• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Gaiti prezidenti o‘ldirildi. Mamlakatda harbiy holat e’lon qilindi. Qotillikda gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

    Gaiti prezidenti Jovenel Moiz otib o‘ldirildi. 7-iyulga o‘tar kechasi mamlakat poytaxti Port-o-Prensdagi prezident qarorgohiga qurolli shaxslar hujum qilgan. Hujumda prezidentning rafiqasi Martin Moiz ham o‘q yeb yaralangan. Dastlab Martin kasalxonada vafot etgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi, ammo keyinchalik rasmiylar buni rad etdi. Uning ahvoli qanday ekani haqida xabar berilmagan, deb yozadi Meduza.

    Gaiti prezidentining rafiqasi olib kelingan kasalxonani qo‘riqlayotgan harbiylar

    Gaiti prezidentining rafiqasi olib kelingan kasalxonani qo‘riqlayotgan harbiylar
    Foto: AFP

    Dastlab hujumchilar qochib ketgan. Ularning maqsadi talonchilik bo‘lganmi yoki siyosiy qotillikmi, hozircha noma’lum. Mamlakat bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Klod Jozefning bayonotida jinoyatchilar faqat ispan va ingliz tillarida so‘zlashgani qayd etilgan — Gaitida ikkala tildan ham rasmiy til sifatida foydalanilmaydi.

    Gaitining AQShdagi elchisi Bokchit Edmond hujumchilar o‘zlarini AQShning Giyohvand moddalar bilan kurash boshqarmasi agentlari deb tanishtirgani haqida xabar berdi, ammo u bunga ishonmasligini ta’kidladi. AQSh davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays ham Moizning o‘ldirilishida amerikalik agentlarning aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.

    Qo‘shni Dominikan Respublikasi rasmiylari qotillar Gaitidagi giyohvand moddalar savdosi va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullanadigan nufuzli odamlarga aloqador to‘rt kolumbiyalik va uch venesuelaliklardan iborat guruh ekani haqidagi versiyani ilgari surdi. Dominikan Respublikasi qotillikda Gaitining yuqori martabali politsiyachisi ham ishtirok etganini istisno qilmadi, ta’kidlanishicha, u davlat rahbarining qarorgohidagi xavfsizlikni ataylab zaiflashtirgan.

    Keyinchalik Gaiti politsiyasi o‘ldirishda gumonlanuvchilarni hibsga olgani haqida xabar berdi.  Politsiya boshlig‘i to‘rt nafar gumondor yo‘q qilingani va yana ikki nafari hibsga olinganini ma’lum qildi. “To‘rt nafar yollanma qotil o‘ldirildi, ikki nafari bizning nazoratimizda. Ular garovga olgan uch politsiyachi ozod qilindi ”, — dedi politsiya boshlig‘i Leon Sharl.

    Gaiti hukumati mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Klod Jozef xalqni qiyin paytda birlashishga chaqirdi, shuningdek, armiya va hukumat mamlakatdagi vaziyatni nazorat qilib turishini ta’kidladi. Port-o-Prensdagi aeroportning yopilishi haqida rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, 7-iyul kuni ertalab xalqaro reyslarni qabul qilish to‘xtatildi. Gaiti bilan quruqlikdan chegaradosh bo‘lgan yagona davlat –  Dominikan Respublikasi shoshilinch tarzda chegarasi yopilishini e’lon qildi.

    Jovenel Moiz Gaitini 2016-yildan beri boshqarib kelardi. 2018-yilda Gaitida korrupsiya mojarosi boshlangan, natijada Moizga impichment uyushtirilib, uning iste’fosini talab qiladigan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan va 2019-yilga belgilangan parlament saylovlari to‘xtatilgan.

    Mamlakat deyarli parlamentsiz qoldi va yangi qonunchilik tashabbuslari prezident farmonlari sifatida rasmiylashtirildi. Buning fonda Moiz o‘z vakolatlarini kengaytirib, konstitutsiyani isloh qilishga urindi. Muxolifat bunga javoban uni hokimiyatni zo‘rlik bilan egallashga urinishda aybladi. COVID-19 pandemiyasi boshlangani sababli konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilmay qoldi.

