Izoh: Xabarning birinchi tahririda hodisa yuz bergan park nomi “Anhor-Lokomotiv” tarzida berilgan edi. Bu xato, parkning to‘g‘ri nomi “Anhor”. Berilgan noto‘g‘ri axborot va yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“22-iyun kuni ‘Anhor’ parkidagi attraksionning texnik ko‘rikdan o‘tkazilayotgani tasvirga olingan. Tasvirga tushgan odamlar — park ishchilaridir. Bu vaqtda parkda sayr qiluvchi fuqarolar bo‘lmagan”, — deyiladi poytaxt IIBB xabarida.
Ta’kidlanishicha, biroz vaqtdan so‘ng — attraksionda profilaktik ishlar tugagach, u yana ishga tushiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning oktabrida Namangandagi ko‘ngilochar istirohat bog‘ida 18 yoshli qiz attraksionda olgan tan jarohati tufayli vafot etgandi.
Izoh (0)