• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Turkmaniston poytaxtida COVID-19’ning yangi to‘lqini kuzatilmoqda

    Ashxobodda may—iyun oylaridagi kuchli issiq havo sabab tibbiyot xodimlari gripp yoki pnevmoniya deya tashxislayotgan kasalliklarga chalinish holatlari keskin ko‘paydi. “Turkmen.news” nashrining yozishicha, bu koronavirusning uchinchi to‘lqini ekanligining ehtimoli yuqori. Mamlakatda COVID-19’ning birinchi to‘lqini 2020-yil yozining boshlanishi va o‘rtalarida, ikkinchi to‘lqin esa 2020-yil dekabri va 2021-yilning fevraliga to‘g‘ri kelgan.

    Foto: “Xronika Turkmenistana”

    Ashxoboddagi manbalar Cho‘ganlidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida vaziyat og‘ir ekani, o‘likxonalar to‘lgani, murdalar ko‘k plastik paketlarda kafanlanayotgani va uni ochish taqiqlanganini xabar qilgan. Ushbu ma’lumotlarni tekshirish va ularning qanchalik darajada haqiqat yoki aksincha ekanini aniqlash, vaziyatga baho berish imkoni mavjud emas, Turkmaniston rasmiylari mustaqil jurnalistlarning bu kabi tekshiruvlar o‘tkazishiga xayrixoh emas.

    Cho‘ganlidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi

    Cho‘ganlidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi
    Foto: “Turkmen.news”

    Biroq hukumat epidemiologik vaziyatdan xavotirda ekanini rasman e’lon qilgan. Bu hodisa Turkmaniston ichkarisida koronavirus yo‘qligi, lekin butun dunyoda pandemiya davom etayotganligi bilan izohlangan. 18-iyunda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tarqalayotgan kasallikka qarshi kurash bo‘yicha favqulodda komissiya yig‘ilishini o‘tkazgan.

    “O‘z vaqtida amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar samarasi o‘laroq o‘tkir pnevmoniya qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan kasallikning davlatimiz hududiga kirishiga yo‘l qo‘yilmadi”, – deya ta’kidlagan Berdimuhamedov.

    Shunga qaramay, prezident va mazkur yig‘ilishda ishtirok etgan amaldorlar dunyoda koronavirusning yangi shtammlari tarqalayotganidan xavotir kuchayib borayotganini bildirgan. Turkmaniston davlat agentligining qayd etishicha, “kasallikning tarqalishiga butun dunyoda fuqarolarning bir mamlakatdan boshqa bir yerga borishi sabab bo‘lmoqda”. Shuningdek, agentlik butun dunyoda kuzatilayotgan epidemiologik vaziyat sanitariya me’yorlari va kasalliklar tarqalishiga qarshi qoidalariga yetarli darajada rioya etilmaganining oqibatida yomonlashgan.

    Yig‘ilish yakunida Berdimuhamedov profilaktik choralar ko‘rish zarurligi, ammo u qayd etib o‘tgan choralar hammasi azaldan mavjud ekanligini aytgan. Ya’ni, xorijdan kelganlar uchun 21 kunlik karantin (Turkmanistonda xorijdan qaytganlar bir oy yoki undan ko‘proq karantinda bo‘lmoqda), COVID-19’ga qarshi vaksinatsiya, aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish u qayd etib o‘tgan asosiy choralar hisoblanadi. Turkmaniston prezidenti koronavirus infeksiyasiga qarshi xorij preparatlarini sotib olish haqida topshiriq bergan, bunda emlash vositalari nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin, sababi Berdimuhamedov vaksinatsiya deganda ko‘p ehtimol bilan vaksinalar xaridi haqida gapirgan.

    Nooziq-ovqat mahsulotlari do‘konlarini yopish, hududlararo transport qatnovini bekor qilish, keskin cheklov choralarini ko‘rish haqida yig‘ilishda so‘z yuritilmagan. Ammo Turkmaniston aholisi orasida 18-iyundan boshlab ko‘plab muassasalar yopila boshlagani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan. Ayrim do‘konlar, o‘quv markazlari va xususiy bog‘chalar hech qanday izohsiz ishlashni to‘xtatib qo‘ygan. Kompyuter o‘yinlari ishqibozlari ham internet-kafelar yopilgani tufayli yozda zerikishga mahkum.

    “Shahardagi barcha o‘yinxonalar komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tishidan avval yopilgandi. 16-iyundan buyon mijozlarga bu borada hech qanday izoh berilmayapti”, – degan Ashxobodda yashovchi Turkmaniston fuqarolaridan biri.

