• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda yo‘lto‘sarlik qilgan ayollarning 4 nafari ma’muriy qamoq bilan jazolanib, salkam 15 mln so‘mdan jarimaga tortildi

    Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida kredit ololmagani bois avtomobil yo‘lini to‘sgan ayollarning to‘rt nafari ma’muriy qamoq jazosini olib, salkam 15 million so‘mdan jarimaga tortildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

    Foto: IIV matbuot xizmati

    Foto: IIV matbuot xizmati

    Ta’kidlanishicha, kredit ololmagani sabab avtomobil yo‘lini to‘sgan ayollar ishini 2021-yilning 16-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi ko‘rib chiqqan.

    Qayd etilishicha, g‘ijduvonlik “Marjona G‘uncha” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari 43 yoshli M.I. 2021-yilning 15-iyul kuni bir nechta ayollar bilan, taxminan, soat 18:30 da G‘ijduvon tumanidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega M-37 avtomagistral yo‘liga chiqib, avtomashinalar harakatini to‘sib qo‘ygan va ko‘chada yurish yoki namoyishlar uyushtirish tartibini, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, mayda bezorilik sodir qilgan.

    Foto: IIV matbuot xizmati

    Foto: IIV matbuot xizmati

    M.I. sud jarayonida bu harakatini izohlab, tanishlari — F.P., D.S., M.A., M.Q., D.Ya. bilan birgalikda yo‘lni to‘sishga majbur bo‘lganini bildirgan. Shuningdek, 19 yoshli o‘g‘li A.H.ga ham oldindan qo‘ng‘iroq qilib, yo‘lni to‘sishga chiqayotganini aytgan.

    Sudda so‘z olgan tadbirkor ayolning o‘g‘li shu kuni, taxminan,  soat 16:00 da onasi unga qo‘ng‘iroq qilib, ko‘chaga chaqirganini va notanish blogerga intervyu berganini, tanishlari bilan magistral yo‘lni to‘smoqchi bo‘lishayotganini aytganini bildirdi.

    Aytilishicha, onasi bilan telefon orqali gaplashgan o‘g‘il avtomashinasida voqea joyiga yetib borgan. Va u yerda onasi va qo‘shnilari yo‘lni to‘sib olganini, notanish bloger hodisani tasvirga tushirayotganini ko‘rib, fuqaro Q.K.ning qo‘lidan ushlaganini, shu paytda blogerning qo‘l telefoni singanini bayon qildi.

    Huquqbuzarlar sudda o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, qilmishidan pushaymonligini, bunday holat qaytib takrorlanmasligini bayon qilgan va qonuniy yengillik so‘ragan.

    Sud tadbirkor ayol M.I.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) bilan ayblab, unga 11 sutka ma’muriy qamoq hamda bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravari, ya’ni 14 million 700 ming so‘m jarima tayinlagan.

    Shuningdek, F.P., D.Ya. va M.Q. ham shu moddalar bilan ayblanib, F.D. va D.Ya. 10 sutka, M.Q. esa 8 sutka ma’muriy qamoq hamda 14 million 700 ming so‘m jarimaga tortilgan.

    D.S. esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi (bir nechta huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish)ga asosan 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan va undan qamoqda bo‘lgan vaqti uchun 294 ming so‘m xarajatlar undirilishi belgilangan.

    75 yoshli M.A.ga nisbatan ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) qo‘llanilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, ya’ni 735 ming so‘m jarima hamda 201-moddaning 1-qismi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) bilan mazkur kodeksning 33-moddasi (yengilroq jazo chorasining qo‘llanilishi) asosida bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida, ya’ni 4 million 900 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.

    Qo‘shimcha qilinishicha, telefoni singan bloger foydasiga tadbirkorning o‘g‘lidan 300 ming so‘m zarar undirilishi ham belgilangan. Va o‘g‘ilga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, qamoqda bo‘lgan vaqti uchun 551 ming 250 so‘m xarajatlar undirilishi qayd etilgan.

    Mavzuga doir: Chiroqchida elektr ta’minotidan norozi bo‘lib, “Afrosiyob” poyezdi yo‘lini to‘sganlarning 9 nafari 15 sutkaga qamaldi

    16.07.2021, 22:10   Izoh (0)   53923
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda harakat vaqtida telefonda gaplashgan avtobus haydovchisi ishdan olindi

    16.07.2021, 21:41

    AOKAning 38 yoshli bo‘lim boshlig‘i koronavirus oqibatida vafot etdi

    16.07.2021, 21:27

    “Samarqand va Buxoroni ko‘rishni yoshligimdan orzu qilardim”. Pokiston bosh vaziri Imron Xon Samarqandni ziyorat qildi

    16.07.2021, 20:26

    Toshkentda 20 yoshli ayol boshqaruvidagi Tracker urib ketishi oqibatida 56 yoshli piyoda voqea joyida vafot etdi

    16.07.2021, 20:11

    Buxoroda 40 yoshli erkak o‘zi bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan 39 yoshli ayolni rashk oqibatida o‘ldirdi

    16.07.2021, 19:25

    O‘zbekiston va dunyoning boshqa davlatlari aholisi o‘rtacha ish haqiga qancha benzin sotib olishi mumkin?

    16.07.2021, 19:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.