• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eyfel minorasiga faqat emlanganlar kiritiladi, JSST koronavirus Xitoydagi laboratoriyada paydo bo‘lganini istisno qilmadi. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 188 925 223 kishiga yetdi, shularning 4 066 561 nafari vafot etgan. Kasallanganlar soni bo‘yicha doimgidek, AQSh (33,9 million), Hindiston (31 million), Braziliya (19,2 million), Fransiya (5,8 million) va Rossiya (5,8 million) yetakchilik qilmoqda.

    14-iyul kuni Parijda Bastiliya ishg‘ol etilgan kun munosabati bilan an’anaviy mushakbozlik bo‘lib o‘tdi

    14-iyul kuni Parijda Bastiliya ishg‘ol etilgan kun munosabati bilan an’anaviy mushakbozlik bo‘lib o‘tdi
    Foto: Getty Images

    Parijdagi Eyfel minorasi bugun, 16-iyuldan tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi.

    “Biz keksa xonimni nazokat va g‘amxo‘rlik bilan uyg‘otishga tayyorlanyapmiz, u o‘z-o‘zini yakkalash rejimi tufayli 250 kun uyquda bo‘ldi”, — deya minoraning ochilishini izohladi unga operatorlik qiluvchi kompaniya rahbari Jan-Fransua Martin.

    20-iyulga qadar Eyfel minorasi barcha uchun ochiq bo‘ladi, ammo 21-iyuldan boshlab koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolar kiritilmaydi. Martinning so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada Fransiyadagi barcha sayyohlik nuqtalarida shunday qoida amal qilishni boshlaydi.

    So‘nggi uch hafta mobaynida minora rahbariyati liftlarni yo‘lovchisiz ishlatib ko‘rib, xavfsizlikni tekshirdi. Eyfeldagi ishlarni qayta tiklash uchun avvalroq majburiy ta’tilga chiqarib yuborilgan 350 kishi ishga qaytarildi.

    Mavzuga doir: Parijdagi Eyfel minorasi 16-dekabrdan tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi

    COVID-19 Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyada paydo bo‘lgan va sizib chiqishi tufayli tarqalib ketgan, degan versiyani istisno qilishga hali erta. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi.

    “Mening o‘zim laborant bo‘lganman, men immunologman, laboratoriyada ishlab ko‘rganman va laboratoriyalarda kutilmagan hodisalar bo‘lishidan xabarim bor. Shunday bo‘lib turadi”, — deya aniqlik kiritdi JSST rahbari.

    Gebreyesus qayd etishicha, pandemiya qandaydir tarzda laboratoriyalar bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligini tushunish uchun bo‘lib o‘tgan hodisani tekshirish juda muhim. “Bizga ushbu laboratoriyadagi vaziyat pandemiyagacha va pandemiya boshida qanday bo‘lgani haqidagi ma’lumot, to‘g‘ridan to‘g‘ri axborot kerak”, — dedi u va Xitoyning hamkorlikka tayyorligi bu yerda hal qiluvchi rol o‘ynashini aytdi. “Agar biz to‘liq ma’lumot olsak, laboratoriya bilan bog‘liq versiyani istisno qilishimiz mumkin”, — dedi JSST rahbari. Shuningdek, u Xitoyni ochiq va shaffof hamkorlikka chaqirdi, “ayniqsa, biz pandemiyaning ilk kunlarida so‘ragan dastlabki ma’lumotlar borasida”, dedi u.

    Mavzuga doir: JSST COVID-19 kelib chiqishi bo‘yicha tekshiruvning ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

    Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ning Abu-Dabi amirligi hukumati koronavirus tarqalishi xavfining oldini olishga qaratilgan yangi choralar haqida e’lon qildi, ular 19-iyul, dushanba kunidan amal qilishni boshlaydi.

    Abu-Dabiga so‘nggi 48 soat ichida topshirilgan manfiy natijali PZR-test yoki bir kun ichida olingan ekspress PZR-test bilan kirish mumkin. Bu ham chet elliklar, ham amirlik rezidentlari uchun amal qiladi.

    Amirlikda muayyan vaqt davomida qolish istagida bo‘lganlar COVID-19’ga nisbatan testlardan takroran o‘tadi.

    Dushanbadan Abu-Dabi hududida 00:00 dan 05:00 gacha komendantlik soati joriy qilinadi, bu vaqtda ko‘chalarda transport harakati to‘xtatiladi.

    Savdo markazlari, kinoteatrlar, plyajlar va umumiy ovqatlanish muassasalariga tashrif buyuruvchilar soniga cheklovlar kiritilmoqda.

    Mavzuga doir: BAA COVID-19’ga qarshi emlash darajasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi

    16.07.2021, 18:09   Izoh (0)   20994
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT Afg‘onistondagi vaziyat tufayli qochqinlarning yirik oqimi paydo bo‘lishidan xavotirda

    16.07.2021, 17:26

    Germaniyada suv toshqini tufayli 80 kishi halok bo‘ldi, 1,3 ming kishi bedarak yo‘qoldi

    16.07.2021, 15:11

    Qirg‘iziston Tojikistonga qochib o‘tgan afg‘onistonlik qirg‘izlarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi

    16.07.2021, 12:25

    MDH mamlakatlari bir-birlarining COVID-sertifikatlarini tan olishni boshlashi mumkin

    16.07.2021, 11:44

    Foto: Olimpiada arafasidagi Tokio

    16.07.2021, 11:28

    The Guardian: 2016-yilda Putin shaxsan Rossiya maxsus xizmatidagilarga Trampni saylovlarda qo‘llab-quvvatlashni buyurgan. Kreml bu gaplarni “ajoyib jinoiy asar” de...

    16.07.2021, 08:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yakkabog‘ va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:30

    Hindistonda zavoddagi portlashda 39 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:25

    Xitoyda ilk bor robotlar ishtirokida futbol turniri o‘tkazildi (video)

    Texnologiyalar | 2 iyul, 10:14

    “PSJ” “Bavariya”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning chorak final jufliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 2 iyul, 10:05

    Toshkent viloyatida pora evaziga 3 mln dollar kredit olib bermoqchi bo‘lganlar qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:00

    AQSH Ukrainaga va’da qilingan raketa va o‘q-dorilarni yetkazib berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 2 iyul, 09:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.