    Fevral oyida Gaitida inqiroz avj oldi. Muxolifat Moizning besh yillik prezidentlik muddati tugagan deb da’vo qildi va muddatni 2016-yil 7-fevraldan— Moiz mamlakatni prezident vazifasini bajaruvchi sifatida boshqarishni boshlaganidan hisobladi. Moizning o‘zi ushbu muddatni u rasmiy ravishda qasamyod qabul qilgan kun 2017-yil 7-fevraldan deb hisoblab kelardi. Muxolifat fikri bo‘yicha uning muddati tugagan kuni Moiz davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olinganini e’lon qildi. Bir necha o‘nlab odamlar hibsga olindi.

    Gaiti Karib havzasidagi eng qashshoq mamlakat bo‘lib, aholisining 60 foizdan ortig‘i qashshoqlik yoqasida yashaydi. Mamlakatda o‘nlab yillardan buyon siyosiy beqarorlik davom etmoqda. 1986-yilda diktator Jan-Klod Dyuval rejimi ag‘darilganidan beri mamlakatda bir necha bor harbiy to‘ntarishlar va tartibsizliklar yuz berdi; 2004-yildan 2019-yilgacha BMT tinchlikparvar kuchlari mamlakatda bo‘lib turgan. 2010-yilda Gaitida sodir bo‘lgan kuchli zilzila 222 ming kishini (mamlakat aholisining 2 foizini) halok qildi, ko‘plab hududlar vayron bo‘ldi, bu esa mamlakatning og‘ir iqtisodiy ahvolini yanada yomonlashtirdi.

    So‘nggi oylarda Gaitidagi qashshoqlik va siyosiy beqarorlik fonida Port-o-Prens va mamlakatning boshqa yirik shaharlarini nazorat qiluvchi va talon-taroj qilish bilan shug‘ullanuvchi isyonkor va jinoiy guruhlarning pozitsiyalari tobora mustahkamlanib bormoqda. Ikki hafta oldin eng yirik to‘qqizta guruhdan iborat koalitsiya Gaitining siyosiy va ishbilarmon elitalariga qarshi “inqilob” boshlanganini e’lon qildi.

    Mavzuga doir: Chad davlatining 30 yillik prezidenti isyonchilar bilan jangda halok bo‘ldi. Shundan keyin harbiylar mamlakat chegaralarini yopib qo‘ydi

    08.07.2021, 18:08   Izoh (0)   36150
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya Estoniya konsulini persona non grata deb e’lon qildi. Estoniya bunga javoban rossiyalik diplomatni chiqarib yubormoqchi

    08.07.2021, 16:25

    Dunyoda koronavirusga uchinchi marta chalinish holatlari qayd etilmoqda

    08.07.2021, 15:11

    Afg‘onistonda 14 ta tuman “Tolibon” jangarilaridan ozod qilindi

    08.07.2021, 14:25

    Tojikistonda issiq havo tufayli aholidan zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik so‘raldi

    08.07.2021, 13:42

    Tojikiston Afg‘oniston bilan chegaraga qo‘shimcha qo‘shinlarni yuboradi

    08.07.2021, 12:56

    Dubay portidagi kemalardan birida portlash sodir bo‘ldi

    08.07.2021, 11:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada yangi tug‘ilgan chaqaloq hidiga o‘xshash atir yaratildi

    Ilm-fan | 14 avgust, 17:30

    Xalqaro sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish bo‘yicha ko‘rsatma berilmagan — vazirlik

    O‘zbekiston | 14 avgust, 17:17

    Peru sobiq prezidenti hibsga olindi

    Dunyo | 14 avgust, 17:15

    “Uenzdey” seriali mualliflari Addamslar oilasi haqida multfilm ishlab chiqaradi

    Kino | 14 avgust, 16:55

    Shavkat Mirziyoyev Fransiya elchisini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 16:47

    Tramp Putinga tinchlik uchun tabiiy boyliklarni taklif etmoqchi — The Telegraph

    Dunyo | 14 avgust, 16:40

    UEFA Superkubogi bahsi oldidan G‘azodagi urushga qarshi banner namoyish etildi (foto)

    Sport | 14 avgust, 16:35

    Qirg‘iziston 3,5 tonna pistani O‘zbekistonga qaytarib yubordi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 16:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.