• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Yangi shtamm tufayli jarayon tezlashib ketdi”. Moskvadagi kovid-shifoxonaga aylantirilgan muz saroyidan reportaj

    “Krilatskoye” muz saroyining asosiy maydonchasi qatorasiga tizilgan yangi karavotlar va xromlangan jihozlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, u karavotlar orasida ko‘k yo‘lli oq xalat kiygan kishilar u yoqdan bu yoqqa yelib yuribdi, karavotlarda esa oddiy uy kiyimidagi odamlar yotibdi. Agar ushbu shifoxonaga yuqoridan, sport sharhlovchisi xonasidan razm solsangiz, uning nimasidir katta aeroportning kutish zalini eslatadi.

    Foto: Meduza / Aleksandr Utkin

    Shu payt og‘zimdan beixtiyor “*******” (hayrat ma’nosidagi ruscha so‘kinish) so‘zi chiqib ketadi. “Xijolat bo‘lmang, so‘kinish — bu yerda odatiy hol”, — deya shifoxona xodimi meni tinchlantirgan bo‘ladi.

    Sharhlovchilar xonasi ko‘p qavatli tribunadagi rang-barang plastik o‘rindiqli qatorlar — kovidgacha bo‘lgan davr osori-atiqalari ustida joylashgan. Arena uzra osib chiqilgan yoritgichlar, shiftga ilingan Rossiya bayroqlari va avvallari xokkey uchrashuvlari va qisqa masofaga yugurish musobaqalarining natijalarini ko‘rsatib turgan ulkan tablo ham o‘sha davrlardan esdalik bo‘lib qolgan.

    Tabloda “Xush kayfiyat tilaymiz!” degan yozuv ko‘rinadi. Yozuvdan tepada yashil rang ustiga sariq bilan chizilgan, tabassum qilayotgan quyosh aks etgan. Tushlik paytida tabloda “Yoqimli ishtaha!” yozuvi paydo bo‘ladi. Ba’zan xuddi shu tabloda kino ham qo‘yishadi.

    2009-yili bu yerda konkida yugurish ko‘pkurashi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tgan — o‘shanda eng yaxshi natijani yaponiyalik Keyitiro Nagashimo (34,91 soniya) va kanadalik Jenni Vulf (37,86 soniya) ko‘rsatgan.

    2020-yilning bahorida arena karavotlarni joylashtirish maqsadida sun’iy muzdan tozalandi. Shifokorlarning aytishicha, o‘shanda saroy direktori ko‘z yoshlarini bazo‘r tiyib turgan: har holda, arenani to‘liq muz bilan qoplab chiqish uchun 20 million rubldan ortiq pul sarflangan edi. Karavotlar nafaqat muz maydoni o‘rniga, balki tribunalarga ham o‘rnatib chiqilgan.

    “Krilatskoye” — koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun Moskva rasmiylari tomonidan qo‘shimcha ravishda ochilgan to‘rtta zaxira shifoxonalaridan biri. Qolgan uchtasi “Moskva” savdo markazi, “Sokolniki” ko‘rgazmalar markazi va XXYuK (Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi, VDNX)da joylashgan.

    Bu shifoxona 2020-yil mayida atigi 40 kun ichida, yo‘q joydan tashkil etilgan edi, ammo foydalanishga topshirilmagan edi: koronavirusning birinchi to‘lqini chekinib, zaxira shifoxonalariga ehtiyoj qolmagandi. Kuzga borib, shifoxona konservatsiyadan chiqarildi va dastlabki bemorlarini 5-oktabrda qabul qildi — shundan beri uzluksiz ishlab turibdi.

    “Krilatskoye” gospitali 1347 o‘ringa mo‘ljallangan, hozir ularning yarmi band. Iyun boshida kuchli o‘sish kuzatildi: kuniga ikki yuztalab bemor olib kelindi, ahvol shu darajaga yetdiki, tribunalardagi zaxira karavotlardan foydalanishga to‘g‘ri keldi; o‘shanda bor-yo‘g‘i 150 ta bo‘sh karavot qolgandi, deydi qabul bo‘limi mudiri Oleg Polozkov. Kelgusida nima bo‘ladi, bir nima deyish qiyin.

    Polozkov “Krilatskoye”da 2020-yil oktabridan beri ishlaydi.

