• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Samoviy” pullarning ta’siri, mug‘ombirlashib ketayotgan o‘yinchilar va raqobatsiz ligalar. Futbol rostdan ham o‘z jozibasini yo‘qotmoqdami?

    Futbol. Bu millionlab insonlar sevib tomosha qilish bilan birga u bilan shug‘ullanadigan, u haqida tinimsiz bahslashadigan eng ommabop sport turi hisoblanadi. Ushbu sport turiga umuman qiziqmayman deydigan istalgan inson ham umri davomida, hech bo‘lmaganda maktab davrida, bir marta (majburan) bo‘lsa-da, futbol o‘ynagan. Aynan ommabop bo‘lgani uchun ham futbol dunyo bo‘yicha birinchi raqamli sport turiga aylangani hech kimga sir emas. Ammo so‘nggi paytlarda millionlar o‘yinining ko‘pchilik ixlosmandlari futbol o‘z jozibasini yo‘qotgan deb hisoblab, uning avval qiziqarliroq (zo‘r) bo‘lganini ta’kidlaydi. Xo‘sh, rostdan ham shundaymi, futbol o‘z jozibasini yo‘qotganmi, avval o‘yinlar chindan shiddatliroqmidi? Quyida ana shunday savol va ikkilanishlar vujudga kelishiga nima sabab bo‘layotganiga oydinlik kiritishga harakat qilib ko‘ramiz.

    Pul futboldagi romantizmni o‘ldirdimi?

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ha, mablag‘ futbol infratuzilmasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani haqida bahslashishdan ma’ni yo‘q. So‘nggi 10—15 yil ichida ko‘plab zamonaviy stadionlar, futbol akademiyalari va aqlga sig‘maydigan darajadagi sport inshootlari barpo etildi. Buni pulsiz amalga oshirib bo‘lmasdi. Biroq hozirda futbol ko‘plab o‘yinchilar uchun shunchaki kasb va pul topish manbayi bo‘lib qolganini unutmaslik kerak. Katta avlod vakillarining so‘zlariga ko‘ra ilgari bunday bo‘lmagan, futbolchilar zavq, ehtiros va or uchun maydonda javlon urgan (albatta, buning uchun pul ham olgan, biroq hozirgi kabi katta summalar bo‘lmagan).

    Shuningdek, transfer bozorida ham so‘nggi 10 yil ichida juda katta “portlash”lar sodir bo‘ldi. Neymarning 2017-yilda “Barselona”dan “PSJ”ga 222 million yevro evaziga o‘tganini misol keltirishning o‘zi kifoya qiladi bunga. Aytish mumkinki, futbol so‘nggi o‘n yil ichida ochiqchasiga biznesga aylandi. Bundan oldin ham shunday bo‘lib kelgan, biroq ochiqchasiga emasdi baribir.

    Va aynan pul sabab hozirda aksariyat futbolchilar o‘zlarining qadrdon (va kuchsiz) klublarida qolmayapti. Hozirda aksariyat futbolchilar uchun dunyoning eng yaxshi klublari bilan qimmat shartnoma imzolash ustuvor maqsadga aylangan. Buni to‘g‘ri tushunish mumkin, boisi farovonlikka intilib yashash insonga xos xislat. Shu tariqa hozirda Franchesko Totti, Paolo Maldini singari sadoqatli futbolchilarni kunduzi chiroq yoqib ham topish qiyin.

    Futbolchilarning mentaliteti o‘zgarganmi?

    15—20 yil oldin shartli Roy Kin yoki Edgar Davidsning simulyatsiya qilganini tasavvur qilishning o‘zi insonda kulgi uyg‘otadi. Ilgari butun futbol olami mug‘ombirlik ishlatadiganlardan nafratlanar, ularning ustidan kular va bunday harakatlarga jiddiy e’tibor ham bermasdi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Hozirda esa Neymar, Pepe, Diyego Kosta kabi o‘yinchilar ochiqchasiga provokatsiya va simulyatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. Buning ustiga, futbol shu darajada murakkablashib ketdiki, taktika va murabbiy imzosi muhim ahamiyat kasb etmoqda, butun boshli o‘yin taqdirini esa birgina xato hal qilib qo‘ymoqda. Bunday holatda jarima zarbasi yoki penalti ishlashga qaratilgan simulyatsiya ayni muddao bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Biroq o‘yinchilar ham, muxlislar ham futbolning sport, aniqrog‘i, bir o‘yin ekanligini unutmasligi lozim, o‘yin esa har tomonlama halol va adolatli bo‘lishi kerak.

