• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Didaktikasiz nasihat qila biladigan rejissor Abbos Kiorustamiy shedevrlari

    Jahonga mashhur yoki biror mukofotga loyiq topilgan filmlarni tomosha qilish maroqli. Biror tanqidchi tahlil qilgan, tavsiya etgan filmni diqqat-e’tibor bilan ko‘ramiz. Taqriz-tavsiyalar orqali ko‘pincha didimiz shakllanadi va sal o‘tib, eng sara, vaqtni sarflashga arzigulik kinolarni izlab qolamiz. “Daryo” kolumnisti, kinoshunos Shohida Eshonboboyeva jahon sahnalarida o‘rni, e’tirofi, mukofotini topgan rejissor Abbos Kiorustamiy va uning mashhur filmlari haqida hikoya qiladi.

    Foto: “Peoples.ru”

    Abbos Kiorustamiy jahon kinematografiyasi xazinasiga o‘ziga xos filmlarni meros qoldirgan eronlik rejissorlardan biri. Uning ijodiy faoliyati bugun ham bir qator G‘arb va Sharq kinomaktablarida o‘rganiladi. Asosan, XX asrning 80–90 yillarida jahonga tanilgan Kiorustamiy umuminsoniy g‘oyalarning ekrandagi tasviriy yechimi bilan G‘arbni qoyil qoldirgan edi. Aslida sof muhabbat, insonparvarlik, vafo va sadoqat kabi estetik kategoriyalarni tarannum etish dunyoning har burchagida yashaydigan ijodkorning bosh maqsadidir. Lekin bu ijodkorlarning qaysidir biri dunyoga taniladi, qaysidiri o‘z hududidan tashqariga chiqolmaydi. Kiorustamiyni olamga tanitgan birlamchi omil – bu uning vatani va xalqiga bo‘lgan cheksiz muhabbatini sof kino tili yordamida ifodalaganidir.

    Ehtimol, o‘zbek tomoshabini uchun Kiorustamiyning filmlarida yoritilgan syujet va g‘oya u qadar hayratlanarli bo‘lmasligi mumkin. Chunki, birinchidan, dunyoqarash, din, tarbiya va qolaversa, qadimdan zardushtiylik bilan bog‘liq o‘ziga xos dunyoqarash eron va o‘zbek xalqida o‘zaro o‘xshash ekanini inkor etolmaymiz. Ikkinchidan, Firdavsiy va Xayyom, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi buyuklar nomi va mashhur asarlar o‘zbek – eron xalqining o‘tmishdagi adabiy an’analari, folklori bir-biriga yaqin bo‘lgani, bir-biridan ozuqlangani va hamon shundayligidan dalolat beradi. Ammo kinematografiyada Kiorustamiy ko‘proq milliylikka tayandi...

    Ta’kidlash kerak, bir qator dunyoga mashhur ijodkorlar kabi Abbos Kiorustamiy ham 2009-yilga kelib xorijga, aniqrog‘i, Fransiyaga butunlay ketishga majbur bo‘ladi va Eronda boshqa film suratga olmaydi. Mahalliy hokimiyat, siyosiy tuzum Kiorustamiy hamda uning hamkasblari ijodiy erkinligiga hadeb to‘siq qo‘ygani bunga sababdir. Yurtidan bosh olib ketgan ijodkor xorij kinokompaniyalari bilan filmlar suratga oladi. Agar xorijdagi faoliyati bilan ona yurtidagi ijodiy faoliyati namunalarini solishtirsak, o‘z yurtida yaratgan filmlarida milliy g‘urur, xalqiga mehr va hamdardlik, yoshlar kelajagidan qayg‘urish kabi nozik tuyg‘ular yetakchilik qiladi. Keyingi filmlarida esa vatan sog‘inchi aks etsa-da, g‘arbona turmush tarzidan bezishni sezish mumkin...

    “Do‘stimning uyi qayerda?” (Khane-ye dust kojast) filmi posteri

    “Do‘stimning uyi qayerda?” (Khane-ye dust kojast) filmi posteri
    Foto: Highonfilms

    “Do‘stimning uyi qayerda?” filmi (1987) Kiorustamiy ijodida muhim o‘rin tutadi. Film muxlislarini topgach, rejissor yana bir necha filmlar suratga oladi va ularda ungagina xos bo‘lgan rejissorlik “imzo”sini mustahkamlaydi.

    “Zaytun daraxti ortida” (Zire darakhatan zeyton) filmidan kadr

    “Zaytun daraxti ortida” (Zire darakhatan zeyton) filmidan kadr
    Foto: Google Photos

    Uning Kann kinofestivalida g‘olib bo‘lgan “Zaytun daraxti ortida” (1994) filmi hay’at, kinoshunoslar va tomoshabin o‘rtasida katta bahs-munozaraga sabab bo‘lgan, pirovardida, “Oltin palma novdasi” sovrinini qo‘lga kiritgan filmdir.

    Mazkur ikki filmda rejissor mamlakatdagi iqtisodiy yetishmovchilik, ishsizlik, qishloqlardagi og‘ir turmush tarziga qaramay aholida kelajakka umid so‘nmagani, yoshlarning qalbi ko‘proq ilmli va ma’rifatli bo‘lish istagi bilan tug‘yon urishi, g‘arb va zamonaviy dunyo uchun unutilgan eng nozik pokiza muhabbat, do‘stga vafodorlik tuyg‘ulari eronlik bolalar va o‘smirlarda barq urib turganini ko‘rsatishga urinadi va shunisi bilan insonni hayratga soladi. Qizig‘i, hikoya zamirida cho‘ng g‘am va alam yashiringanki, buni tomoshabin sezmay qo‘ymaydi. Bu g‘am – bolalarning kelajagi uchun qayg‘urish, qo‘rqishdir. Ammo senariyda so‘z, musiqa va qandaydir “kesatiq”lar bilan hukumatga yoki xalqiga nisbatan norozilik kayfiyatini sezmaysiz.

