• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Bu ijro – ijro emas, balki – iltijodir”. Duduk sohibi Jivan Gasparyanni xotirlab

    Shu yilning 6-iyulida jahonga mashhur musiqachi, duduk ustasi Jivan Gasparyan 92 yoshida vafot etdi. “Daryo” sakson yildan ko‘proq umrini san’atga bag‘ishlagan, dunyo sahnalarini zabt etgan, millionlab muxlislarini topgan maestroning hayot yo‘li haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Qo‘lidagi mo‘jizakor duduk bilan qalblarga orom bag‘ishlaydigan, kishini turmush tashvishlaridan andak qutqarib, musiqiy kengliklarga uloqtiradigan, tirikligidayoq afsonaga aylangan Jivan Gasparyanni endi entikib, sog‘inib eslaymiz. U ijro etgan kuyni ilk eshitganimda o‘rnimda qotib, ichimga g‘ussa oqib kirgandi. Yo‘q, u odamni ezib-yanchadigan g‘am emas, aksincha, ichidagi g‘uborlarini ukpardek to‘zg‘itadigan mungli kuy edi. O‘rik daraxtidan yasalgan mitti, mo‘jaz duduk har qanday tinglovchini sukunatga cho‘mdirib, uzoq-uzoqlarga xayolan eltishini maestro Jivan isbotlab bergan edi. “Yosh paytim dudukni eski zamon asbobi sanardim” – degandi bir intervyusida musiqachi. “Chunki unda eng quyi tabaqa – etikdo‘zlar, hunarmandlar kuy chalardi-da! Eng qizig‘i, ular hozir men chaladigandek ijro etishmasdi – boshqacha edi. Dudukda gap ko‘p. Hatto, ajdodlarimiz bilmaydigan sirlari bor. Unda bir qancha kuyni: klassik, jaz, rok, yana eramizgacha ijro etilganlarini kuyladim”.

    1928-yilning 12-oktabrida armanlar yashaydigan kichkina Solak qishlog‘ida (Razdan shahridan uncha uzoq bo‘lmagan) tug‘ilgan mitti Jivan erta yoshdan yetimga aylanadi. Xasta onaning vafoti, otasining Ikkinchi jahon urushi janggohlariga jo‘natilishi sabab bolakay sag‘irlar uyida voyaga yetadi. Yillar o‘tib, esini tanirkan, 6 yoshida qo‘liga tushgan “nazar nogir” dudukda mustaqil kuy chala boshlaganini keksalik payti bolalariga so‘zlab beradi: “Nega aynan dudukni tanlaganimni bilmayman. Otamning eski ashulalarni maromida aytishini hisobga olmaganda, oilamizda musiqachilar bo‘lmagan. Ilk da’fa dudukning sehrli mungini eshitganimda, yog‘ochdan yasalgan asbob shunday ohang taratishi, chiroyli tembrga egaligi meni asir etgandi. Duduk – inson qalbi, uning tarixi, iltijosi, duosi. 99 marta yig‘lab, bir marta kuladi”.

    Foto: “TASS”

    Har bir soha, kasb qatori musiqada ham ustoz, yo‘l ko‘rsatuvchi muallim muhim. Ammo zamonning og‘irligi, jahon urushidan keyingi ocharchilik va qayta tiklanishning sermashaqqatligi kichkina Jivanni ham qisti-bastiga olib, ayamay sinardi. Unga maslahat berib, musiqiy qobiliyati bor-yo‘qligini aytadigan ustozning ko‘pi janggohlarda qolib ketgandi. Front ortidagilar esa faqat qora mehnat, bir burda non topib yeyish g‘amida yashardi. Hamma ham hayot va o‘lim orasida tirik qolishga urinardi. Dudukiga termulib, urinib-surinib yo‘l topishga intilarkan, Jivan ilk mashg‘ulotlarini yolg‘izlikda, pana-pastqamda boshlashga ahd qiladi. Avvaliga beo‘xshov, kalta-kulta kuylar yangrar, nota nimaligini bilmagan bolakay qay yo‘sin ijro etishni bilmay garangsir, keksayib qolgan musiqachilarning ijrosini tinglab-tinglab, ularga taqlid qilar, eshitgan kuyini tinmay takrorlayverib, sekin-asta yo‘nalish topardi. O‘rganganlarini o‘rtoqlari – bolalar uyidagi sag‘irlar qarshisida kuylab, chapak-maqtov olardi.

