• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hayratlanarli darajada chiroyli O‘zbekiston: dengiz sathidan 3 ming metr balandlikdagi Arashan ko‘llariga sayohat (foto va video)

    Namangan viloyatining Pop tumani hududida joylashgan Arashan ko‘llari O‘zbekistonning eng go‘zal, betakror va sirli maskanlari sirasiga kiradi. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev dengiz sathidan 3 ming metr balandlikda joylashgan ushbu ko‘llar tizimida bo‘lib qaytdi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Endi pishayotgan o‘rik, sim bilan o‘ralgan daraxtlar va yashin qaytargich

    Qamchiq dovonining qoq belida Ertosh deb nomlangan qishloq bor. Arashanga shu yerdan ketilar ekan. Qishloqqa burilishda qator “Niva” mashinalari va yo‘lovchilarga ko‘zimiz tushdi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Haydovchimiz Umidjon Sattorovning aytishicha, bu yerdan Arashangacha 60 kilometr chamasi masofa bor. Yo‘l toshloq yerlar, xavfli burilishlar va baland-pastliklardan iborat bo‘lgani sababli kamida 3 soatda bosib o‘tiladi.

    Umidjon Sattorov.

    Umidjon Sattorov.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Buning uchun odatda o‘z davrining yo‘ltanlamasi hisoblangan “Niva” mashinalari yollanadi, chunki boshqa avtomobillarning bu yo‘llarga yarashi qiyin. To‘g‘ri, istisnolar ham uchrab turadi, chunki manzilga yetib borganimizda hatto Tico va Spark mashinalarini ham ko‘rdik. Shuningdek, Captiva, Trailblazer va Toyota kabi shaxsiy avtomobillarida yo‘l olganlar ham kam emas.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Niva” mashinalarining Arashanga borib kelishi o‘rtacha 600-700 ming so‘mga baholanadi. Mashina saloni to‘la bo‘ladimi yoki bir kishi, ahamiyati yo‘q. Haydovchilar orasida mavsum payti har kuni shu yo‘lga qatnaydiganlari ham bor.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Arashanga boruvchilarni ikki toifaga bo‘lish mumkin. Birinchisi, mashhur qaynoq buloqqa tushib, davolanish istagidagilar.

    Ikkinchi toifa bu joylarning go‘zalligidan bahra olib, ko‘llarni ko‘rish ilinjidagi sayyohlar.Ular odatda shaxsiy mashinalari, chodirlari, sport anjomlari bilan kelishadi va kamida bir kecha qolishadi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Arashangacha bo‘lgan yo‘ldagi manzaralarning o‘zi ham ajabtovur.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Havo harorati past bo‘lgani sababli o‘riklar endi pishib yetilyapti. Ertosh qishlog‘ida dov-daraxtlarning aksari sim bilan o‘rab qo‘yilgan: bu yerlarda ko‘plab o‘tlab yuradigan mol-qo‘ylar shikast yetkazmasligi uchun shunday qilinar ekan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Yana yashin qaytargich ham e’tiborimizni tortdi. Ob-havo soat sayin o‘zgarib turadigan hududdagi eng kerakli qurilma.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Osmon to‘la yulduzlar, qani sening yulduzing?

    Manzilimizning birinchi bekati — Yoyiq yaylovlariga kechki payt yetib bordik. Bu yerda haydovchimizning mahalladoshi bo‘lgan cho‘pon Ilhomjonning chodiriga joylashdik.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Atrofda faqat shu kabi to‘rt-besh chodir, mol-qo‘y, ot-echki va itlar.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Elektr energiyasi yo‘q, dvijok yoki akkumulyator yordamida yorug‘lik beriladi. Chodirlarning yonida tandir va o‘choqlar o‘rnatilgan.

    Foto: “Daryo” / Shoxruh Kenjayev

    Yoyiq yaylovining tungi osmoni nihoyatda go‘zal ekan. Yulduzlar bunchalik g‘uj va qo‘l uzatsa yetgulik masofada bo‘lishi, Somon yo‘li esa yaqqol ko‘zga tashlanishini tasavvur qilish qiyin.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Charchaganimiz bois darrov uxlab qoldik, biroq hali tong otmay operatorimiz Jahongir Akramov bizni uyg‘otdi. Arashan ostonasida quyosh chiqishini birgalikda kutib olishni taklif qildi. Shunday qildik ham.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Qaytishimizga chodirda dasturxon yozilgan va qaymoq, sariyog‘, qatiq tortilgandi. Biz shu paytgacha qaymoq deb nimalarni yeb yurgan ekanmiz...

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Cho‘pon Adhamjon Yo‘ldoshevning aytishicha, shu atroflarda 500 nafar chamasi hamkasblari bor.

