• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentliklar to‘satdan ikki kun koronavirusni yengolmadi, lekin bu chikora — har kuni o‘rtacha 100 kishida COVID-19 aniqlansa-da, 30-iyun kuni poytaxtda 300 nafar ham bemor yo‘q edi

    O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni kuzatish imkonini beruvchi yagona rasmiy manba — Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuritilayotgan rasmiy statistika. Vazirlik har tong soat 10:00 atrofida e’lon qiladigan namunaviy hisobotda hududlar kesimida bir kun avvalgi kasallanish va sog‘ayish ko‘rsatkichlari, shuningdek, o‘limiga rasman koronavirus sababchi deb topilgan marhumlar soni berib boriladi. Aynan shu hisobotni muntazam kuzatish asnosida u yoki bu hududdagi koronavirus bilan bog‘liq ahvol yana yomonlashgani yoki va nihoyat yaxshilangani haqida xulosa chiqarish mumkin. Albatta, bu hisobot mukammal emas (shu bois xulosalar xato chiqishi ehtimoli juda katta), yetkazadigan axboroti ko‘lami jihatidan vazirlikning shu yo‘nalishdagi bir yil avvalgi hisobotlaridan qashshoqroq.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Masalan, SSV 2020-yil 21-sentabriga qadar koronavirusdan vafot etgan O‘zbekistondagi bemorlarning hech yo‘g‘i qaysi hududdan ekanini ochiqlardi — shugina ma’lumot, deylik, ayni damda Toshkent shahrida va Samarqand viloyatida aynan qancha bemor davolanayotganini bilish imkonini berardi. Shundan beri O‘zbekistonda koronavirusning rasmiy qurbonlari soni 309 nafarga ko‘payib, (2021-yil 3-iyul holatiga ko‘ra) 747 kishiga yetdi. Lekin bu 309 marhum qaysi hududdan — buni faqat SSVdagi (va uning hududiy bo‘linmalaridagi) mutassaddilar, SSVdagi (va uning hududiy bo‘linmalaridagi) mutassaddilardan axborot oluvchi katta va kichik amaldorlar (xususan, hududlardagi mulozimlar) va Xudo biladi.

    Ammo bugungi mavzu boshqa (mabodo sizga baribir shu — koronavirus qurbonlari mavzusi qiziq bo‘lsa, u holda 2020-yilda O‘zbekistonda 20 mingga yaqin “ortiqcha o‘lim” qayd etilgani haqidagi axborotni o‘qishni tavsiya qilamiz).

    3-4 kunda sog‘aya turib, so‘ng tuzalmay qo‘ygan toshkentliklar

    “Daryo” Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilib kelayotgan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga doir rasmiy statistik raqamlarni tahlil qildi (tahririyat pandemiya bilan bog‘liq vaziyat bir qadar sokin bo‘lgan 2021-yilning yanvar—mart oylarida bu mavzudan uzoqlashgan edi, biroq so‘nggi haftalarda kasallanish ko‘rsatkichlari jiddiy o‘sgani, shu vaj bilan yangi cheklovlar va tartiblar joriy etilayotgani bois “Daryo” uchun bu mavzu yana dolzarb ko‘rinish oldi). Tahlil uchun iyun oyi to‘liq va iyulning dastlabki uch kuni tanlab olindi. Mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida emas (negaligini yuqorida ta’kidladik), ko‘proq koronavirusning rasmiy statistikasi haqida muayyan xulosalar chiqarish uchun, nazarimizda, shu 33 kunlik ma’lumotlar yetarli.

    Izoh: O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan bemorlarning qaysi hududdan ekani so‘nggi bor 2020-yil 21-sentabrda ochiq ma’lum qilingan. Bu vaqtgacha SSV tomonidan 438 kishining o‘limi koronavirus sababli yuz bergani rasman tan olingan edi. Ushbu o‘lim holatlarining 305 tasi yoki 69,63 foizi Toshkent shahrida qayd etilgan. 2020-yil 22-sentabrdan to 2021-yil 3-iyulgacha yana 309 kishi (jami 747 kishi)ning o‘limi koronavirus qurbonlarining rasmiy ro‘yxatiga qo‘shilgan — ularning aynan qaysi hududdan ekani jamoatchilikka noma’lum.

    Qurbonlarning qaysi hududdan ekaniga doir aniq ma’lumotlar mavjud emasligi bois, “Daryo” joriy kichik tahlilda 2020-yil 22-sentabridan 2021-yil 3-iyuligacha bo‘lgan oraliqda qayd etilgan o‘lim holatlarini (jami 309 holat) umumiy bemorlar soniga qo‘shib hisobladi. Ta’kidlash joiz, agar Toshkent shahrining koronavirus qurbonlari rasmiy ro‘yxatidagi ulushi hali ham o‘tgan yil sentabridagi kabi 70 foiz atrofida bo‘lsa, u holda 747 marhumning taxminan 520 nafari (yoki keyingi davrdagi qurbonlarning taxminan 215 nafari) Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan bo‘lardi.

    Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimovning so‘zlariga ko‘ra, “hozirgi vaqtda kovid-kasalxonalarda davolash ishlari o‘rtacha 13 kundan 10 kungacha qisqargan”. Demak, kovid-kasalxonalarga yotqizilayotgan bemorlarga o‘rtacha 8—10 kun atrofida davo choralari ko‘rilmoqda. Ayni vaqtda, hali biror manbada O‘zbekiston koronavirusga chalingan bemorlarni 4—5 kunda davolab, reabilitatsiyaga chiqarib yuborish amaliyotini joriy etgani haqida aytilgani yo‘q. Shu sababli ham Toshkentga doir rasmiy raqamlar e’tiborga molik.

    SSV statistikasiga ko‘ra, Toshkent shahrida 26-iyun kuni 119 kishida, 27-iyun kuni 103 kishida, 28-iyun kuni 115 kishida, 29-iyun kuni 89 kishida va 30-iyun kuni 101 kishida — besh kun ichida jami 527 kishida koronavirus aniqlangan. Bu 527 kishi — yangi, amaldagi amaliyot bo‘yicha o‘rtacha 10 kun davolanishi kerak bo‘lgan bemorlardir. Biroq 30-iyun kuni Toshkent shahrida rasman 285 nafar bemor bor edi. Bu raqam ichida keyingi davrdagi 309 qurbonning bir (ehtimol, sezilarli darajada katta) qismi ham borligini inobatga olsak, bemorlar soni yanada kamroq bo‘lib chiqadi.

    Toshkentda ahvol og‘irlashgani, Zangiotadagi maxsus klinikalar yuklamaga bardosh berolmay qolayotgani sabab kovid-markazlar qayta ochilishi haqida (keyinroq to‘la tasdiqlangan) mish-mishlar tarqalgan 1-iyul kuni poytaxtdagi bemorlar soni 304 nafargacha ko‘paygan (30-iyundagidan 19 nafarga ko‘proq — bu raqam ichida ham qurbonlar bor, faqat ularning soni noma’lum). Agar davolash jarayoni, poytaxt bosh shifokori va boshqa rasmiylar ta’kidlaganidek, hali ham 10 kuncha davom etayotgan bo‘lsa, bu sanaga kelib bemorlar soni (26-iyundan avvalgi kunlarni hisobga olmaganda) kamida 620 nafar atrofida bo‘lishi mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi.

    Shunga o‘xshash holat 2020-yili Toshkent viloyatida kuzatilgan edi: Toshkent viloyatida koronavirus bemorlari rasmiy statistika bo‘yicha 2-3 kunda sog‘aymoqda. Bu yo mo‘jiza, yoki yolg‘on

    Yana bir muhim jihat — pandemiya boshidan desak balki yolg‘on bo‘lar (uzr, pandemiya boshigacha bo‘lgan ahvolni hisoblab chiqishga ulgurmadik), biroq 2021-yil boshidan beri Xudo bergan har kuni COVID-19 bemorlari aniqlanayotgan shaharda har kuni bemorlar sog‘ayishi tabiiy bir hol. Ammo, kutilmaganda, so‘nggi ikki kunda toshkentlik bemorlar sog‘aymay qo‘ydi — SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2-iyul kuni ham, 3-iyul kuni ham avvalroq poytaxtda ro‘yxatga olingan bemorlarning birortasi sog‘aymagan. Shu bois 2-iyul kuni shahardagi bemorlar soni 421 nafarga (qurbonlar bilan birga), 3-iyul kuni 526 nafarga (qurbonlar bilan birga) yetgan. “10 kun davolanish” amaliyoti bo‘yicha esa bemorlar soni (26-iyundan boshlab hisoblaganda) 2-iyul kuni 743 nafarga, 3-iyul kuni 848 nafarga yetishi kerak edi.

    Iyun oyidagi jami davolanayotgan bemorlar soni SSV hisobotlarida ko‘rsatilgan raqamlardan ikki jihatga ko‘ra farq qiladi — 9-iyun kuni Jizzax va Toshkent viloyatlarida sog‘aygani e’lon qilingan jami 44 kishi keyinchalik SSV hisobotidan tushib qolgan (“Daryo”ning iyun oyi jadvalida esa ular bor), shuningdek, 2020-yil 21-sentabridan keyingi o‘lim holatlari (438 ta)dan boshqa barcha o‘limlar, ular qaysi hududda qayd etilgani noma’lumligi bois, bemorlar umumiy soniga qo‘shib yuborilgan (iyul oyi raqamlarida faqat shu jihat saqlanib qolgan, iyunda yo‘qolgan 44 sog‘ odam iyul oyi raqamlarida yo‘q). Aslida davolanishdagi bemorlarning kunlik soni jadvalda ko‘rsatilganidan kamroq ekani aniq.

