Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan “Eski jo‘va” (Chorsu) dehqon bozorida sifatsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati

Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan tuman Veterinariya bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi “Eski jo‘va” dehqon bozorida o‘tkazilgan tekshiruvda fuqaro J.T. tegishli hujjatlari bo‘lmagan sifatsiz go‘sht mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, jami 72,5 kilogramm mol go‘shti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan avval Qarshidan Toshkentga 500 kiloga yaqin noma’lum hayvonga tegishli go‘sht olib ketilayotgani aniqlangani, Buxoroda qo‘lbola tayyorlangan iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotini sotayotgan shaxs qo‘lga olingani hamda Buxorodan Toshkentga 3 tonnaga yaqin iste’molga yaroqsiz go‘sht olib ketilayotgani aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...
Texnologiyalar
ChatGPT’da yangi funksiya paydo bo‘ldi
Sport
Rasman: Angelos Postekoglu “Tottenhem” bosh murabbiyi