“O‘zgidromet”ning xabar berishicha, 3—5-iyulda mamlakat hududlari bo‘yicha havo harorati kunduz kunlari 39-41 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 42-44 darajagacha bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi.
6—8-iyulda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 5-8 darajaga yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 41-43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa 44-46 darajagacha isiydi.
Izoh (0)