    Yigirmani to‘ldirganda milliy qo‘shiq va raqs ansambli a’zolari safiga qo‘shilib, Arman filarmoniya orkestrining yakka solisti sifatida ilk ijrosini taqdim etadi-yu, o‘sha zamonning “katta”lari nazariga tushadi. “1948-yil edi. Ansamblda kuylardim. Moskvada chaqirilgan qurultoyga keldik. Ansamblimiz sovrinli o‘rinni oldi va hamma g‘oliblar Politbyuro qarshisida so‘zlashga taklif etildi. Konsert Katta teatrda o‘tdi. Men yakka o‘zim kuyladim. Ijroyimni tinglab, Stalin “Pobeda” degan tilla soatni sovg‘a qildi. Xotirjam kuy chalardim-u, ijro tugashi bilan, bilmayman nega, sahna ortiga zuv qochardim. Esimda, Stalin lojada yastanib mundshtukidagi sigaretasini chekar, sahna bilan u o‘tirgan loja orasi bor-yo‘g‘i uch metrcha chiqardi. Soatni keyinchalik almashdim. O‘shanda puldan zoriqib yashardik. Men bilan to‘rt o‘rtoq soatni bo‘g‘irsoq bilan bir krujkadan pivoga almashgandik. Ocharchilik avji nuqtasiga yetgandi”.

    Arman xalq cholg‘ulari ansambli. 1944-yil (markazda 16 yoshli Jivan Gasparyan)

    Arman xalq cholg‘ulari ansambli. 1944-yil (markazda 16 yoshli Jivan Gasparyan)
    Foto: 24 SMI

    Yoshlik gastrollarga ulanib, umr soatlar yo‘llarga sochilgani sari Jivanning dovrug‘i, mahorati oshar, muxlislari soni ham ko‘payardi. 1957-yil musiqachi hayotini o‘zgartirdi: ilk marta xorijga, “Beryozka” ansambli bilan Amerikaga yo‘l olgan duduk sohibi keyinchalik bu yerdan qo‘nim topib, katta sahnalarni zabt etadi, nufuzli mukofotlarga loyiq topiladi. Hatto safarlardan birida kelib chiqishi arman bo‘lgan amerikalik yozuvchi Uilyam Saroyan Gasparyan ijrosini tinglab unga: “Bu ijro – ijro emas, balki – iltijodir”, deb lutf qiladi.

    Amerikaga ketish qarori birdan ro‘y bermaydi, albatta. Tug‘ilib-o‘sgan, qadrdonlari atrofida bahamjihat yashayotgan o‘lkani tashlab ketish har doim ham oson emas. Hammaga ham o‘z uyi – o‘lan to‘shagi qadrdon. Biroq sen bor kuch-g‘ayrating, iste’dodingni kimgadir bag‘ishlasang-u, qadrlanmasang, bundan yomoni yo‘q. “Ahvolimiz juda abgor edi”, – deb eslagandi Gasparyan bir suhbatda. “Bu yerda hech narsa qilolmasdim. Na svet, na gaz bor edi – hech narsa yo‘q. Kimdir o‘lsa, quvonardik, chunki ikki soat svet berilardi. Bunaqa sharoitda qanday yashash mumkin? Amerikaliklar meni “Rus xonadoni” filmida birga ishlashga taklif etishdi va shartta jo‘nadim. 40 kundan keyin grin-karta oldim”.

    Amerikadagi ijodiy parvoz Gasparyanga ulkan imkoniyat darvozalarini ochadi. 2000-yili dunyo kinoteatrlarini zabt etgan “Gladiator” filmidagi kuyi e’tirof etiladi. Bastakor Hans Simmer uning “g‘ussadan holi” kuyini eshitiboq birga ishlashni va “Gladiator”ga atab nimadir yaratishini so‘raydi. Jarayon haqida jurnalistlardan biri so‘raganda, bastakor: “Hansga improvizatsiya qilib berdim. Keyin ikki kun kuy yozdik va qay biri ketish-ketmasligini maslahatlashdik. Mening improvizatsiyam ketadigan bo‘ldi. Musiqamiz ‘Oltin globus’ga munosib topildi. Naq 45 daqiqa solistlik qildim. Demak, bu mukofot ‘meniki’ deyishga to‘la asos va haqqim bor”, – degandi.

