• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Vaksinaga ishonmayotganlar, emlangach koronavirusga chalinganlar, boshqa vaksinani kutayotganlar. O‘zbekistonliklar nima uchun emlanishni xohlamayapti?

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayonlari boshlanganiga uch oydan oshdi. Hukumatning dastlabki rejasiga ko‘ra, aprel—iyun oylarida xavf osti guruhiga (65 yoshdan oshgan keksalar, koronavirusning og‘ir shakli rivojlanishi mumkin bo‘lgan surunkali kasalligi borlar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, bog‘cha va huquq-tartibot organlari xodimlari) mansub to‘rt million aholi to‘liq emlab bo‘linishi kerak edi. Ammo uch oy ichida rejadagidan qariyb olti barobar kam odam to‘liq vaksina oldi. Bu O‘zbekiston aholisining deyarli ikki foiziga teng deganidir. Emlash jarayonlari sust ketishi ortidan Respublika maxsus komissiyasi bepul emlanuvchilar ro‘yxatini kengaytirib bordi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Hozirgi vaqtga kelib, 18 yoshdan katta bo‘lgan Toshkent shahri, Samarqand va Toshkent viloyati aholisini ixtiyoriy emlash belgilangan. Boshqa hududlar ham imkoniyatdan kelib chiqib, 18 yoshdan katta aholi qatlamini ixtiyoriy ravishda emlash belgilangan.

    Qolaversa, butun Respublika bo‘ylab, #Men_vaksina_oldim targ‘ibot aksiyasi boshlandi. Unda bir qator mansabdorlar, jumladan, hukumat vakillari ham faol qatnashmoqda. Hozirgacha bosh vazir o‘rinbosari Bekzod Musayev, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov vaksina bilan emlanganini ma’lum qilgan. Senat raisi Tanzila Norboyeva, Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov, tuman hokimlari va bir qator deputatlar ham vaksina oldi.

    Kollaj: “Daryo”

    Mavzuga doir: Foto: Emlangan o‘zbek amaldorlari

    Shuningdek, Yulduz Usmonova, Gulbahor Erqulova, Toir Qo‘ziyev, Yulduz Rajabova kabi taniqli san’at vakillari ham vaksina olish jarayonidagi suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylab, boshqalarni ham emlanishga chorlamoqda.

    Yulduz Usmonova, Toir Qo‘ziyev va Yulduz Rajabova.

    Yulduz Usmonova, Toir Qo‘ziyev va Yulduz Rajabova.
    Foto: @yulduzibragimovnausmonova / SSV / “O‘zbekiston 24”

    27-iyundan Toshkent shahridagi bozor va savdo markazlarida emlash punktlari tashkil etildi. Ularda nafaqat poytaxtliklar, balki boshqa viloyatliklar ham vaksina olishi mumkin. Bepul vaksina oluvchilar ro‘yxati kengaytirilgani, targ‘ibot ishlariga qaramay, O‘zbekiston bo‘yicha emlanganlar soni hozircha keskin ko‘paygani yo‘q.

    “Daryo” Telegram’dagi sahifasida O‘zbekistonda yashayotganlar uchun so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda 80 mingdan ortiq odam ishtirok etdi. “Koronavirusga qarshi vaksina oldingizmi?” deb berilgan savolga 24 foiz odam olganini, 20 foizi tez orada olmoqchiligini bildirgan. 14 foiz odam vaksinadan qo‘rqishini bildirgan bo‘lsa, bundan ikki barobar ko‘p respondent vaksinaning foydasiga ishonmasligini bildirgan.

    So‘rovnoma natijalari.

    So‘rovnoma natijalari.
    Skrin: “Daryo”

    Xo‘sh, nima uchun aksariyat o‘zbekistonliklar vaksinaga ishonmayapti? “Daryo” muxbirlari Toshkent shahrining turli nuqtalarida bo‘lib, o‘zbekistonliklarning nima uchun emlanmayotgani sabablari haqida so‘radi.