    “Ishni endigina boshlagandik, besh kundan keyin qizim tug‘ildi. Ishdagi yugur-yugur sillamni quritgan, hech nimani payqamayman. Esimda, xotinim qo‘ng‘iroq qilib nimadir dedi, men esa himoya kiyimida hech narsani eshitmadim. Keyin tong soat oltida otam: ‘Xotiningni tug‘ruqxonaga olib ketyapman’, deb yozib qoldi. Men gangib qoldim: nima, qanaqasiga, vaqt keldimi halitdan?! Tanishlar telefon qilib, tabriklayapti, men bo‘lsa gap nima haqidaligini anglolmayman. Tunda chaqaloqni ko‘rgani bordim, deraza orqali ko‘rdim”.

    Qizga Kristina deb ism qo‘yishgan, hozir u sakkiz oylik.

    Polozkov rahbarlik qiladigan qabul bo‘limida bemorlarga uzoq masofaga parvoz qilayotgan yo‘lovchilarga beriladiganiga o‘xshash to‘plamlar topshiriladi: unda tish cho‘tkasi, pasta, uyqu niqobi bo‘ladi. Niqobsiz uxlab bo‘lmaydi — gospitalda palatalar yo‘q, karavotlar ofis tipidagi pastak, och jigarrang to‘siqlar bilan ajratib qo‘yilgan, xolos. Saroyga o‘rnatilgan stadion yoritgichlari esa faqat kunduzgi dam olish vaqti va tunda o‘chiriladi.

    “Kasallar ko‘p, kasallik zaptiga oldi”

    2010-yilda muz saroyida bendi (to‘pli xokkey) bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tgan — g‘oliblik o‘ninchi marotaba Shvetsiya termasiga nasib etgan. Xokkeychilar formasi saqlangan shkafchalar o‘rnidan jilmagan. Shifokorlar o‘sha shkafchalar oldidagi uzun o‘rindiqlarda uxlaydi.

    Menga himoya kostyumini kiyishda yordam berayotgan infeksionist Katyaning aytishicha, so‘nggi vaqtlardagi ish tartibi quyidagicha: olti soat “qizil zona”da ishlaysan (shifoxonada boshqa turdagi zonalar yo‘q), bir soat dam, yana olti soat ish, so‘ng olti soat dam.

    “Katya, saroyning biror yerida sportchilar qolganmi?”, — deb so‘rayman undan. “Biror-yarimtasi karavotda yotgan bo‘lmasa...”, — deb javob beradi u.

    Foto: Meduza / Aleksandr Utkin

    Foto: Meduza / Aleksandr Utkin

    Foto: Meduza / Aleksandr Utkin

    Foto: Meduza / Aleksandr Utkin

    Himoya kostyumini kiyib, shlyuz orqali tribunalar orasidagi yo‘lakka chiqaman. Uch daqiqadan so‘ng plastik ko‘zoynagim terlab, xiralashadi. Yana bir daqiqa o‘tgach, dimiqa boshlayman.

    Oleg Polozkov meni pardalar bilan ajratilgan karavot qatorlari orasidan yetaklab o‘tadi — karavotlar yoniga kislorod niqoblari ilingan.

    — Mana shunaqa g‘alati: biz himoya kiyimidamiz, atrofimizni esa oddiy shortik kiygan odamlar o‘rab olgan. Har tomoningdan xavf-xatar yopirilib kelayotganday.

    — Ha, xuddi, zombi haqidagi kinoga o‘xshaydi, lekin bu zombi ham, kino ham emas. Qara, ilgari bu yerda asosan 60 yoshdan katta bemorlar yotardi, hozir bu yoshdagi bemorlar deyarli qolmagan. Endi bu yerda 40 yoshdan kichiklar yotibdi, ehtimol, sal kattaroqlari ham bordir. Yangi hindcha shtamm tufayli jarayon qandaydir tezlashib ketdi — kasallar ko‘p, kasallik zaptiga oldi. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, deylik, bir odam keldi, kompyuter tomografiyasi (KT) uning o‘pkasidagi zararlanish u qadar katta emasligini ko‘rsatdi, ertasiga yana KT qilsang, ahvol birdan og‘irlashgan, — deya hikoya qiladi Polozkov.

    Qirq yoshli Eduard Ayrapetyan bir hafta avval kuchli isitma va o‘pkaning jiddiy zararlanishi tashxisi bilan gospitalga olib kelingan. Bir necha kun davomida u sun’iy nafas berish uskunasi (IVL)ga ulangan holda yotdi, hozir o‘zi nafas olyapti. Qo‘llari tatuirovkalarga to‘la, oyog‘iga tuya junidan qilingan choyshab tashlangan. “Butun oilamiz bilan kasallandik, — deydi Eduard. — Eng so‘nggi lahzagacha ham kasalim oddiy grippligiga ishonchim komil edi”.