    Muntazam ravishda bir xil klublarning ustunlik qilishi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Tan olish kerak, hozirda kuchli beshlik chempionatlari orasida faqat Angliya Premyer Ligasida chempionlik uchun qisman bo‘lsa-da raqobat saqlanib qolgan. Boshqa barcha ligalarda yetakchi jamoalar ketma-ket 8-9 yillab chempionlikni hech kimga bermay keladi. To‘g‘ri, 2020/21-yilgi mavsumda bir qator ligalarda favorit bo‘lmagan jamoalar g‘alaba qozondi, ammo bu ortda qolgan futbol yilda ko‘proq kuchli jamoalarning o‘z darajasida o‘ynay olmagani bilan bog‘liq. Chunki top-klublar pandemiya sharoitida juda og‘ir davrni boshdan kechirdi: qarzlar, moliyaviy inqirozlar, bo‘sh stadionlar, jarohatlar va hokazo. Bungacha aksariyat ligalarda chempionlik masalasi mavsumning yarmidayoq hal bo‘lib ulgurgan bo‘lardi. Bu esa tabiiyki, futboldagi joziba va intrigani nobud qiladi. Bunga yuqoridagi tilga olingan futbolchilarning yaxshi shartnoma sabab kuchli va boy klublarga o‘tib ketayotgani ham sabab bo‘lmoqda.

    Umuman olganda, haqiqatan ham so‘nggi 15-20 yil ichida futbol juda o‘zgarib ketdi. Ammo buni yaxshi yoki yomon tarafga deb aniq aytish mushkul. U shunchaki hozirgi dunyo sharoiti va haqiqatlariga moslashdi, xolos: “samoviy” pullarning ta’siri, kompyuterlashtirish (VAR) va ko‘plab boshqa omillar. Shunga qaramay ushbu sport turini sevguchilar kundan-kunga tobora ko‘payib bormoqda. Shundan xulosa qilish mumkinki, charm to‘p ixlosmandlari ushbu sport turini boricha qabul qilishi, sevimli jamoalariga muxlislik qilishda va o‘yindan zavq olishda davom etishi kerak. Futbol esa hamon o‘sha-o‘sha: 22 o‘yinchi, tekis maydon, 2 ta darvoza va 1 ta to‘p.

    16.07.2021, 14:18   Izoh (0)   15647
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Belarus klubi bilan shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik futbolchilar, butsilarini “mixga ilgan” Robben va Osiyo chempionining tarixiy rekordi. Eng so‘nggi sport yan...

    15.07.2021, 22:16

    Ronaldu — tentak, del Boske — ahmoq, Raul va Kasilyas — qalloblar. “Real” prezidenti Florentino Peresning haqoratli audioyozuvlari tarqaldi

    15.07.2021, 16:14

    Vadim Abramov qo‘lidagi “qo‘g‘irchoqlar”, “Bunyodkor” sobiq rahbarining shubhali harakatlari va O‘zbekistonning sharmandali mag‘lubiyatini yashirishga uringanlar.

    15.07.2021, 11:42

    “Everton” direktorlar kengashiga kirgan Alisher Usmonovning jiyani, yana 5 yil “Barselona”da qoladigan Messi va Yevro–2020 ning eng chiroyli goli. Eng so‘nggi spor...

    15.07.2021, 08:44

    Ishsizlik nafaqasi oluvchidan UFC chempionligiga qadar. Konor Makgregorning MMA’dagi “qonli yo‘li”

    14.07.2021, 22:27

    Mashhur sport jurnalisti va yozuvchi Vladimir Safarov 82 yoshida vafot etdi

    14.07.2021, 15:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22

    Oltin narxi yangi tarixiy rekord o‘rnatdi

    Dunyo | 8 avgust, 13:10

    Xitoyda kosmik raketa sinov paytida qulab tushdi — OAV

    Dunyo | 8 avgust, 12:59

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    Dunyo | 8 avgust, 12:54

    Dunyodagi yagona bo‘lgan oq Ferrari 250 GTO avtomobili auksionga qo‘yildi (foto)

    Avto | 8 avgust, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.