 23:37

    O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida 21–23-iyul kunlari sel kelishi xavfi e’lon qilindi

    21.07.2021, 22:57

    Namanganda suv toshqinidan jabrlangan 132 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi. Suv bosgan hududlarda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda (foto)

    21.07.2021, 22:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Central Asian Business Expo 2024 natijalari: 70 dan ortiq kompaniya O‘zbekistonning IT soha uchun taqdim etayotgan biznes imkoniyatlari bilan tanishdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Asialuxe Travel’dan Turkiyaga turlarni erta band qilish uchun 55% gacha chegirmalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Xon Saroy kompaniyasi - 2024-yil natijalari bilan bo‘lishdi


    Astana Motors Uzbekistan O‘zbekiston xalqi va mamlakat mehmonlarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaydi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Munajjimlar bashorati: 2025-yilda bizni nimalar kutmoqda?

    4 yanvar, 09:11
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    Dunyo | 11 may, 18:04

    Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 11 may, 17:35

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35

    “Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 16:05

    AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini topshirishini ma’qulladi

    Dunyo | 11 may, 15:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.