    Iyun oyidagi jami davolanayotgan bemorlar soni SSV hisobotlarida ko‘rsatilgan raqamlardan ikki jihatga ko‘ra farq qiladi — 9-iyun kuni Jizzax va Toshkent viloyatlarida sog‘aygani e’lon qilingan jami 44 kishi keyinchalik SSV hisobotidan tushib qolgan (“Daryo”ning iyun oyi jadvalida esa ular bor), shuningdek, 2020-yil 21-sentabridan keyingi o‘lim holatlari (438 ta)dan boshqa barcha o‘limlar, ular qaysi hududda qayd etilgani noma’lumligi bois, bemorlar umumiy soniga qo‘shib yuborilgan (iyul oyi raqamlarida faqat shu jihat saqlanib qolgan, iyunda yo‘qolgan 44 sog‘ odam iyul oyi raqamlarida yo‘q). Aslida davolanishdagi bemorlarning kunlik soni jadvalda ko‘rsatilganidan kamroq ekani aniq.
    Jadvalni katta hajmda ko‘rish uchun rasm ustiga bosing.

    Darvoqe, SSV iyul oyidan boshlab koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning umumiy sonini ko‘rsatishni to‘xtatdi. Ne sababdan — noma’lum. SSVning o‘rniga biz oson aytishimiz mumkin — O‘zbekistonda 1-iyul kuni 2897 kishi, 2-iyul kuni 2981 kishi, 3-iyul kuni 3086 kishi rasman koronavirusdan davolanayotgan edi. Darhaqiqat, buni aniqlash ko‘p ham qiyin emas, bu, SSV matbuot xizmati ta’biri bilan aytganda, “oddiy matematika”. Ammo ularning qanchasi og‘ir va yana qanchasi o‘ta og‘ir ahvolda — endi, bu ma’lumot kimlarga ayon ekanligini bilish uchun materialning kirish qismiga o‘ting.

    Rasmiylarning xatti-harakatlari, gap-so‘zlaridan xulosa qilsang, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq eng dahshatli vaziyat Toshkentda — hokim “koronavirus qaytib keldi” deyapti, labbay deya yordamga kelib, kovid-markazlarni ochib tashlagan harbiy xizmatchilarga qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib tinmay rahmat aytyapti, Ortiqxo‘jayevga hisobot berayotgan harbiy mas’ullar esa: “Hozirgina, yarim tunda ishga tushdik, ertalabgacha 150 bemor kelishi kutilayotgani”ni ta’kidlayapti. Ammo, bir kun avval ko‘rsatib o‘tilganidek, rasmiy statistikaga qarab bunchalik xavotirga tushmaysan kishi — SSV hisobotlari bo‘yicha poytaxtdagi koronavaziyat ikki oy avvalgisidan ancha yaxshi, O‘zbekistonning qolgan nuqtalaridagi vaziyat (masalan, Surxondaryo) bilan taqqoslaganda-ku “yam-yashil zona”.

    Mavzuga doir: Toshkentda kovid-markazlar qayta ochilmoqda, ammo statistika bo‘yicha poytaxtdagi vaziyat ikki oy avvalgidan ko‘ra yaxshi. Eng og‘ir vaziyat Surxondaryoda, Samarqand esa ilk bor 2-o‘rinda

    Yo‘qolgan 44

    SSVning kunlik hisobotlari asosida shakllantirilgan ma’lumotlarni xuddi shu hisobotlardagi rasmiy statistik jadvallar bilan qiyoslash vaqtida tasodifan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlaridagi yana bir xatolik yuzaga chiqdi (vazirlikning 8-iyungi hisobotida Farg‘ona viloyatidagi sog‘ayganlarga doir raqam bittaga kamayib qolib, ertangi hisobotda tuzatib ketilganini hisobga olmasa).

    Sog‘liqni saqlash vazirligining 9-iyundagi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 191 kishi, xususan, Jizzax viloyatida 14 kishi, Toshkent viloyatida esa 34 kishi koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan. Biroq Jizzax viloyatiga doir sonlar SSVning jadvaliga kirmay qolgan — viloyatning sog‘ayganlar ko‘rsatkichi 8-iyunda 1153 bo‘lganicha 12-iyungacha shu ko‘rinishda qotgan, Toshkent viloyatiga doir sondan esa faqat “4” raqami jadvaldan joy ololgan, xolos — jami 44 sog‘ odam qayergadir yo‘qolgan.

