• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Hech qaysi vaksina koronavirusdan 100 foiz himoya qilmaydi. Bu normal holat! Moskvaliklarning qanchasi emlangandan keyin ham kasallanishi mumkinligi hisoblab chiqildi

    Koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini boshlanishi va yarim majburiy vaksinatsiyalar joriy etilishi bilan ijtimoiy tarmoqlarda ilgari vaksinaning bir yoki ikki dozasi bilan emlangan bo‘lsa-da, COVID-19’ga chalingan va kasalxonaga yotqizilgan odamlar haqidagi xabarlar keng tarqaldi. Ayrim xabarlar quruq mish-mishlardan iborat bo‘lsa, boshqalari haqiqatda kasallanish holatlari, jumladan, kasallikning og‘ir kechishini tasvirlaydi. Bularning barchasi dahshatli ko‘rinadi va ko‘pchilik uchun go‘yoki vaksinatsiya befoydaligini isbotlaydi. Aslida, unday emas. Hech qaysi vaksina kasallikdan yuz foiz himoya qilmaydi, demak, emlanganlar ham kasal bo‘ladi — asl statistikaga ko‘ra, qancha ko‘p odam emlansa, emlangandan so‘ng ham kasallik yuqtirish holatlari shuncha ortib boraveradi. Meduza vaksina olgan moskvaliklarning qanchasi virus yuqtirishi mumkinligini hisoblab chiqdi — hisoblashda koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi samaradorligi asos qilib olindi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Keling, eng sodda va eng muhim narsa — xulosalardan boshlaymiz

    Yana bir bor ta’kidlash joizki, koronavirusga qarshi vaksinalar infeksiyadan yoki uning asoratlaridan yuz foiz himoya qilmaydi. Vaksinalar kasallik yuqtirish ehtimolini yoki uning og‘ir kechishini kamaytiradi.

    Emlangan odamlar qancha ko‘p bo‘lsa, ular orasida kasallik yuqtirganlar ulushi shunchalik katta bo‘ladi. Buyuk Britaniyada voyaga yetgan aholining 80 foizdan ko‘prog‘i vaksina olgan, shu bilan birga emlangan odamlarning aksariyati allaqachon kasallikni yuqtirdi. Taxminan, 14 foiz aholisi ikki doza vaksina olgan Rossiyada bunday holatlar ozchilikni tashkil qiladi, ammo ular tobora ko‘proq sezilmoqda. Shulardan kelib chiqib, emlangan odamlarning COVID19’ga chalinishi shubhali tuyuladi, emlanmaganlarning kasallanishi aksincha, odatiy holga aylangan.

    Vaksinatsiya qilingan odamlarning kasal bo‘lib qolish ehtimoli kutilmagan hodisa emasligining isboti sifatida Meduza sizning ijtimoiy muhitingizda ilgari emlansa ham kasal bo‘lgan (hatto kasalxonaga yotqizilgan) kishini topish imkoniyati ushbu muhit hajmiga qarab qanchalik katta bo‘lishini hisoblab chiqdi.  Hisoblash natijalari quyidagi ayrim noaniqliklarni inobatga olgan holda ushbu koeffitsiyentlarni ko‘rsatadigan grafiklar yordamida tasvirlab berildi.

    Shuni esda tutish kerakki, hisoblash atay qo‘pol amalga oshirilgan, chunki biz o‘zimiz ham qo‘pol va taxminiy hisob-kitoblarning natijasi bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanishga majburmiz: Rossiyada virusning tarqalishini kuzatib borish haligacha yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan; statistikalarni e’lon qilish bilan bog‘liq vaziyat undan ham yomonroq. Shu munosabat bilan biz hisob-kitoblarimizda Moskva bilan cheklandik. Harqalay poytaxt epidemiya bo‘yicha eng to‘liq ma’lumotlarni taqdim etsa kerak. Bundan tashqari epidemiyaning uchinchi to‘lqini Rossiyaning aksariyat viloyatlari va respublikalariga qaraganda poytaxtda bir necha hafta oldin boshlangani ushbu hududni tanlashga yana bir sabab bo‘ldi.

    Shuningdek, biz “muloqot doirasini” ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlar bilan chekladik, chunki ularning aniq nechta ekani ma’lum va shu tarzda kognitiv xatolardan qochish osonroq. Tasavvur qiling, do‘stlaringizning tanishi/qarindoshi kasal, siz ular bilan muloqotda bo‘lmagansiz, ammo ularning kasalligidan xabardorsiz. Bunday holda, siz “kasal do‘stlaringiz” haqida gap ketganda o‘sha odamni ham nazarda tutishingiz mumkin. Garchi siz u bilan shaxsan aloqa qilmasangiz ham.

