• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Sirli o‘lim topgan jahon yulduzlari (foto)

    Kino va musiqa sanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, ammo bevaqt o‘limi taajjublarga sabab bo‘lgan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Natali Vud

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Aktrisa 1981-yil noyabrda Kaliforniya sohilida yaxtada sayr qilish uchun otlangan. Bortda, shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i Robert Vagner, oilaviy do‘stlari Kristofer Uoken va kapitan Dennis Devern ham bo‘lgan. Ammo shunga qaramay, ulardan uch kishi tirik qaytgan. Bir necha kun o‘tib suvdan Natalining tanasi topilgan. Robert, Kristofer va Dennis Natalining o‘limida aloqador emasligini isbotlashga uringan. Ular aktrisa kechasi uyquga yotgani, ertasi kuni esa joyida bo‘lmaganini ta’kidlagan. Suvga g‘arq bo‘lish o‘limga sabab qilib ko‘rsatilgan va ish yopilgan. Ammo 30 yil o‘tib hammasi boshqacha bo‘lgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Kapitan DennisDevern “Alvido, Natali, alvido, Splendour” nomli memuarida 1981-yil advokatlarning bosimi sabab Robertni versiyasini ma’qullagani, ayrim muhim jihatlarni yashirganini ma’lum qilgan. U shuningdek, aktrisani yo‘q bo‘lib qolishidan avval eri bilan tortishganini ko‘rgani, Robert unga o‘ldirish bilan tahdid qilganini qo‘shimcha qilgan. Ish qayta ochilgan va aktrisa o‘limining boisi “tasodifan suvga g‘arq bo‘lishdan”, “suvga g‘arq bo‘lish va boshqa sabablar”ga o‘zgartirilgan. 2018-yilda yaxtadagi holatni ko‘rgan boshqa guvohlar ham paydo bo‘lgani ma’lum qilingan. Shunga qaramay, Robert Vagnerni qamoqqa olish uchun yetarli dalil to‘planmagan.

    Maykl Jekson

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Dunyo bo‘ylab konsert berishga tayyorgarlik ko‘rayotgan “pop qiroli” 2009-yil 25-iyunda vafot etgan. Tergovda Jeksonning o‘limiga uyqu dorilarini haddan ortiq qabul qilish sabab bo‘lgan degan xulosaga kelingan. Oqibatda dori vositalarini qabul qilishni noto‘g‘ri sxemasini buyurgan davolovchi shifokor qamoqqa olingan. Shunga qaramay, qo‘shiqchining muxlislari kredit bilan bog‘liq qarzlaridan qochish (2009-yilda uning qarzlari 400 million dollarni tashkil qilgan) va omma nazaridan charchagani sabab Maykl o‘z o‘limini sahnalashtirgan deb hisoblagan. Ayrimlar hatto Jeksonni turli mamlakatlarda tirik, sog‘ va baxtli ko‘rganini ta’kidlagan.

    Brittani Merfi

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    2009-yilning mashhur aktrisasi “Sakkizinchi mil”, “Kaltafahmlar” singari filmlarda suratga tushgan Brittanining 32 yoshida vafot etgani muxlislar uchun kutilmagan bo‘lgan. Sud tibbiy ekspertizasi aktrisaning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan deb xulosa qilgan. Mazkur versiyaga ko‘pchilik, xususan, Brittanining otasi ham ishonmagan. U alohida laboratoriyada tekshirtirganida qizining sochidan og‘ir, toksik metallar bo‘lgani aniqlangan. Ushbu g‘alati dalil otaning qizini o‘ldirilgan deb gumon qilishiga sabab bo‘lgan. Yarim yil o‘tib aktrisaning 40 yashar turmush o‘rtog‘i ham vafot etgan. Shundan keyin Merfining otasi qizi va kuyovining o‘limida Amerika maxsus xizmatining qo‘li borligini ma’lum qilgan. Gap shundaki, Merfining korrupsiyada ayblangan sobiq amaldorni qo‘llab-quvvatlagani ayrimlarga yoqmagan. Uyini tun-u kun qo‘riqlatish va kuzatuv kameralaridan foydalangani Brittanining hayotini saqlab qololmagan. Uning o‘limi bilan bog‘liq ish allaqachon yopilganiga qaramay, aslida nima bo‘lgani bilan bog‘liq taxminlar hali hamon tugaganicha yo‘q.

    Kurt Kobeyn

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Nirvana guruhining 27 yashar solisti 1994-yil aprelda o‘z uyida o‘lik holda topilgan. O‘lik tana oldida qoldirilgan xat, uni o‘z joniga qasd qilgan deb xulosa qilishga sabab bo‘lgan. Ammo qog‘ozdan xonandaning qo‘l izlari topilmagani va tekshiruv jarayonida organizmidan juda ham katta miqdorda narkotik topilgani shubhalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Muxlislar uning o‘limiga rafiqasi Kortni Lavni aybdor deb bilgan. Juftlikning so‘nggi vaqtlarda munosabatlari yaxshi bo‘lmagan, agar Kurt ajrashish uchun ariza bersa Kortnini bir chaqasiz qolishi aniq bo‘lgan. Shundan kelib chiqib ayrimlar Lav erining davlatiga egalik qilish uchun uni o‘ldirgan deb hisoblagan. Ammo tabiiyki Kortni bu ayblovlarni tan olmagan.

