Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda 28-iyun kuni 498 kishida koronavirus aniqlanib, mamlakatda COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 110 190 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 16 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 37 nafari Jizzax viloyatida,
  • 13 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 6 nafari Navoiy viloyatida,
  • 26 nafari Namangan viloyatida,
  • 85 nafari Samarqand viloyatida,
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 40 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 52 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 20 nafari Xorazm viloyatida,
  • 50 nafari Toshkent viloyatida,
  • 115 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Vazirlikning qayd etishicha, so‘nggi sutkada jami 636 kishi — Qoraqalpog‘istonda 9 nafar, Jizzaxda 29 nafar, Qashqadaryoda 10 nafar, Navoiyda 2 nafar, Namanganda 5 nafar, Samarqandda 78 nafar, Sirdaryoda 14 nafar, Surxondaryoda 37 nafar, Farg‘onada 14 nafar, Xorazmda 28 nafar, Toshkent viloyatida 58 nafar, Toshkent shahrida 352 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar 106 416 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 733 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3041 nafar bemor davolanyapti.

Kasallanganlar soni 110 mingdan bir necha barobar ko‘p bo‘lishi mumkin

O‘zbekiston rasmiylari koronavirus statistikasiga doir raqamlarni yashirish yoki ularni buzib ko‘rsatishdan hech kim manfaatdor emasligini muntazam ta’kidlab keladi. Ayni vaqtda, kasallanganlar soni rasmiy statistikadagidan ikki-uch barobarga ko‘p bo‘lishi mumkinligini hukumat tuzilmalariga aloqador mas’ullar ham, hukumat qoshida tuzilgan Respublika maxsus komissiyasi vakillari ham tan olib ta’kidlagan.

2020-yili karantin tartibi qayta kuchaytirilishi arafasida, 8-iyul kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtab a’zosi Habibulla Oqilov COVID-19’ni yuqtirib olganlar soni rasmiy statistikadagidan ikki-uch barobarga ko‘p bo‘lishi mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.

“Kasallanganlar soni kuniga 350 taga ko‘paymoqda degani — bu biz bilgan statistika. Buning orasida hali qancha tahlilga yetib bormagan, lekin aslida kasallangan, simptomsiz yurgan bemorlar soni ikki-uch barobar ko‘proq ham bo‘lishi mumkin. PZR tahlilining javobi chiqishiga ikki-uch kun, hatto bir haftagacha vaqt ketib qolyapti, bu vaqtning ichida esa PZR bormi, yo‘qmi, deb gumonda turgan bemor xalqning ichida yuribdi, kun sayin beshtaga yuqtiryapti, u besh kishi boshqa 25 kishiga yuqtirib, kasallarning soni shu tariqa ko‘payib ketmoqda”, — degandi Oqilov.

9-iyul kuni esa Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin tartibi qayta tiklanishi sabablarini izohlarkan, “rasmiy statistika faqat aniqlangan kasallanish holatlarini qayd etayotgani, haqiqiy holat, boshqa mamlakatlardagi kabi, bir necha barobar farqli bo‘lishi mumkin”ligini tan olgan edi. “Sababi hamma bemorlar ham tibbiy yordamga murojaat qilmayapti, simptomsiz bemorlarni esa hisobga olishning imkoni yo‘q”, — deyilgandi komissiya murojaatida.

Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori, SSV huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Shuhrat Boymurodov 20-sentabr kuni “O‘zbekiston 24” telekanalining “Studiya 24” dasturidagi chiqishida rasmiy statistikaga faqat rasman murojaat qilib yoki davolash muassasalarida test topshirgan va testining natijasi musbat chiqqan fuqarolargina kiritilganini aytib o‘tgandi.

“Test deyapmiz, bu rasmiy murojaat qilgan yoki davolash muassasalarida test olingan bemorlar soni, lekin test topshirmay, virusni yuqtirib olib, kasallikni o‘zida to‘liq o‘tkazgan fuqarolarimiz ham kam emas... Fuqarolar o‘rtasida savollar shunchalik ko‘p bo‘ldiki, to‘rt-besh marta test topshirgan, ammo har safar test natijasi manfiy chiqqan, shunga qaramay unda kasallikning klinik belgisi bor. Ma’lum bir vaqt, bir yarim oy o‘tgach, u organizmidagi antitanani aniqlash uchun qonidan test topshirsa, natija musbat chiqqan. Ya’ni bu fuqaro kasallikni o‘zida to‘liq o‘tkazgan, degan xulosa berish mumkin. Shu bois bugungi kunda kasallikni boshidan o‘tkazgan fuqarolarimiz ham ko‘p”, — degandi Shuhrat Boymurodov.

28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirgandi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlangandi.

2021-yil yanvar oyi boshlarida sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev SSV yuritayotgan koronavirus statistikasiga to‘liq ishonishni, “chunki u to‘g‘ri” ekanligini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)