    Bundan avval “Tarona” firmasi uchun 1983-yili yozib bergan ilk albomi – “Arman xalq kuylari” 1988-yildagi 25 ming insonni halok etgan dahshatli zilziladan keyin takror va takror eshitildi. Xalqning og‘ir kunida dudukdan taralgan ohang dardni salga aritgandek bo‘ldi. Albom 1989-yili “Bu olamda g‘amgin bo‘lmayman” nomi bilan qaytadan chiqarilib, olamshumul shuhratga erishdi. Mungga yo‘g‘rilgan kuy zilzila vayron etgan ko‘ngillarni qayta “tiriltir”di, mahzunlikni sal bo‘lsa-da aritdi, yashashga kuch berdi.

    Foto: Google Photos

    Amerikadan so‘ng Angliyadagi konsertlarga birin-ketin yog‘ilayotgan takliflarni bee’tibor qoldirmagan Gasparyan bu yerda naq besh yil qolib ketadi. Ingliz sahnalarida arman xalq kuylari, jahon musiqalarini ijro etib, millionlab muxlis olqishini oladi, orada “Musiqa san’atiga qo‘shgan hissasi uchun” nufuzli WOMEX (World Music Expo) mukofoti beriladi.

    Serj Tankyan, Andreas Vollenveyder, Layonel Richi, Piter Gebriyel, Hans Simmer, Brayan Mey, Boris Grebenshchikov kabi san’at ahli bilan umr bo‘yi hamkorlik qilib, filmlarda bahamjihat ishladi. 2015-yili Istanbulda turk gitarachisi Erkan Og‘ur bilan birga yozgan “Fuad” albomi musiqa istalgan jarohat-yarani tuzata olishi, ijodkor uchun keng maydon ekanini isbotlab beradi. Shu yillari Moskva bo‘ylab yakkaxon konsertlarida yonida hamisha nevarasi kichik Jivanni olib yurar, unga dudukning jamiki asrorini o‘rgatib, “faqat qalb bilan ijro etish”ni uqtirardi. Bugun bobosining izidan ketayotgan, duduk an’analarini davom ettirayotgan nabira maestroning ruhini shod etayotgan bo‘lsa, ajabmas.

    Arman konservatoriyasida 70 professional duduk ijrochilarini o‘qitgan, sahna san’atidan saboq bergan Gasparyan konsertlari butun dunyodan keladigan muxlislar, tinglovchilar bilan hamisha liq to‘lgan. “Fe’limda lirika ustun. Kamina mehribonlik, yaxshi so‘zlarni xush ko‘raman. Meni ranjitishlari va o‘zim ham birovni ranjitishni yoqtirmayman. Yashasang, sokin, osuda yasha. Ko‘p pulning keragi yo‘q menga. Siyosat bilan shug‘ullanmayman. Faqat musiqa”, deya hayotiy prinsiplarini izohlab bergan Jivan Gasparyanning nafaqat, musiqiy merosi, yana nomi ham abadiyatga muhrlandi.

    Charos Nizomiddinova

    13.07.2021, 08:44   Izoh (0)   16629
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” va “Botafogo” keyingi bosqichda. “Atletiko” turnir bilan xayrlashdi (video)

    Sport | 24 iyun, 07:44

    Buyuk Britaniya Arktikani “muzlatish” uchun 13,4 mln dollar ajratdi

    Dunyo | 24 iyun, 00:10

    Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qildi (video)

    Dunyo | 23 iyun, 23:49

    “Daryo” dayjesti: 23-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:36

    Tramp Eronga berilgan zarbalarni tanqid qilgan kongressmenni haydab chiqarishga chaqirdi

    Dunyo | 23 iyun, 23:30

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 23:20

    “Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” – Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.