• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi saqlanib qoladi

    Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga 15—16-iyul kunlari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

    Foto: Namangan FVB

    Foto: Namangan FVB

    Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni Qirg‘iziston hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida Namangan viloyatining Kosonsoy tumaniga sel kelgandi. Hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi tan jarohati olgan.

    “O‘zgidromet” mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

    Ma’lum qilinishicha, 13-iyul kuni Qirg‘izistonning shimoli-g‘arbiy qismi va Qozog‘iston janubidan atmosfera sovuq fronti o‘tdi. Kunning ikkinchi yarmida front o‘tishi ortidan Farg‘ona vodiysi tog‘ havzalarida kuchli yomg‘irli to‘p-to‘p bulutlar rivojlandi.

    Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Oqsuv va Olabuqa tumanlarida mahalliy vaqt bilan 12:35 va 13:25 oralig‘ida kuchli jala yomg‘irlar yog‘ib o‘tgan. Kuchli jala yomg‘irlar Jalolobod viloyati Oqsuv tumani va Namangan viloyati Kosonsoy tumanidan oqib o‘tuvchi Kosonsoy soyida sel oqimini hosil qilgan.

    Namangan viloyati Kosonsoy tumani ayrim hududlarida qisqa muddatli jala yomg‘irlari va do‘l hodisasi kuzatilgan. Qo‘shimcha qilinishicha, o‘rtacha hisobda do‘l diametri 1 santimetrni tashkil etgan.

    “Kosonsoy tumani tog‘ oldi hudud hisoblanib, geografik joylashganligiga ko‘ra, sel toshqinlari hosil bo‘lishiga moyil hudud sanaladi. 13-iyul kuni qo‘shni Qirg‘iziston hududlarida kuzatilgan kuchli jala yomg‘irlar hisobiga shakllangan Kosonsoy soyidagi sel hodisalari oldinlari tumanning boshqa soylarida ham tez-tez takrorlangan”, — deyiladi xabarda.

    Qayd etilishicha, 13-iyul kuni Kosonsoy soyidan maksimal 60 m³/s miqdordagi sel-suv toshqini o‘tgan. Bu Kosonsoy soyi uchun maksimal miqdor emas. Kosonsoy soyida sel hodisalari 1878-yildan boshlab ro‘yxatga olib kelinadi. Soyda sel hodisalari, asosan, aprel—iyul oylarida hosil bo‘ladi. Kosonsoy soyida tez-tez sel hodisalari kuzatilgan bo‘lib, 1964-yil 27−28-iyul kunlari — sekundiga 278 kubometr, 1988-yil 10-mayda — sekundiga 200 kubometr, 1992-yil 25-mayda — 250 kubometrni tashkil etgan.

    “O‘zgidromet” aholini 14—17-iyul kunlari Qirg‘iziston bilan chegaradosh bo‘lgan hududlardagi dam olish maskanlariga bormaslikka chaqirgan.

    Bundan avval Namangan viloyati IIB ham do‘l va sel sabab aholini qator tumanlardagi dam olish maskanlariga vaqtincha bormay turishga chaqirgandi.

    Mavzuga doir: Namanganda yog‘gan do‘l va uning oqibatlari – suratlarda

    14.07.2021, 13:11   Izoh (0)   18461
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulaziz Komilov Dushanbeda Pokiston, Afg‘oniston va Hindiston tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi

    14.07.2021, 12:41

    Yakkabog‘lik blogerning konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzda gumon qilinishiga tuman hokimi o‘rinbosarining arizasi asos bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

    14.07.2021, 11:26

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 5,1 mln dozadan oshdi

    14.07.2021, 10:45

    Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida rossiyalik blogerni ko‘rish uchun yuzlab fuqarolar to‘plandi. Milliy gvardiya va IIB xodimlari olomonni tarqatib yubordi (video)...

    14.07.2021, 10:30

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 491 kishida koronavirus, 319 kishida pnevmoniya tasdiqlandi. Uch bemor vafot etdi

    14.07.2021, 10:14

    2008-yildan beri 12 nafar o‘zbekistonlik Buyuk Britaniyada “oltin viza” olgani ma’lum bo‘ldi

    14.07.2021, 09:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.