    Bu juda katta yanglishliklarni keltirib chiqaradi: bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun siz kim haqida eshitsangiz, ularning barchasini “tanishim” deb atashingiz kerak bo‘lardi — bunday odamlar bir necha baravar ko‘p. Shuning uchun, bizga qat’iyan cheklangan sondagi odamlar kerak, bunday odamlarni esa ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlar bo‘yicha topish eng qulay.

    Emlangan, ammo COVID-19’ni yuqtirgan “do‘stlar”

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Emlangan ammo COVID-19’ga chalinib kasalxonaga yotqizilgan “do‘stlar”

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    COVID-19 bilan qayta kasallangan “do‘stlar”

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Grafiklardan ko‘rinib turibdiki, hech bo‘lmaganda Moskvada to‘liq immunizatsiya qilinganidan keyin ham virus yuqtirganlar soni ularning ijtimoiy muhitida sezilmay qolmaydi. Bir yoki ikki yuz tanishining turmush tarzini biladigan odam so‘nggi bir yarim oy ichida ularning kamida bittasi, emlangan bo‘lsa-da, virus yuqtirib olgani to‘g‘risida ma’lumot olish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Ushbu imkoniyat vaksinaning faqat bitta komponenti bilan emlanganlar va sog‘ayib ketganlar uchun ancha yuqori.

    Grafiklarni talqin qilishda, shuni yodda tutish kerakki, ma’lum bir mushtariyning “ijtimoiy pufakchasida”gi emlanganlarning ulushi ushbu hisob-kitobda qabul qilingan moskvaliklarning o‘rtacha ko‘rsatkichdan qanchalik farq qilishi haqida hech narsa bilmaymiz.

    Agar sizning tanishlaringiz orasida emlanganlar Moskvadagi emlanganlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan ko‘proq bo‘lsa (umid qilamizki shunday), bizning hisob-kitoblarimiz yetarlicha qiymat bermasligi mumkin — ushbu holatda kasallangan tanishlarning soni grafikdagi sonlarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘rtacha hisobda odamlar o‘zining kasal ekani to‘g‘risida do‘stlari va boshqalarga xabar beradimi yoki yo‘q, bizga qorong‘i, shuning uchun biz faqatgina kutilgan holatlar haqida gaplashamiz, ijtimoiy tarmoqlardan bilib olishimiz mumkin bo‘lgan holatlar haqida emas.

    Yuqorida aytib o‘tilgan sabablarga ko‘ra, hisob-kitoblar faqat Moskva uchun qilingan. Shuning uchun uni boshqa shaharlarda va mamlakatlarda yashovchi ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlar uchun qo‘llash umuman olganda, to‘g‘ri emas — emlanganlar va tuzalib ketganlarning ulushi va boshqa parametrlarda tafovut bo‘lishi mumkin. Shunga qaramay, ushbu qiymatlarning Moskvadan farqi bilan qilinadigan xato u qadar katta emas — deyarli barcha mintaqalar uchun yo‘l qo‘yiladigan xatolar Moskvaning o‘zida ushbu parametrlarning taxminiy tarqalishi bilan yuzaga keladigan xatolardan kamroq bo‘lishi kafolatlanadi.

    Mavzuga doir: Singapur koronavirusni oddiy grippga aylantirish rejasini ishlab chiqdi. Bu qanday amalga oshiriladi?

    22.07.2021, 21:36   Izoh (0)   29197
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qatar Airlines dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb topildi

    22.07.2021, 20:35

    Fransiya prezidentining telefoni Marokash maxsus xizmatlari tomonidan kuzatilgan bo‘lishi mumkin — OAV

    22.07.2021, 19:34

    Madagaskar prezidentiga suiqasd uyushtirildi. Gumondorlar hibsga olindi

    22.07.2021, 18:12

    Emomali Rahmon Afg‘oniston muammosini harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasligini aytdi

    22.07.2021, 17:11

    Bayden va Zelenskiy AQShda 30-avgust kuni uchrashadi

    22.07.2021, 15:30

    Xitoy COVID-19 kelib chiqishini o‘rganishning 2-bosqichi bo‘yicha JSST bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi

    22.07.2021, 14:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.