So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

    01.07.2021, 07:17 50358

    O‘zbekiston qonunchiligida 2021-yil 1-iyuldan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Quyida mamlakatda kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlar taqdim etildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Pensiya va nafaqalar oshiriladi

    Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy etiladi. Bunda, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda 256 ming 675 so‘mdan 400 ming so‘mga oshiriladi.

    Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori 565 000 so‘mga yetkaziladi.

    Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori 315 030 so‘mdan 400 000 so‘mga yetkaziladi.

    Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi:

    • oluvchilarning har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etiladi;
    • oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori 256 675 so‘mdan 400 000 so‘mga oshiriladi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi;
    • nafaqa oluvchi oilalarning barcha a’zolarini qamrab olish maqsadida ularning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori 400 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 150 000 so‘mdan qo‘shilishi belgilandi.
    Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa oyiga 513 350 so‘mdan 565 000 so‘mga oshiriladi.

    Fuqarolarga STIR berish bekor qilinadi

    Davlat organlari, tashkilotlar va muassasalar tomonidan aholidan soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi (STIR olganlik) to‘g‘risidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi. Ishga qabul qilish jarayonida jismoniy shaxslarning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligini soliq organidan mustaqil ravishda yoki “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olish lozim.

    Ko‘p kvartirali uy-joylarda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga subsidiya ajratiladi

    Mamlakatdagi ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish usuli shirkatlardan boshqaruvchi tashkilotlarga o‘tgan uy-joylar uchun jalb qilingan kreditlarning muddatini mahalliy hokimliklar kafilligi asosida uch yilgacha uzaytirish choralari ko‘riladi. Shuningdek, har bir ko‘p kvartirali uy-joy uchun majburiy badallarning yoki to‘lovlarning alohida hisobi yuritilishi shart.

    Bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga davlat tomonidan imtiyozlar beriladi

    Ushbu maqsadlarga davlat hisobidan 238 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi. Oilaviy bog‘chalardagi bolalar sonini 25 nafardan 50 nafargacha oshirish va 4 nafargacha xodim yollashga ruxsat beriladi.

    Davlat organlari va tashkilotlar Ochiq ma’lumotlar portaliga tegishli ma’lumotlarni joylab boradi

    Quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ochiq ma’lumotlar portaliga (“data.gov.uz”), davlat organlari va tashkilotlari veb-saytlariga joylashtirilib, har chorakda yangilab boriladi:

    • amalga oshirilgan davlat xaridlari;
    • mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari;
    • Prezident, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar;
    • o‘zlarining yillik xarajatlar smetasi va uning ijrosi.
    Nodavlat ta’lim tashkilotlari davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi

    2024-yil 1-yanvarga qadar vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarning bino va inshootlarida (Toshkent va Samarqand shaharlaridan tashqari) faoliyatini amalga oshiradigan nodavlat ta’lim tashkilotlari:

    • ijara to‘lovidan ozod etiladi (saqlash va kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno);
    • ta’lim jarayoni natijasida olingan, o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni (ish va xizmatlarni) ta’lim tashkilotlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i bo‘yicha) tatbiq etilgan holda realizatsiya qilish huquqiga ega.
    Darsdan bo‘sh vaqtlarda, shu jumladan, yozgi ta’til vaqtida quyidagi davlat mulki obyektlari nodavlat ta’lim tashkilotlariga ijaraga beriladi:
    • maktabdan tashqari ta’lim kurslarini, shuningdek, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun davlat umumiy o‘rta va OTM bo‘sh maydonlari;
    • aholining kompyuter savodxonligi bo‘yicha kurslar tashkil etish uchun qishloq joylarda joylashgan davlat umumiy o‘rta va professional ta’lim muassasalaridagi kompyuter sinflari.
    Shuningdek, aholining kompyuter savodxonligi bo‘yicha kurslar tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan jalb qilingan o‘qituvchilar ish haqi xarajatlarining bir qismi oyiga BHMning 6 barobarigacha (1,47 million so‘mgacha) miqdorida 2024-yil 1-yanvarga qadar kompensatsiya qilinadi.

    Barcha mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilinadi

    Respublikaning barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida “E-qaror” elektron tizimi joriy etiladi. Ushbu elektron tizimni chetlab o‘tgan holda qaror va farmoyishlarni qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi va qarorlarning tartibga solish ta’sirini baholash elektron tizim orqali amalga oshiriladi.

    O‘zbekistonda 24 ta tuman (shahar) qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan hududlarga aylanadi

    Respublikadagi 24 ta tuman (shahar) qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi va ularda “kichik sanoat zonalari” tashkil etiladi. Tegishli materiallarni ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan bir qator imtiyozlar taqdim etiladi.

    Xususan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida, shu jumladan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun beriladigan bank kreditlari summasining 50 foizigacha, biroq 15 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kafolatlar beriladi.

    Parrandachilik sohasida davlat subsidiyalari beriladi

    Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 1000 so‘m miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratiladi.

    Tijorat banklari tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar uchun ajratilayotgan kredit bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan:

    • omixta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun tijorat banki tomonidan ajratiladigan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foiz punktidan ortiq bo‘lmagan qismi;
    • parrandachilik loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banki tomonidan ajratiladigan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foiz punktidan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.
    Davlat organlarida xizmat avtotransportlari davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etiladi

    Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi tipi joriy etiladi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yana 15 turdagi ma’lumot va hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi

    Bugun, 17:25

    “Dok-1 Maks” ishi: Hindistonlik sudlanuvchining advokati yana uni qamoqdan olib chiqishga urindi

    Bugun, 17:24

    Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilganidan keyin 186 milliard yevro oladi

    Bugun, 17:15

    O‘zbekistonda sentyabr oyida qariyb 111,5 mlrd so‘mlik elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi

    Bugun, 17:05

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov xitoylik bokschi ustidan g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi

    Bugun, 16:55

    Aquaterm ko‘rgazmasi boshlandi: AKFA BUILD innovatsion yechimlarni taqdim etdi va tashrif buyuruvchilarda chinakam qiziqish uyg‘otdi

    Bugun, 15:00
    Reklama

    Toshkent viloyatida taksi haydovchisi o‘ldirilib, mashinasi yoqib yuborildi (video)

    Bugun, 16:53

    Norvegiya 2024-yilda mudofaa budjetini 20 foizga oshiradi

    Bugun, 16:50

    Blinken: “G‘arb yetkazib bergan qurollarni qayerda qo‘llashni Ukrainaning o‘zi hal qiladi”

    Bugun, 16:40

    Turli millatga mansub bo‘lsa-da, bir-birini tushungan holda baxtli yashayotgan mashhur juftliklar (foto)

    Bugun, 16:30

    O‘zbekistonda pensiya olayotgan II jahon urushi qatnashchilari haqida maʼlumot berildi

    Bugun, 16:20

    Tavsiya etamiz

    “Dok-1 Maks” ishi: Hindistonlik sudlanuvchining advokati yana uni qamoqdan olib chiqishga urindi

    17:00 / 04.10.2023

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda pensiya olayotgan II jahon urushi qatnashchilari haqida maʼlumot berildi

    16:00 / 04.10.2023

    O‘zbekistondagi banklardan biriga bank operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi

    11:00 / 04.10.2023

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023

    Doim muzlab yuradigan qo‘l va oyoqlar qanday kasallik belgisi bo‘lishi mumkin?

    13:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.