O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5-iyul kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Xalqaro kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Davlat rahbarlari mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikning bugungi rivojlanish sur’atini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Prezidentlar Afg‘onistonning shimoliy hududlaridagi ahvol yomonlashishi munosabati bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatning rivojiga alohida to‘xtalib o‘tdilar. O‘zbekiston va Rossiyaning vakolatli idora va tashkilotlari o‘rtasidagi muntazam muloqotlar va yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Bundan avval Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Afg‘oniston chegaraoldi hududlaridagi vaziyatning rivojlanishini muhokama qilgani, Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr bildirgani hamda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afg‘onistondagi keskinlikning kuchayishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilgani haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)