    “Vaksina olgandan keyin odam maksimum ikki yil yashaydi, deb eshityapman”

    Fotima Safarova.

    Fotima Safarova.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Fotima Safarova, 23 yosh: Vaksina olish niyatim yo‘q. Chunki ko‘plardan yomon gaplar eshityapman. Ko‘p tanishlarim emlanganidan keyin mazasi bo‘lmadi. Yotib qolganlari ham bo‘ldi.

    Bu organizmga ham bog‘liq. Kimnikidir ko‘taradi, kimnikidir yo‘q. Menimcha, vaksina qilishdan oldin o‘sha odamni yaxshilab tekshirish kerak. Keyin tahlil natijalariga qarab, vaksina qilishlari kerak. Duch kelgan odamni emlashlarini to‘g‘ri deb hisoblamayman. Mana, vaksina qilishayotganini ko‘ryapman, kelgan odamni 1-2 savol berib, emlab qo‘yishyapti. Axir u odam o‘zida nima kasallik borligini bilmasligi mumkin. Balki vaksina uning organizmiga to‘g‘ri kelmas.

    Oila a’zolarim ham olishmagan. Pandemiya boshlanganiga ikki yil bo‘layotgan bo‘lsa-da, hammalari sog‘-salomat. Virusga ham chalinmadik. Balki bilmay oyoqda o‘tkazgandirmiz.

    Yaqin tanishlarim, o‘rtoqlarim ham olgani yo‘q. Savdo markazida sotuvchilardan “Olasizlarmi?” deb so‘rashyapti. Yo‘q, deyishganidan keyin hech kim majburlanmayapti. Ko‘pchilik olmayotganiga qaraganda, majburiy qilib qo‘yishadimi, deb o‘ylayapman.

    Vaksinaga hech kim ishonmayapti. Vaksina olgandan keyin odam maksimum ikki yil yashaydi, deb eshityapman. Virus Xitoydan chiqib, vaksinayam o‘sha yerda ishlab chiqarilganidan keyin shubhali ko‘rinyapti. Ba’zilar “Sputnik V” ham bizga to‘g‘ri kelmaydi, deyapti.

    Bilasizmi, Telegram’dan koronavirus haqidagi xabarlarni umuman o‘qimayman. O‘tkazib yuboraman. Ko‘z oldimda emlash punkti ham bor. E’tibor bermayman. Chunki qancha o‘qib, ko‘rganingiz sari vahimasi ortib boraveradi. Vaksina olishdan qo‘rqayotganim yo‘q, lekin ishonmayman. Hammasi Allohdan.

    Javohir Rasulov.

    Javohir Rasulov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Javohir Rasulov, 22 yosh: Vaksina olmadim, to‘g‘risini aytsam, bunga ishonmayapman. Odamlar orasida har xil gaplar yuribdi. Ko‘pchilikda nojo‘ya ta’sirlari bo‘lganki, shuning uchun mish-mishlar tarqalyapti.

    Ammo olish niyatim bor. Chunki o‘zim odam gavjum joyda ishlayman. “Abu Saxiy” bozorida sotuvchiman. Xudo xohlasa, iyulning o‘rtalariga “Sputnik V” kelsa yoki poliklinikaga borib, to‘g‘ri kelganini olishni rejalashtiryapman.

    Barno Mamasoliyeva.

    Barno Mamasoliyeva.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Barno Mamasoliyeva, 18 yosh: Bizda ko‘pchilik ishonmayapti. Poliklinikadan chaqirishsa ham, olmaymiz, o‘zinglar olinglar, deb “otkaz” qilishyapti.

    Albatta, olish kerak, nazarimda. Axir vaksinalar bekorga ishlab chiqarilmagan-ku.

    Hozir qilinayotgan vaksinalarga hech kim ishonmayapti. Lekin men Pfizer vaksinasining kuchiga ishonaman. Agar O‘zbekistonga olib kelinsa, shu vaksinani olaman. Hozircha kutyapman. Agar men aytgan vaksinani olib kelishmasa, emlanganlarni kuzatib, salbiy ta’sir qilmasa, borini olaveraman.

    Ma’lumot uchun: AstraZeneca (CovieShield emas), Pfizer, Moderna yoki JSST tasdiqlagan boshqa vaksina avgust oyida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

    Akmal Alimjonov.

    Akmal Alimjonov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Akmal Alimjonov, 72 yosh: Vaksina olmadim. Olishimga hojat ham yo‘q, deb hisoblayman. Koronavirusga chalinmaganman. Doim uydaman. O‘zimni ehtiyot qilyapman. Hammaning hayoti o‘z qo‘lida-ku.

    Oila a’zolarim ham emlanmagan. Chunki ular ham uyda o‘tirishadi. Ko‘chaga chiqishmaydi. Kechki payt aylanib kelishmasa, boshqa paytda hamisha uyda. Yon atrofdan emlanayotgan odamlar haqida eshityapman. Lekin mening olish niyatim yo‘q.

    Sitora Saidova.

    Sitora Saidova.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Sitora Saidova, 22 yosh: Chet elda yashaydigan ko‘p o‘rtoqlarim vaksina olishdi. Hech qanday yomon ta’siri kuzatilgani yo‘q. Men vaksina olish kerak deb hisoblayman. Axir bekorga ishlab chiqarilmagan-ku. Yilning oxiriga qadar AstraZeneca, Pfizer yoki “Sputnik V” vaksinalari O‘zbekistonga kelsa, olmoqchiman.

    Ismini aytishni istamagan “Tansiqboyev” bozori sotuvchisi, 20 yosh: Vaksina olishni xohlamayman. Vaksina virus tarqatadi. Chunki u Xitoydan keladi. Olishdan qo‘rqdim. Oila a’zolarim Qashqadaryoda edi, ular emlanibdi. Lekin vaksina olish yaxshi emas.

    Odamlarning aytishicha, hozir vaksina olganda bilinmasligi mumkin, lekin qachondir mazasi bo‘lmasa, u o‘zining yomon ta’sirini ko‘rsatarkan. Shuning uchun olishni xohlamayman.

    Boburmirzo Daminov.

    Boburmirzo Daminov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Boburmirzo Daminov, 19 yosh (Boburmirzo vaksina olishga kelgan ikki do‘stini kutib turgandi): Vaksina olishni xohlamayman. Chunki hech qayerda vaksinaning koronavirusga qarshi yordam berishining isboti yo‘q. To‘g‘ri, tekin qilinyapti, lekin gap pulida ham emas. Shunchaki odam foydasi yoki zararini ko‘rmagan narsasiga qiziqmaydi, olishga xohishi ham bo‘lmaydi.

    Uydagilar ham umuman qiziqishmaydi. Emlanishni hatto xayoliga ham keltirmaydi. Instagram’da vaksinatsiya haqida ma’lumotlar o‘qib qolaman, lekin ochig‘i nima bo‘lyapti, qanday qilinyapti, umuman qiziqmayman.

    Aslida, vaksinadan qo‘rqayotganim ham yo‘q. Shunchaki qiziqmayman. Agar majburiy qilinsa, olaman.

    “Majburiy qilingan taqdirda ham, olmasam kerak”

    Madina Qayumova.

    Madina Qayumova.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Madina Qayumova, 36 yosh: Vaksina olmadim, olish niyatim ham yo‘q. Bilmadim, negadir qo‘rqyapman. Eshitishim bo‘yicha, vaksina ikki yil davomida odamlarga yomon ta’sir qilishi mumkin ekan.

