Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chexiyalik usta 986 kuzovidagi 20 yillik Porsche Boxster’ni hayratlanarli McLaren F1 nusxasiga aylantirdi. U o‘z garajida Gordon Myurrey superkari ruhidagi original kuzovni yaratishga muvaffaq bo‘lgan — uning nafaqat proporsiyalari, rangi yoki optikalari, balki kinematik eshiklari, yukxonani ochuvchi mexanizmlari ham mos keladi. Bundan tashqari, usta haydovchi o‘rindig‘ini ham aslidek o‘rnatgan — original modeldagi kabi haydovchi markazda o‘tiradi, deb xabar beradi Motor.

Foto: eBay

Foto: eBay

Noma’lum usta Porsche Boxster’ning McLaren F1 nusxasiga aylanish jarayoniga izoh bermagan, biroq suratlarga ko‘ra, unda modelning chizmalari bor. Tayyor avtomobilni YouTube’dagi qator roliklar orqali yaqindan tomosha qilish mumkin.

Noodatiy nusxa eBay’da McLaren F1 nusxasi sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida paydo bo‘lgan e’londan so‘ng topilgan. Mashina egasining ta’kidlashicha, avtomobil “to‘liq texnik hujjatlarga” ega, mashina asosini 2001-yilgi Boxster 986 tashkil etadi.

Foto: eBay

Foto: eBay

Mashina quvvati to‘g‘risida ma’lumot berilmagan, ammo xaridor 220 yoki 250 ot kuchilik motor, Tiptronic avtomat uzatmalar qutisiga umid qilishi mumkin.

Mashinaning salon qismida McLaren F1 bilan o‘xshashlik u qadar sezilmaydi, ammo original superkar ichiga ham yetarlicha o‘zgartirish kiritilgan. Nusxa yaratuvchisi boshqaruv organlarini markazga siljitib, yechiladigan rul o‘rnatgan.

Foto: eBay

Foto: eBay

Noodatiy kupe narxi oshkor qilinmagan, ammo sotuvchi mashinani 51 ming funt sterlingga sotishga rozi bo‘lmay, uni saytdan olib tashlagan. Nima bo‘lgan taqdirda ham mazkur avtomobil 20 million dollar turadigan haqiqiy McLaren F1’dan ancha arzon turadi.

Foto: eBay

Foto: eBay

Avvalroq tailandlik fermer loydan Bugatti Chiron’ning nusxasini yaratgani, AQShda Lamborghini Aventador’ning karton nusxasi yangi Cobalt narxida sotilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Foto: eBay

Foto: eBay

Foto: eBay

Foto: eBay

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi