Qashqadaryo viloyati Koson tumanida Cobalt va Matiz ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, voqea 20-iyun kuni 8:30 atrofida tumanning “Lolazor” MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida Matiz haydovchisi vafot etgan.
Shuningdek, 4 nafar hodisa ishtirokchisi turli tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Koson tuman ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avval Termizda piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan Cobalt haydovchisi uning o‘limiga sababchi bo‘lgani, Sirdaryoda Nexia-3, “Jiguli” va Isuzu yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz bergani hamda Surxondaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas tut daraxtiga borib urilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)