Beshinchi avlod Kia Sportage modeli Janubiy Koreya bozorida ajiotajni keltirib chiqardi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, birinchi sutkaning o‘zidayoq model uchun 16 078 ta oldindan buyurtma kelib tushgan va bu ixcham krossoverlar segmentidagi yangi rekord hisoblanadi. Biroq Sportage ichki rekordni o‘rnata olmagan: o‘rta o‘lchamli Sorento uchun Janubiy Koreya bozorida bir sutkada 18 941 ta buyurtma kelib tushgan edi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Kia

Marka rahbariyatining ma’lum qilishicha, Sportage’ning bu kabi muvaffaqiyati uning muqobili yo‘q “innovatsion saloni” bilan izohlanmoqda. Salon “katta” Sorento uslubida jihozlangan bo‘lib, 12 dyuymli qurilmalar paneli, multimedia tizimi ekrani, shuningdek, richag o‘rniga “shayba” selektoriga ega bo‘lgan.

Kia o‘zining yangi Sportage 6 modelini iyulda taqdim etdi va buyurtmalar faqat mamlakat bozorida qabul qilina boshlandi. Startda krossover ikkita motorda taqdim etilmoqda: 180 ot kuchini (265 Nm) taqdim etishga qodir benzinda ishlaydigan 1,6 litr TGDI va 186 ot kuchili (416 Nm) 2,0 litrli dizel. Bundan tashqari, Kia gammaning gibrid dvigatel va ichki yonuv dvigatelining boshqa variantlari bilan boyishiga va’da bergan.

Ma’lumot uchun, 1993-yilda Sportage sotuvga chiqqanidan buyon butun dunyo bo‘ylab uning 6,1 milliondan ortiq nusxasi sotilgan.

Avvalroq Kia birinchi bor o‘zining yangi elektrokari tizerini namoyish etgani, kompaniya o‘zining logotipi va shiorini o‘zgartirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.