    Foto: “Daryo” / Shoxruh Kenjayev

    Har yili may oylaridan boshlab qo‘y-qo‘zilarni yaylovlarga haydab kelishadi. Har bir qo‘yni boqib berganlari uchun oyiga o‘rtacha 20 ming so‘m haq olishadi. Avgust oylarida yana qishloqqa qaytib ketishadi, chunki bu yerlarda qattiq sovuq boshlanadi, sentabrda hatto qor yog‘ishi ham mumkin.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Cho‘ponlarning ayollari qurut, sariyog‘ tayyorlab ham sotishadi, harna oilaga ko‘mak.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Cho‘pon Ilhomjonning o‘g‘li Diyorbek Xalilov shu yaylovlarda katta bo‘lgan. Pop tumanidagi 52-umumta’lim maktabida tahsil oladi.

    Diyorbek Xalilov.

    Diyorbek Xalilov.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Baholari chakki emas, matematika fani va futbol o‘ynashni yoqtirar ekan. “Manchester Yunayted” va “Qo‘qon-1912” jamoalariga muxlislik qiladi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “1000 ta qo‘y, 150 ta molga qaraymiz. Ba’zan u yoq-bu yoqlarga tentirab ketib qoladi bizni xavotirga qo‘yib. Xavotirlanishimizning sababi bo‘rilar ham bor, bo‘g‘izlab ketishi mumkin. Cho‘ponlik menga ota kasb, shu yaylovlarda katta bo‘lganman, lekin kelgusida o‘qituvchi bo‘lish niyatim bor. Chunki ustozlar bolalarga bilim va quvonch ulashadi”, — deydi Diyorbek.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Nonushtadan so‘ng Yoyiq yaylovlarida mazza qilib ot choptirdik. Oramizda endi ot mingan do‘stlarimiz ham bor edi, lekin ular ham tezda buning sir-asrorlarini o‘rganishdi. So‘ng “temir ot” — “Niva”da Arashanbuloqqa yo‘l oldik.

    “Arashanbuloqqa qo‘ltiqtayoqda kelib, oyog‘i bilan yurib ketganlar bor”

    Arashanbuloqqa ertalabki soat 8 bo‘lmay yetib borganimizga qaramay buloq atrofi chodirlar va odamlarga to‘la edi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Bizga shu hududning oqsoqoli deb tanishtirishgan Ernazar Mingboyevning aytishicha, bu yerdagi yer qa’ridan chiqadigan qaynoq ma’danli buloqda qishin-yozin 38 daraja harorat saqlanib turadi.

    Ernazar Mingboyev.

    Ernazar Mingboyev.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Buloq suvi 27 xil dardga davo. Asosan bo‘g‘in, oyoq, bosh og‘rig‘i, yurak siqilishi, oq tushishi, yara va toshmalarga davo istab kelishadi. Nosilka yoki qo‘ltiqtayoqda kelib, o‘z oyog‘i bilan yurib ketganlar bor. Joyning nomi ham ‘dardi arisin” degan ma’noda Arashan bo‘lsa ajab emas”, — deydi Ernazar ota.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Lug‘atlarni ko‘rganimizda bu so‘z sanskrit tilidan o‘zlashgani va “shifobaxsh qaynar buloq” ma’nosini anglatishi, bu atama nafaqat o‘zbeklar, balki boshqa turkiy tillarda ham ko‘p uchrashini bilib oldik.

    Arashanbuloq ikki qism — erkaklar va ayollar bo‘limlariga ajratilgan. Bo‘yi va eni 2 metr chamasi keladigan hovuzchaga bir kirganda 5-6 kishi tushishi mumkin, ortig‘i sig‘maydi ham. Buloqda o‘rtacha 15-20 daqiqa turish yetadi, oshig‘i ziyon yetkazishi mumkin deb hisoblanadi. Aslida bundan ko‘p muddatga navbatda turganlar ham imkon bermaydi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Buloq yaqinida tosh devor bilan o‘ralgan namozxonaga ham ko‘zimiz tushdi. Aytishlaricha, bu yerlarda qadimda Arashan bobo degan so‘fiy ham o‘tgan ekan, lekin bu qanchalik haqiqat ekani biz uchun qorong‘u.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Shuningdek, tepalikda chog‘roqqina qabriston ham bor. Vafot etgan cho‘ponlar va sayyohlar oldinlari shu yerga qo‘yilgan.

    Arashanning nomlari o‘zi kabi go‘zal ko‘llari

    Arashanda 4 ta ko‘l — Uzunko‘l, Chuqurko‘l, Oynakko‘l va Tulporko‘lga bordik.

    Foto: “Daryo” / Shoxruh Kenjayev

    Foto: “Daryo” / Shoxruh Kenjayev

    Tog‘lar ortida yana ikkita muzli ko‘l bor deb aytishdi, lekin u tomonlarga o‘tishga ko‘zimiz yetmadi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Ko‘llar xuddi nomlari kabi nihoyatda go‘zal, ularni ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Chuqurligi 12 metrdan 25 metrgacha.