    Tez yordam uni muz saroyiga olib kelgan payti u bu yerdan nima kutish mumkinligini bilmasdi, lekin hozir mazkur gospitalni “yaxshi ma’nodagi tibbiy konveyer” deb ataydi.

    — Eduard, bir narsani so‘ramoqchiman: bu yerda qanday yotibsiz? Karavotlar yonma-yon, shaxsiy ehtiyoj uchun joy tor.

    — Bilasizmi, meni bu yerga olib kelishganida ahvolim shu qadar rasvo ediki, shaxsiy ehtiyoj uchun joy haqida umuman o‘ylamaganman.

    Eduardning yotog‘idan qiyalab o‘tganda rassom Aleksandr Makarenkoning karavoti keladi. Uning yoshi 65 lar atrofida; bir o‘zi shahar tashqarisida yashagan, hech kim bilan muloqot qilmagan. Yuqori tana harorati bir hafta davomida tushmagach, kasal bo‘lganini tushunib yetgan. Shifoxonaga olib kelingan payti nafas ham ololmay qolgandi.

    — Tana harorati uzluksiz 39 daraja ostida. Isitmani tushirasan, o‘n daqiqadan so‘ng yana ko‘tariladi. Uxlab bo‘lmaydi, umuman, yashab ham bo‘lmay qolgandi.

    Bemorlar koronavirusga chalinganlar uchun mo‘ljallangan standart dori-darmon to‘plami bilan davolanadi. To‘plamdan o‘rin olgan deksametazon garmoni, antikoagulyant geparin, virusga qarshi favipiravir davolash bo‘limi mudiri Ashot Pogosyanning qo‘lidan o‘tadi.

    “Faripiravirning kovidga qarshi samaradorligi klinik sinovlarda isbotlanmagan-ku?”, — deyman. “Bilasizmi, agar klinik sinovlar natijasini kutganimizda, tobut yetkazolmay qolgan bo‘lardik”, — deb javob beradi shifokor.

    Men Pogosyandan har tomoni ochiq joyda ishlash shifokorlarga qulaymi deb so‘rayman; u menga ajablanib qaraydi: bo‘lmasam-chi, bemorni istagan tomoningdan kelib ko‘rishing mumkin, karavotlar esa barcha tibbiy postlardan ko‘rinib turadi.

    — Asli, yotish zerikarli emas. O‘zimning ham tobim qattiq qochdi, boshqa shifoxonada, ikki kishilik palatada yotdim. Sog‘aya boshlagan ham edimki, sherigimga javob berib yuborishdi, gaplashadigan odam qolmadi, — deya qayg‘uli hazil qiladi infeksionist Anar.

    Arenaning ochiq maydonida ahvoli o‘rtacha og‘ir bo‘lgan bemorlar yotadi. Ahvoli og‘ir bemorlar intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirilgan bo‘lib, bu bo‘lim umumiy maydondan ajratib qo‘yilgan va odatiy shifoxona palatalariga o‘xshab ketadi. Yonida ikkita KT uskunasi ham bor.

    Ayollar uchun mo‘ljallangan intensiv terapiya bo‘limida invaziv bo‘lmagan sun’iy nafas berish uskunasiga ulangan 50 nafar ayol yotibdi. Ularning og‘izlari ko‘zlarigacha kislorod niqoblari bilan berkitilgan, deyarli bari arang nafas olyapti. Karavotlar suyanchig‘iga bemorlarning ismi va yoshi qayd etilgan qog‘ozchalar yopishtirib qo‘yilgan: 44 yosh, 41 yosh, 35 yosh.

    — Endigina 20 yoshdan o‘tgan bir qiz ham bor edi, uyiga javob berdik, — deydi intensiv terapiya bo‘limi boshlig‘i Vladimir Danilov.

    — Sizlarda o‘lim hollari ko‘pmi?

    — Nima desam ekan? Har kuni sodir bo‘lmaydi. Hozir bemorlar soni ko‘paymoqda, demak, o‘lim ham shunga yarasha.

    “Krilatskoye”da koronavirusga qarshi emlangan olti bemor. Ularning hech biri reanimatsiyada emas.

