Toshkent shahridagi 3-sonli tug‘ruq majmuasida koronavirusdan davolanayotgan 13 nafar homilador ayol farzandli bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, 3-sonli tug‘ruq majmuasining tibbiyot xodimlari ham koronavirusga chalingan homilador ayollarni davolashda qatnashmoqda. Muassasada homilador, tug‘ruqdagi va tug‘gan ayollarda koronavirus infeksiyasini tashxislash va ularni davolashda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida yagona tizim hamda uslubiy yondashuv joriy etilgan.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi 10 kun davomida bu yerda davolanayotgan 13 nafar ayol farzandli bo‘ldi. Ona va bolalarning ahvoli shifokorlar tomonidan doimiy nazorat ostida ekani aytilgan.
Mavzuga doir: Koronavirusga qarshi vaksina olishdan oldin va keyin qancha muddat homiladorlikdan saqlanish kerak? Mutaxassis javob berdi
Izoh (0)