• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Afg‘onlar O‘zbekiston hududiga yana bir necha bor qochib o‘tgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston hududiga 23-iyun kuni 53 nafar afg‘on chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar qochib o‘tgani, zaruriy surishtiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilganidan so‘ng, ular vataniga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi. Afg‘onlar O‘zbekiston hududiga bundan keyin ham yana bir necha bor qochib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 28-iyun, dushanba kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    “Bundan keyin ham bu kabi harakatlar bir necha marta amalga oshirildi. Oxirgisi shanba kuni bo‘ldi. Lekin biz o‘zimizning milliy qonunchiligimiz va xalqaro normalardan kelib chiqqan holda, Afg‘oniston fuqarolari bilan tegishli surishtiruv va tergov ishlarini amalga oshirib, ularning barchasini o‘zining respublikasiga qaytarib yubordik. Bu borada O‘zbekiston chegarasi daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmasligi kerak”, — degan Sherzod Asadov.

    U O‘zbekiston hukumatining Afg‘onistonda kuzatilayotgan ayni paytdagi vaziyatga nisbatan pozitsiyasi haqida gapirarkan, xususan, shunday dedi:

    “Afg‘oniston Respublikasining shimolida bo‘layotgan voqealar bo‘yicha shu yilning 24-iyun kuni Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston davlati va hukumatining rasmiy pozitsiyasini e’lon qildi. Mazkur pozitsiya doirasida mana shuni aytishim mumkinki, Afg‘onistonda rivojlanayotgan hozirgi vaziyat O‘zbekiston davlati va hukumatini xavotirga soladi.

    Umuman olganda, hurmatli Prezidentimiz oxirgi 4-5 yil davomida Afg‘onistonning rivojlanishi, Afg‘onistonga barqaror hayotni qaytib kelishi bo‘yicha juda ham ko‘p sa’y-harakatlarni jahon hamjamiyati bilan birgalikda amalga oshirdilar. 2018-yilda Toshkentda Afg‘oniston masalalariga bag‘ishlangan ilk yirik xalqaro konferensiyalardan biri bo‘lib o‘tdi. Unda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, Yevroittifoq vitse-prezidenti Federika Mogerini qatnashgan edi. Bu konferensiya keyinchalik “Tolibon” va Afg‘oniston hukumati munosabatlarini qandaydir yangi bir darajaga chiqadigan jarayonni boshlanishiga asos bo‘ldi. Bundan keyin bir qator yirik tadbirlar, Qatarda bir qancha uchrashuvlar o‘tkazildi.

    Ammo, afsuski, oxirgi paytlarda bizlar kuzatayotgan Afg‘oniston shimolidagi ziddiyatlar birinchi navbatda Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lyapti, bu hammamizga yaxshi ma’lum. U yerda bo‘layotgan bu dizbalansdan biz, albatta, xavotirdamiz. Chunki Afg‘oniston bizlar uchun begona davlat emas. Yuqorida aytganimdek, so‘nggi 4-5 yil mobaynida Afg‘onistonning barqaror rivojlanishi uchun juda ham ko‘p sa’y-harakatlar qilindi. Shundan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, albatta, ixtilofdagi barcha tomonlar qandaydir murosaga kelishi kerak, bu ziddiyatni yana ham kuchayib ketishining oldini olish kerak. Bundan tashqari, gap Afg‘onistonning aholisi haqida ham ketyapti. Birinchi navbatda aholi orasidagi yo‘qotishlarga barham berish lozim.

    Umuman olganda, yaqinda 15—16-iyul kunlari bo‘ladigan Markaziy Osiyoning o‘zaro bog‘liqlik masalalariga bag‘ishlangan konferensiyada ham biz Afg‘onistonning keyinchalik rivojlanishi qay yo‘sinda bo‘ladi, uni savdo-iqtisodiy, transport logistika salohiyatini qanday rivojlantirsak bo‘ladi va umuman olganda, barcha harakatlarimiz qanday qilib, Afg‘onistonga barqaror hayot qaytib kelishiga yordam beradi, degan mavzularda Afg‘oniston, Pokiston rahbariyati va hamkor davlatlardan kelidigan Tashqi ishlar vazirliklari bilan birga mana shu masalalarni muhokama qilish rejalashtirib qo‘yilgan.

    Afg‘onistondagi ziddiyatda va uni yechimini topishda O‘zbekiston jahon hamjamiyatining boshqa davlatlari singari keyinchalik ham ko‘makchi sifatida bu jarayonlarda ishtirok etadi. Lekin shu bilan birga bu masala, bu muammolar albatta, Afg‘onistonning o‘zini ichki ishi va bunda tashqaridan bosim yoki qandaydir afg‘on xalqiga g‘ayri bo‘lgan fikrlarni o‘tkazish, albatta, noto‘g‘ri. Umid qilamizki, ziddiyatlar tez kunda barham topadi”, — dedi Sherzod Asadov.

    Eslatib o‘tamiz, 22-iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi va qator manfaatdor tashkilotlar taklifiga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasi Afg‘onistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat keskinlashayotganini inobatga olib, o‘zbek-afg‘on davlat chegarasi orqali fuqarolarning harakatlanishini vaqtincha to‘xtatishga qaror qilgandi.

    23-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon telefon orqali suhbatda bugungi kunda qo‘shni Afg‘onistonda, xususan, uning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarida, ikki mamlakatning Afg‘oniston bilan davlat chegarasi o‘tadigan hududlari bo‘ylab vujudga kelayotgan tahlikali vaziyatni ham muhokama qilib, ushbu mamlakat bilan chegara chizig‘idagi vaziyatni juda keskin deb baholagandi.

    Mavzuga doir: Abdulaziz Komilov “Tolibon” nima xohlayotganini ma’lum qildi

    28.06.2021, 19:10   Izoh (0)   91408
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada qurilish maydonida yiqilib halok bo‘lgan 22 yoshli o‘zbekistonlikning jasadi mamlakatga olib kelindi

    28.06.2021, 18:40

    O‘zbekistonda 22-iyundan jamoat transportiga niqobsiz chiqish taqiqlangan. Bu talab qanchalik bajarilyapti? (foto)

    28.06.2021, 18:24

    Bog‘otda gaz ta’minoti yo‘qligi sabab aholi yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    28.06.2021, 17:56

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    28.06.2021, 17:26

    Termizdagi elektr podstansiya hududida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    28.06.2021, 16:53

    Kuvayt aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni boshlaydi

    28.06.2021, 16:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.