    Yon atrofimda ham vaksina olganlarini eshitmadim. Ko‘p tanishlarim bilan gaplashsam, ular qo‘rqayotganini, emlanmasligini aytyapti. Lekin qaynonam va qaynotam emlanibdi. Yaqinda ko‘rgani borganimizda aytib qolishdi. Menimcha, yomon ta’sir qilgani yo‘q. Ikkinchi dozasini ham olishmoqchi ekan.

    Majburiy qilingan taqdirda ham, olmasam kerak, qo‘rqaman.

    Ismini oshkor etishni istamagan ayol, 27 yosh: Vaksina olishni istamayman, chunki ishonmayman. Sababi koronavirus bir kishidan ikkinchisiga yuqqanda shtammi o‘zgaradi. Ya’ni har bir inson organizmida u mutatsiyaga uchraydi. Hozirgi vaksinalar virusning bitta turi uchun, xolos. Barchasini yo‘q qilishiga kafolat yo‘q. Shuning uchun emlanishni xohlamayman.

    Azamat Mirsodiqov, 35 yosh: Mening opam ishxonasidan vaksina olganidan keyin kasal bo‘lib qoldi. Hozir Zangiotadagi shifoxonada yotibdi. Endi meni vaksinalarga ishonchim ham, olish niyatim ham yo‘q. Undan ko‘ra Alloh shifo bersin.

    Vaksina olgan odam ikki yildan keyin o‘ladimi?

    Odamlarning vaksina bo‘yicha xavotirlari qanchalik haqiqatga yaqin? Chindan ham vaksina salbiy ta’sir qilish mumkinmi? Agar fuqaro emlanganidan so‘ng sog‘lig‘i yomonlashsa, kimga murojaat qilishi kerak? Bu borada Innovatsion rivojlanish vazirligiga yo‘llangan savollarga Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining vaksinalar va immunoprofilaktika bo‘limi boshlig‘i Dilorom Tursunova javob berdi.
    Vaksina olgan odam uzog‘i ikki yilgacha yasharkan, degan mish-mishlar hech qanday ilmiy asosga ega emas. Agar vaksinaga nisbatan organizmda salbiy o‘zgarishlar kuzatilishi kerak bo‘lganda, bu holat 30 daqiqaning ichida o‘zini oshkor etishi kerak edi. Ikki yilda salbiy oqibatlar olib kelishi haqidagi gaplar hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

    Bugungi kunda vaksinalar bilan ommaviy emlanish jarayonida salbiy oqibatlarga olib kelgan yomon holatlar aholi orasida qayd etilgani yo‘q. Taxminan vaksina bilan emlangan aholining 1% da tana haroratining ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik kabi holatlar kuzatildi. Bu degani hech qanday nojo‘ya ta’sirga ega emas, desak ham bo‘ladi.

    Umuman, vaksinalarni yaratish jarayoni katta nazorat ostida tashkil etiladi. Avval u turli laboratoriya sinovlarida tekshiriladi. Barcha davlatlarda shu qatori O‘zbekiston ham Farmatsevtika agentligining vaksina sifatiga baho berganidan so‘ng ommaviy emlashga ruxsat etiladi.

    Oxirgi kunlarda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi koronavirusning ko‘p shtammlariga samarali ta’sir ko‘rsatishi kuzatuvlar davomida isbotlanmoqda.

    Vaksinadan so‘ng o‘zini yomon his qilgan fuqaro dastlab vaksina qabul qilgan oilaviy poliklinikadagi shifokorlarga murojaat qilishi mumkin.

    Shuningdek, koronavirusga qarshi qo‘llanilayotgan vaksinalardan nojo‘ya belgilar paydo bo‘lsa, barcha “tez tibbiy yordam” markazlari tomonidan zudlik bilan yordam ko‘rsatiladi. Biroq ming bor shukrki, aholi orasida vaksinaga nisbatan salbiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmadi.

    Dilorom Tursunova, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim boshlig‘i

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Vaksina olgandan keyin ham nega koronavirusga chalinish holatlari kuzatilmoqda?