    Foto: “Daryo” / Shoxruh Kenjayev

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Uzunko‘l atrofida dam oluvchilar ko‘p, qolganlarida esa yetib borish qiyin bo‘lgani sabab asosan sayyohlar va sportchilarni uchratish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Toshkentlik Natalya Troshina shundaylar sirasidan ekan. Turmush o‘rtog‘i va ikki farzandi bilan oilaviy sayyohat uyushtirishadi, shu paytgacha Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Gruziyada bo‘lishgan.

    Natalya Troshina.

    Natalya Troshina.
    Foto: “Daryo” / Shoxruh Kenjayev

    “Arashan ko‘llarini o‘zimiz uchun 2015-yilda kashf etdik. O‘shanda may oyida kelgandik. Yomg‘ir yoqqani uchun mashinamiz botib qolib, zo‘rg‘a chiqarib olganmiz. O‘shanda qaytib bu joylarga kelmaymiz deb achchiqlangandim. Lekin Arashanning tabiati va ob-havosini sevib qoldik. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, Toshkentda jazirama yoz, bu yerda esa kechki payt shapka, kurtka va krossovkada bo‘lmasangiz sovqotishingiz aniq. Odamlardan xoli, manzarasi betakror, osmoni fusunkor. Shu sabab har yili uch-to‘rt marotaba kelyapmiz”, — deydi Natalya.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Arashanga zamonaviy yo‘llar va sharoitlar zarur

    Arashan hududi Pop tumanidagi to‘rtinchi sektorga qaraydi. Sektor rahbari, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Bo‘tayevning aytishicha, hududda nafaqat ziyorat va tibbiy turizm, balki yaylov turizmi, ot turizmi, suv turizmi, qishki sport turlarini rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar bor.

    Jamshid Bo‘tayev.

    Jamshid Bo‘tayev.
    Foto: Furqat Ermatov

    Fikrimizcha, buning uchun termal suvlar ustida zamonaviy kabinalar barpo etish, buloq yaqinidagi ko‘l atrofida o‘tovlar qurib, kelgan ziyoratchilar uchun tabiiy sharoitda tunab qolish imkonini yaratish, yaylovda ot minish, qimiz, qatiq, cho‘pon nonlari sotuvini tashkil etish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Mashaqqatli tog‘ yo‘li Arashanbuloqqa investitsiyalar jalb etishdagi asosiy to‘siqlardan biri. Ilgarilari Pop temiryo‘l stansiyasidan bu yergacha tekis hududdan o‘tgan 30-35 kilometrlik yo‘l bo‘lgani, keyinchalik yo‘qolib ketgani aytiladi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Bu yo‘lni tiklab, zamonaviy ko‘rinishga keltirilsa, nafaqat Namangan, balki mamlakat turizmi uchun ham yangi bir yirik yo‘nalish kashf etilgan bo‘lar edi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Xullas, Arashandan shunday taassurotlar va mulohazalar bilan qaytdik. Qaytganimiz va shaharning jazirama, dim havosi bizni qarshi olgani zahoti bu ertaknamo manzillarni sog‘inishni boshladik...

    Mavzuga doir: Fotosayohat: Maftunkor Shovurko‘l, muzdek Ixnachko‘l va Bo‘stonliqdagi purviqor tog‘lar

    15.07.2021, 08:55   Izoh (0)   112201
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada 7 yil davomida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, qochib yurgan ota 15 sutkaga qamaldi

    15.07.2021, 08:39

    Olotdagi maktabning eski binosi buzilishidan ortgan qurilish materiallari OAV aralashuvi bilan egasiga qaytarildi

    15.07.2021, 08:24

    O‘zbekistonda so‘nggi bir yilda 2 mln so‘mdan ko‘p oylik oladiganlar soni ko‘paydi

    15.07.2021, 07:51

    Farg‘onada 50 sotix yerni 25 ming dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan MChJ boshlig‘i ushlandi

    15.07.2021, 07:07

    Andijonda koronavirusga chalingan bemorga tashxis qo‘yish uchun o‘tkaziladigan kompyuter tomografiyasi xarajatlarining yarmi mahalliy budjetdan to‘lanadigan bo‘ldi...

    15.07.2021, 06:47

    Farg‘onada rashk sabab xotini va uning akasini pichoqlab qo‘ygan erkak 18 yilga qamaldi

    15.07.2021, 06:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kongo DRdagi suv toshqinlarida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi

    Dunyo | 12 may, 11:38

    “Sumerki” yulduzi Teylor Lotner hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan band?

    Kino | 12 may, 11:24

    O‘zbekistonda 13-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 12 may, 11:15

    Pokiston va Hindiston chegarasidagi havo cheklovlari sabab Uzbekistan Airways parvozlarida majburiy o‘zgarishlar bo‘ladi

    O‘zbekiston | 12 may, 10:59

    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

    Reklama | 12 may, 10:30

    Qirg‘izistonda harbiylar tuyaqush holatida turishga majburlandi (video)

    Qirg‘iziston | 12 may, 09:47

    O‘zbekiston va Eron hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi

    O‘zbekiston | 12 may, 09:11

    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi

    Reklama | 12 may, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.