Nintendo kompaniyasi OLED-ekranga ega yangi Nintendo Switch modelini taqdim etdi, deb xabar beradi “Afisha.uz”.
Yangi konsol 720p sifatni qo‘llab-quvvatlovchi yetti dyuymli displey, yaxshilangan ovoz tizimi va 64 gigabayt ichki xotiraga ega bo‘lgan. Shuningdek, yangi model dok-stansiyasi LAN-porti va keng boshqariluvchi “podstavka” bilan jihozlangan. Kompaniyadagilarning ma’lum qilishicha, yangi konsolning avtonom ish vaqti to‘qqiz soatgacha yetadi.
Pristavka yangi oq va klassik qizil-ko‘k ranglarda sotuvga chiqadi. Yangi model AQShdan 8-oktabrdan 350 dollar qiymatida sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning iyunida Sony kompaniyasi yangi PlayStation 5’ni taqdim etgandi.
Izoh (0)