    Merilin Monro

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Merilin Monro 1962-yil 5-avgustda o‘z uyida o‘lik holda topilgan. Xonasidan medikamentlarning son-sanoqsiz o‘rami topilgani tufayli uning o‘limiga barbituratlardan zaharlanish sabab bo‘lgan degan xulosaga kelingan. Shunga qaramay, uning vafoti bilan bog‘liq turli taxminlar paydo bo‘la boshlagan. Ayrimlar Jon Kennedi bilan munosabatlari ommaga ovoza ma’lum bo‘lmasligi uchun maxsus xizmat uni tinchitishga qaror qilgan deb hisoblasa, boshqalar uni o‘ldirishga sobiq sevgilisi, jinoyat olamida tanishlari ko‘p bo‘lgan Frenk Sanatra buyurtma bergan deb o‘ylagan. 2015-yilda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq ofitseri Norman Xojes, aktrisani boshlig‘i Jimmi Xeyvort buyrug‘iga asosan o‘ldirganini tan olgan. Shuningdek, Jim hammasi o‘z joniga suiqasddek ko‘rinishi kerakligini aytgani, buni barini Amerika uchun qilgani, Monro kommunistlarga strategik ma’lumotni yetkazishi mumkin bo‘lganini ta’kidlagan. Uning so‘zlari qanchalik rost yoki yolg‘onligi mavhumligicha qolgan, u va uning boshlig‘i ham hayotdan ko‘z yumgan.

    Telma Todd

    Foto: Marie Claire

    Foto: Marie Claire

    Aktrisaning tanasi 1935-yil 15-dekabrda o‘z mashinasida o‘lik holda topilgan. Tekshirishlarga asoslanib Telma is gazidan vafot etgan degan xulosaga kelingan. Ammo jurnalistlar boshqa versiyalarga ham e’tibor qaratgan. Ta’kidlanishicha, aktrisaga tegishli deb hisoblanadigan “Thelma Todd’s Sidewalk Café”si Gollivudni nazorat qiladigan mafiozlarga tegishli bo‘lgan. Ammo prodyuser Roland Uestni yaxshi ko‘rib qolgan aktrisa boshqaruvni unga bergan va bu haqida boshliqlarni ogohlantirmagan. Keyinchalik aktrisaga 10 000 dollar berishini so‘rab tahdidlar kela boshlagan. Ammo aktrisa bunga e’tibor bermagan. Boshqa bir versiyada u o‘limidan avval “Trocadero” restoraniga borgani, o‘limidan keyin oshqozonidan topilgan yashil no‘xat va dukkakli taomlar restoran menyusida bo‘lmagani ta’kidlangan. Ushbu ziyofatdagi mehmonlarga Telma bir necha soatdan keyin qandaydir kishi bilan ko‘rishishi kerakligini aytgan. Ammo jurnalistlar ushbu noma’lum shaxs kimligi, aktrisaning fojiali taqdirida qanday rol o‘ynaganini aniqlashga muvaffaq bo‘lmagan.

    Mavzuga doir:

    • Merilin Monro, Sheron Teyt va taqdiri fojiali yakun topgan XX asrning boshqa yulduzlari
    • So‘nggi bir necha soat: Maykl Jekson, malika Diana va boshqa mashhurlar o‘limidan oldin nimalar bilan mashg‘ul bo‘lgan?
    • O‘z o‘limini sahnalashtirganlikda gumon qilingan mashhurlar
    • Koko Shanel, Mauritsio Guchchi. Moda olamining qismati fojiali yakun topgan vakillari (foto)

    03.07.2021, 13:55   Izoh (0)   46748
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: AQShda restoran ochgan o‘zbek aktyori, ota bo‘lgan Sanjar Xoliqov, kafedan quvilgan Munisa Rizayeva

    02.07.2021, 22:24

    Instagram: Krossover sotib olgan Insta-bloger, kasal bo‘lib qolgan Aziz Rametov, shou-biznesdagi dugonalar qanday hordiq chiqaradi?

    01.07.2021, 22:22

    Merilin Monro, Madonna va to‘ylarga mehmon sifatida tashrif buyurgan boshqa yulduzlar (foto)

    01.07.2021, 17:55

    Sud Britni Spirsning o‘z otasini vasiylikdan ozod etish borasidagi so‘rovini rad etdi — OAV

    01.07.2021, 16:41

    Instagram: Yulduz Usmonovaning eri qimmatbaho mashina xarid qildi, Diyora Usmonova Toshkentda butik ochdi, Madina Mumtoz xonadonida xursandchilik

    30.06.2021, 22:24

    Koronavirus sabab komaga tushgan rossiyalik xonanda Maksimda yana bir og‘ir kasallik aniqlandi

    30.06.2021, 11:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    HAMAS Isroil qo‘shinlarini olib chiqib ketish evaziga G‘azodagi jangchilarini chiqarishga tayyor — Al Arabiya

    Dunyo | 14 avgust, 18:30

    Sudanda vabo epidemiyasi: bir haftada 40 kishi vafot etdi

    Dunyo | 14 avgust, 18:10

    Abbosbek Fayzullayevning “Bashakshehir”dagi debyuti nega kechikayotgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 14 avgust, 18:05

    Pokiston Hindiston tahdidiga javoban raketa qo‘shinlari tuzadi

    Dunyo | 14 avgust, 18:00

    “Uch qahramon” bozoridagi yong‘inda 74 mlrd so‘m zarar ko‘rilgan. Vayron bo‘lgan hududda metro quriladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 17:45

    Yaponiyada yangi tug‘ilgan chaqaloq hidiga o‘xshash atir yaratildi

    Ilm-fan | 14 avgust, 17:30

    Xalqaro sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish bo‘yicha ko‘rsatma berilmagan — vazirlik

    O‘zbekiston | 14 avgust, 17:17

    Peru sobiq prezidenti hibsga olindi

    Dunyo | 14 avgust, 17:15

    “Uenzdey” seriali mualliflari Addamslar oilasi haqida multfilm ishlab chiqaradi

    Kino | 14 avgust, 16:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.