    “Pandemiya ustidan g‘alaba qozonmagunimizgacha”

    “Birinchi zarbani ‘Kommunarka’ qabul qilgan edi, ikkinchi zarbani esa, shu jumladan, biz ham o‘zimizga qabul qildik. Pandemiyani yengmagunimizcha ushbu gospital ham yopilmaydi”, — deya izoh berdi 67-shahar klinik shifoxonasi bosh shifokori Andrey Shkoda. “Krilatskoye”dagi zaxira kasalxonasi 67-shifoxona bilan yonma-yon joylashgan bo‘lib, rasman uning tarkibiy bir qismi sanaladi. Shkodada vaqt oz, tashvish esa ko‘p.

    Andrey Shkoda, Moskvadagi 67-shahar klinik kasalxonasi bosh shifokori. “Krilatskoye”dagi kovid-shifoxona aynan Shkoda boshliq kasalxona tarkibiga kiradi.

    Andrey Shkoda, Moskvadagi 67-shahar klinik kasalxonasi bosh shifokori. “Krilatskoye”dagi kovid-shifoxona aynan Shkoda boshliq kasalxona tarkibiga kiradi.
    Foto: Meduza / Aleksandr Utkin

    Har kuni shifoxonadagi bemorlarning 15 foizigacha uyiga javob beriladi: “Pandemiya bizni tez ishlashga o‘rgatdi”, — deydi bosh shifokor. Bo‘shagan joylar zaxirada ushlab turiladi — o‘rniga yuzlab yangi bemorlar olib kelinmoqda.

    Shkoda qanday holatlarda uyga javob berilishini sanab o‘tadi: saturatsiyaning oshishi, qonning maqbul ko‘rsatkichlari. “Polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR)ni tekshiramiz, lekin uning natijasi hatto musbat chiqsa ham zarari yo‘q: bemor (uyiga javob berilganidan keyin) izolyatsiya qilinishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qiladi bosh vrach.

    — Muz saroyidagi shifoxonga olib kelingan bemor avvaliga qo‘rqib ketsa kerak.

    — Mana shu qo‘rquv va ishonchsizlikning oldini olish uchun psixologlar yordamga keladi. Ancha yordamlari tegyapti.

    2004-yil noyabrida shu muz saroyida tennis bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida jahon chempionati — “Federatsiya kubogi” o‘tkazilgan. Hozir esa saroyning ayollar cho‘milish xonasida ikki nafar yoshgina tozalik bekasi (sanitarka) jon kuydirib sochiq talashyapti.

    — Ikkita sochiqni nima qilasan?

    — Butun tun bir o‘zim ishlayman, mening ham cho‘milgim keladi.

    Kechroq, endi kiyinish xonasida, qizlardan biri boshiga xafsala bilan hijob o‘raydi. Boshqasi uxlash uchun niqob taqadi va ostida ko‘cha poyabzali turgan uzun o‘rindiqqa yotadi.

    Foto: Meduza / Aleksandr Utkin

    Biz “Krilatskoye”da 29-iyun, seshanba kuni bo‘ldik. Muz saroyi tablosida “Kavkaz asirasi” filmi ovozsiz namoyish qilinayotgandi.

    O‘sha kuni Moskvada 1725 kishi — muz saroyida tashkil etilgan zaxira shifoxonasi qamrovidan 400 kishiga ko‘proq — kasalxonalarga yotqizildi. Rossiya poytaxtidagi gospitallarda kovid uchun ajratilgan 24 ming o‘rindan 15 mingtasi allaqachon band qilib bo‘lingan.

    Mazkur reportaj “Meduza” nashri uchun uning maxsus muxbiri Svetlana Reyter tomonidan tayyorlangan. Reportaj Rafiq O‘zturk tomonidan o‘zbek tiliga o‘girildi.

    15.07.2021, 06:31   Izoh (0)   46327
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afg‘onistondagi vaziyatning kuchayishi fonida Rossiya harbiylari Tojikistonda o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi

    14.07.2021, 20:25

    Moskvadagi ommaviy mushtlashuv Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida yuz bergan. Ular Rossiyadan deportatsiya qilinadi

    14.07.2021, 19:27

    Buyuk Fransuz inqilobining boshlanishi. 14-iyul Bastiliya qulagan kun

    14.07.2021, 19:00

    “Tolibon”dan qochgan 80 ga yaqin afg‘onistonlik Tojikiston hududiga o‘tdi

    14.07.2021, 18:40

    OAV: Afg‘oniston hukumati vakillari Dohada “Tolibon” bilan muzokara o‘tkazadi

    14.07.2021, 18:09

    Delta-shtamm 111 ta mamlakatda aniqlandi, Rossiyada o‘smirlarni emlash sentabrda boshlanadi. Koronaxabarlar

    14.07.2021, 16:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.