    Hisobot bo‘yicha Jizzax va Toshkent viloyatining sog‘ayish ko‘rsatkichlari 9-iyun kuni mos ravishda 14 va 34 taga o‘zgarishi kerak edi, biroq Jizzaxda hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan, Toshkent viloyatining ko‘rsatkichi esa faqat 4 taga o‘zgargan.

    Hisobot bo‘yicha Jizzax va Toshkent viloyatining sog‘ayish ko‘rsatkichlari 9-iyun kuni mos ravishda 14 va 34 taga o‘zgarishi kerak edi, biroq Jizzaxda hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan, Toshkent viloyatining ko‘rsatkichi esa faqat 4 taga o‘zgargan.
    Jadvallar: Telegram / @ssvuz; Illyustratsiya: “Daryo”

    Hisobotda “sog‘ayganlar jami 98 592 (+191) nafarga yetdi” deyilgan, biroq 8-iyun yakunlariga ko‘ra sog‘ayganlar soni rasman 98 445 nafarga yetgani inobatga olinsa, 9-iyun kuni sog‘ayganlar soni 191 nafarga emas, balki 147 nafarga ko‘paygan bo‘lardi. Qayd etish joiz, hisobot mas’ullari “191 kishi sog‘aydi” degani bilan, 9-iyun holatiga ko‘ra kasalxonalarda davolanayotgan bemorlar sonini jadvaldagi raqamlar asosida hisoblab, 3311 nafar deb chiqargan (aslida, agar haqiqatan ham 191 kishi sog‘aygan bo‘lsa, bemorlar soni 3267 nafarni tashkil etgan bo‘lardi).

    Xullas, Jizzax viloyatida 9-iyun kuni sog‘aygan 14 kishi va Toshkent viloyatida tuzalgan 30 kishi SSV hisobotida bor, lekin SSV jadvalida yo‘q, shu bois SSVning hozirgi hisobotlarida ham yo‘q va, ochig‘ini aytganda, bu muammoga aylangani ham yo‘q (biz o‘zimiz tuzgan jadvaldagi yakuniy raqam SSV jadvalidagi oy yakunlari bo‘yicha sondan nega 44 taga farq qilayotganini tushunmay ancha bosh qotirdik, xolos). Shu 44 kishi rostdan ham sog‘ayganmidi, ular o‘zi rostdan bormidi — bu endi boshqa muammo, balki, bu ham muammo emasdir; Nurmat Otabekovning so‘zlarini biroz o‘zgartirib aytganda, “44 kishi sog‘aydimi-yo‘qmi, statistika uchun bu jiddiy ob-havo yaratmaydi”, shunday emasmi?

    05.07.2021, 09:03   Izoh (0)   84805
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gulistonda yo‘ldan o‘tayotgan 55 yoshli ayol yuk poyezdi urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi

    04.07.2021, 23:17

    Buxoro ko‘chalari bo‘ylab otliq patrul xizmati yo‘lga qo‘yildi

    04.07.2021, 22:58

    Toshkentda bir kunda karantin qoidalariga rioya etmagan va tibbiy niqob taqmagan 964 kishi jarimaga tortildi

    04.07.2021, 21:36

    “Shaharni tozalashim uchun menga hech qanday lavozim kerak emas”. SanJay hashar ishlarini Ko‘kcha masjidi oldidan boshladi

    04.07.2021, 21:15

    Andijonda tekshiruvlar uchun o‘qituvchilardan 100 dollardan yig‘gan maktab direktori ishdan olinadigan bo‘ldi

    04.07.2021, 20:35

    O‘zbekiston hukumati anomal jaziramaga tayyorgarlik ko‘rmoqda

    04.07.2021, 18:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    American University of Technology (AUT) Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tolibon” fuqarolarning internetdagi faoliyatini nazorat qiladi

    Afg'oniston | 12 may, 15:15

    Ronaldu “An-Nassr”dan ketishi mumkin

    Sport | 12 may, 15:15

    Mubashshir Ahmad Istanbulda qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 12 may, 15:08

    Tinch okeanida 55 kun qolib ketgan 5 nafar baliqchi qutqarildi

    Dunyo | 12 may, 14:45

    Hande Erchelning unashtiruv marosimi, Kerem Bursinning orzusidagi roli va tergov qilinayotgan Feyza Jivilek: turk seriallari yangiliklari

    Kino | 12 may, 14:40

    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida

    Reklama | 12 may, 13:30

    Toshkentda bir oilani 150 ming dollar evaziga AQSHga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 14:25

    Erling Holand “Real” va “Barselona” o‘rtasida tanlov qildi — manba

    Sport | 12 may, 14:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.