• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Prezident Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Prezident Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat 2020-yilning 26-dekabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 29-may kuni Senat tomonidan ma’qullangan edi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Gazeta.uz”ning ta’kidlashicha, qonunni qabul qilish zarurati 2018-yilning yanvar oyida tashkil etilgan O‘zbekiston Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati faoliyati davlat rahbarining yopiq qarorlari bilan tartibga solingani, ochiq tarzdagi normativ-huquqiy hujjatlar mavjud emasligi bilan asoslandi.

    Qonun 8 bob, 49 moddadan iborat bo‘lib, PDXXning asosiy vazifalari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va prinsiplari, huquq va majburiyatlari, qo‘riqlanadigan shaxslar va obyektlar, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar, sovuq o‘qotar qurollarni qo‘llash shartlari va boshqalarni qamrab olgan.

    Hujjatga muvofiq, PDXXga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi. PDXX bevosita Prezidentga bo‘ysunadi va unga hisobdor. Uning faoliyati ustidan nazorat bosh prokuror va unga bo‘ysunadigan prokurorlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. PDXX harbiy xizmatchilarining qonuniy talablari fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy.

    PDXX tomonidan qo‘riqlanadigan shaxslar quyidagilardan iborat:

    • Prezident saylovi natijalari MSK tomonidan rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran O‘zbekiston Prezidenti va uning oila a’zolari;
    • Sobiq prezident va uning butun hayoti davomida oila a’zolari;
    • Yangi saylangan prezident lavozimiga kirishguniga qadar prezident vazifalarini va vakolatlarini bajaruvchi shaxs;
    • O‘zbekiston hududida bo‘lgan vaqtda chet davlatlarning, hukumatlarning, parlamentlarning, xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, chet davlatlarning boshqa siyosiy va jamoat arboblari, shuningdek, ularga hamrohlik qilayotgan oila a’zolari.
    PDXX huquqlari qatoridan tezkor qidiruv hamda kontrrazvedka faoliyatini olib borish, tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish, gumondor, huquqbuzarlik sodir etayotgan yoki sodir etgan shaxslarni ushlab turish, qo‘riqlanadigan shaxslar turgan obyektlar, harakatlanish yo‘nalishlari va ularga tutash hududlar ustida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni taqiqlash, navigatsiya signallariga to‘siq qo‘yish, shuningdek, mazkur apparatlarga shikast yetkazish yoki ularni yo‘q qilish kabilar o‘rin olgan.

    PDXX majburiyatlari qatoriga qo‘riqlanadigan shaxslar va obyektlar xavfsizligini ta’minlashdan tashqari, terrorizmga qarshi kurashish, qo‘riqlanadigan shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatiga tahdidlarning (tajovuzlarning) oldini olish hamda choralar ko‘rish yuzasidan monitoringni amalga oshirish kiradi.

    PDXX harbiy xizmatchilari jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar, sovuq va o‘qotar qurollarni qo‘llash huquqiga ega.

    Eslatib o‘tamiz, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati 2018-yil fevral oyida tashkil etilgan. 2019-yil avgustida Davlat xavfsizlik xizmatining prezident, uning oila a’zolari, shuningdek, xorijiy davlatlar rahbarlarini O‘zbekistonga tashriflari chog‘ida himoya qilish bo‘yicha vakolatlari PDXXga o‘tkazildi.

    Mavzuga doir: 

    • Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr bildirdi
    • Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan Afg‘onistonning shimoliy hududlaridagi vaziyatni muhokama qildi

    06.07.2021, 22:24   Izoh (0)   70524
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda nima uchun kuchaytirilgan karantin joriy etilmayotganiga izoh berildi

    06.07.2021, 21:43

    O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi 2022-yil 1-yanvardan joriy etiladi

    06.07.2021, 21:31

    O‘zbekistonda endi korrupsionerlar “qora ro‘yxati”ga tushgan shaxslar qator huquqlardan mahrum etiladi

    06.07.2021, 21:19

    Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkirni qabul qildi

    06.07.2021, 21:07

    Toshkent metropoliteni xodimlari oyligini oshirish rejalashtirilmoqda

    06.07.2021, 20:42

    Qamchiq dovonida Nexia yonib ketdi. Mashinadagi 5 kishi chiqib olishga ulgurgan

    06.07.2021, 20:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlarini xavfsiz joyga ko‘chirdi — The Telegraph

    Dunyo | 18 avgust, 00:05

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.