    Kiorustamiyning rejissor va ssenariynavis (ba’zida montajchi va rassom) sifatida yaratgan asarlarida so‘z birlamchi, tasvir esa yetakchi. Film qahramonlari ko‘p bo‘lmaydi, lekin postanovka qilingan kadrlardan ko‘ra, rejissor tabiiy kadrlarni xush ko‘radi. Har holda uning filmlarida aktyorlar rol o‘ynayotgani umuman sezilmaydi.

    “Sevishganlardek” filmi treyleri

    2012-yili yana bir Kann “Oltin palma novdasi” sovrini sohibi bo‘lgan “Sevishganlardek” filmi Abbos Kiorustamiyning o‘ziga xos sharqona falsafasi aks etgan filmlardan. Garchi Yaponiya kinoijodkorlari bilan birgalikda, Yaponiyada sodir bo‘lgan voqea haqida hikoya qilinsa-da, eron rejissorining “imzosi” mazkur asarda ham yaqqol sezilib turadi. Har doimgidek, bu asarda ham birinchi o‘rinda tasvir yoki musiqa emas, so‘z+tasvir yetakchilik qiladi. Voqeani to‘liq anglash uchun, albatta, so‘zni diqqat bilan eshitish va mulohaza qilish kerak. Xususan, nabirasini ko‘rish uchun shaharga kelgan buvining avtobus bekatida qolib ketishi va buni bilib turgan nabira qiz buvisidan kelgan bir necha telefon xabarlarini eshitsa ham, buvini tik oyoqda, jomadonlarini ushlagancha o‘tgan-ketganga termilib, nabirasini kutayotganini ko‘rib tursa ham “pul ishlash” maqsadida avtobus bekatidan aylanib o‘tib ketadi. Bu holatga ertasi kuni ayanchli tarzda javob olinadi. Lekin vaqt o‘tgani, noto‘g‘ri qadamning kasri va hokazo fikrlar film tugaganidan keyin tomoshabin fikr-yodini chirmab oladi. Kiorustamiyni Kiorustamiy darajasiga olib chiqqan ham aynan mana shu xislatidir – u tomoshabinga didaktikasiz nasihat qila biladi. Ijodkor uchun murakkab, biroq zarur vazifa.

    O‘zbek tomoshabinlari uchun Kiorustamiyning deyarli barcha filmlarini ko‘rishni tavsiya etish mumkin. Zotan, uning asarlari jaholat va fahshdan holi. Garchi, film syujetida nopoklikni qoralash g‘oyasi yo‘lboshlovchi bo‘lsa-da, rejissor ochiq kadrlar bilan fikrini ifodalamaydi va uning uchun musiqa ham yetakchi bezak vazifasini o‘tamaydi. U ko‘proq tabiiy intershumdan foydalanadi.

    “Yirik plan” (Close-up) filmidan lavha

    “Yirik plan” (Close-up) filmidan lavha
    Foto: Cameralabs

    Uning qiziq filmlaridan biri “Yirik plan”dir. Fransuz kinoaktrisasi Julyett Binosh ijrosidagi “Asliga to‘g‘ri” filmi ham Kiorustamiyning san’at asari bilan haqiqiy hayot o‘rtasidagi nomutanosiblik haqida munozara yuritgan asarlaridan biri. Biz tomoshabinga Abbos Kiorustamiy filmlarini ko‘rayotganda so‘zga (dialog, monolog, izohlar va boshqa) diqqat qilishlarini, mizankadrning postanovkasiga e’tiborli bo‘lishlarini va aktyorlar ijrosidan zavq olishlarini tilaymiz.

    So‘ng so‘z o‘rnida shuni eslatamizki, miyadagi neyronlarning yangilanib turishi va inson erta qarimasligi uchun murakkab bo‘lgan asarlarni o‘qish, filmlarni ko‘rish va mumtoz musiqa eshitish muhim ekan. Abbos Kiorustamiy filmlari nisbatan oddiy bo‘lgani bilan, qisqa axborotlarga o‘rgangan zamondoshlarimiz uchun murakkab filmlardan bo‘lishi mumkin...

    “Asliga to‘g‘ri” filmi treyleri

    Ma’lumot uchun: 

    • Abbos Kiorustamiy – kinorejissor, ssenarist, prodyuser, fotograf, rassom, shoir;
    • 22-iyun 1940-yilda Tehronda tug‘ilgan;
    • 4-iyul 2016-yil Parijda olamdan o‘tgan;
    • 40 ga yaqin filmlar rejissori;
    • 10 dan ortiq xalqaro kinofestivallar sovrindori;
    • Fransiya, Yaponiya kabi mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlik doirasida filmlar suratga olgan.

    21.07.2021, 08:42   Izoh (0)   48591
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniya Arktikani “muzlatish” uchun 13,4 mln dollar ajratdi

    Dunyo | 24 iyun, 00:10

    Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qildi (video)

    Dunyo | 23 iyun, 23:49

    “Daryo” dayjesti: 23-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:36

    Tramp Eronga berilgan zarbalarni tanqid qilgan kongressmenni haydab chiqarishga chaqirdi

    Dunyo | 23 iyun, 23:30

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 23:20

    “Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” – Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:10

    Saidlaziz Saidkarimov Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:53

    Prezident eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.