    Klinik tadqiqotlar doirasida vaksinaning tegishli ravishda uchala dozasini qabul qilgan fuqaroda organizmdagi antitanachalar miqdori sezilarli darajada baland chiqayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Xitoy va o‘zbek olimlarining kuzatuvlari bunga asos bo‘ladi.

    To‘g‘ri, vaksinaning 1 va 2-dozalarini olgan fuqarolar orasida koronavirusni yuqtirish holatlari kuzatilmoqda. Biroq surishtiruvlarimiz jarayonida bunday fuqarolar kasallikni yengil tarzda o‘tkazganligini aytishmoqda.

    Ammo 3-dozasi bilan to‘g‘ri va o‘z vaqtida emlangan aholida antitanachalarning miqdori yuqori bo‘lishi evaziga yuqtirish xavfi kuzatilmaydi.

    Dilorom Tursunova, Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim boshlig‘i

    Vaksinalar uzoq muddatgacha COVID-19 dan himoya qila oladimi?

    Hozirda koronavirusga qarshi butun dunyoda qo‘llanilayotgan vaksinalardan hech biri COVID-19 dan 100 foiz himoya qilishi haqida kafolat bermagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ro‘yxatga olingan vaksinalarning foydalilik ko‘rsatkichi 90 foizdan yuqoriligi o‘tkazilgan sinovlarda tasdiqlangan. Isroilda 2021-yil yanvarida kuniga 10 ming atrofida koronavirusga chalinish holati qayd etilardi. Hozirda aholisining 60 foizini emlashga ulgurgan Isroilda kuniga 200—300 ta kasallanish holati kuzatilmoqda. Aholisining 60 foizga yaqinini to‘liq emlagan AQShda ham so‘nggi olti oyda kasallik yuqtirish 94 foizga pasaygan. Bu raqamlarning o‘ziyoq vaksinaning qay darajada foyda keltirayotganini ko‘rsatmoqda.

    Bundan tashqari, dunyoning bir qator yetakchi davlatlari rahbarlari ham koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi. Ular qatorida AQSh prezidenti Jo Bayden, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy rahbari Si Szinpin, Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, Saudiya podshohi Salmon ibn Abdulaziz As-Saud va boshqalarni keltirish mumkin. Ularning aksariyati jonli efirda emlanib, mamlakat fuqarolarini ham emlash jarayonlarida faol ishtirok etishga chaqirgandi. Vaksina chindan ham xavfli bo‘lganida davlat rahbarlari shu tarzda ish tutisharmidi? Albatta, yo‘q.

    Vaksina olayotgan Jo Bayden va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.

    Vaksina olayotgan Jo Bayden va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.
    Foto: AFP / Turkiya prezidenti matbuot xizmati

    O‘zbekistonda har bir bola tug‘ilganidan to 16 yoshiga qadar qizamiq, Gepatit A, B kabi turli xil yuqumli kasalliklarga qarshi 11 bor emlanadi. To‘g‘ri, emlangan bola endi kasalliklarni yuqtirmaydi degani emas. Inson umri davomida mazkur kasalliklarga chalinishi mumkin. Lekin emlanganlarda boshqalarga nisbatan kasallik yengilroq kechishi ko‘p bor isbotlangan.

    Olimlar ham koronavirus pandemiyasini yengishning yagona yo‘li ommaviy vaksinatsiya ekanligini takror-takror aytmoqda.

    Ammo biz mazkur maqola orqali vaksina olishga yoki aksincha ish tutishga targ‘ib qilmoqchi emasmiz. Shunchaki vaksina bo‘yicha faktlarni keltirib, uning atrofidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdik, xolos. Vaksina olish yoki olmaslik bo‘yicha tanlov o‘z ixtiyoringizda!

    Muallif: Xonzodabegim A’zamova Muharrir: Dilshod Sharipov 

    08.07.2021, 16:55   Izoh (0)   91970
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.