    Bir yil avval ham xuddi shu vaqtda shunday holat kuzatilgan. U paytda Ashxobod va viloyatlardagi yangi qabrlar soni keskin ko‘payib ketgandi. Ammo hukumat koronavirusning mamlakatga kirib kelganini inkor etgan va bahorda Turkmanistonga kelishi kerak bo‘lgan JSST missiyasini hududga kiritmagandi.

    2020-yilda Mari viloyatidagi qabriston holati

    2020-yilda Mari viloyatidagi qabriston holati
    Foto: “Turkmen.news”

    2020-yil iyul oyida JSST ekspertlari Turkmanistonga kelishga muvaffaq bo‘ldi va u yerda mutaxassislarga oldindan tayyorlab qo‘yilgan kasalxonalar namoyish etilgan. Ekspertlar virusning mavjudligi borasida hukumat vakillari bilan tortishmagan, ammo mamlakatda koronavirus pandemiyasiga qarshi ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qilgan. Shundan keyin keskin choralar ko‘rilib, biznes va fuqarolarning mamlakat bo‘ylab faoliyati kuchli nazoratga olingandi.

    “Turkmen.news”ning yozishicha, 2020-yil iyun–iyul oylarida nashrga COVID-19 kasalligi tufayli vafot etgan odamlar haqida ko‘plab xabarlar kelib tushgan. Cheklovlar joriy qilingach, infeksiyaning birinchi to‘lqini chekina boshlagan va o‘lim holatlari haqida xabarlar ham kamaygan. Dekabr–fevral oylarida yana nashrning “Xotira ustuni”ga yangi qurbonlar ismi yozila boshlandi va bu Turkmanistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini anglatdi. Muayyan vaqt o‘tgach vaziyat o‘nglandi, lekin endi mamlakatda uchinchi to‘lqin kuzatilmoqda.

    Bunda hech qanday hayratlanarli jihat yo‘q, aksincha holat boshqacha bo‘lganida, hammasi g‘alati tuyulardi. Butun dunyoda COVID-19’ning yangi shtammlari tarqala boshlagan, jumladan, Delta shtammi, ya’ni Hindiston shtammi yuqumliligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Rossiyada kasallanganlar sonining keskin oshib ketgani tufayli cheklov choralari qayta joriy qilindi. 18-iyunda Moskva shahri meri Sergey Sobyanin koronavirus bilan kasallanganlarning 89 foizida Hindiston shtammi kuzatilganini ma’lum qilgan.

    Qirg‘izistonda ham koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paygan. Tojikiston SSV 2020-yil bahoridagi kabi mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari kuzatilmaganini bildirmoqda. Lekin mamlakatdagi xususiy laboratoriyalar kuniga 100 ta yangi holat qayd etilayotganini ta’kidlagan. SSV rasmiylari bu koronavirus emas, sil kasalligi ekanini aytgan.

    Holatlar bir yil avvalgi vaziyatni eslatib yubormoqda. 2020-yilda ham Tojikiston va Turkmaniston koronavirusning borligini yashirgan. Biroq Tojikiston hukumati imij strategiyasini o‘z vaqtida o‘zgartirgan va mamlakatda COVID-19’ga chalinish bo‘yicha holatlar mavjudligini tan olgan. Turkmaniston hukumati va davlat amaldorlari esa garchi mamlakatda hech kim koronavirusning yo‘qligi haqidagi gapga ishonmay qo‘ygan bo‘lsa ham, bu borada oxirigacha o‘z pozitsiyasini ushlab turgan.

    Turkmanistonda aholini Xitoy va Rossiya preparatlari bilan emlash ishlari 2021-yil boshidan beri davom etmoqda. Bugungi kunda barcha nafaqaxo‘rlar va xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari vaksinatsiya qilinyapti. Odamlarning vaksinatsiyadan keyin o‘zini qanday his etayotgani haqida axborotlar berilmagan. Biroq “Turkmen.news” nashri emlashdan keyin odamlarning yurak yetishmovchiligi sabab vafot etish holatlari kuzatilgani haqida xabarlar borligi xususida yozgan.

    Turkmanistonda vaksinatsiya boshlanganidan keyin 2020-yil iyulida yopib qo‘yilgan ayrim korxonalar faoliyatini qaytadan boshlagan. Hududlar bo‘ylab transport qatnovi qisman tiklangan. O‘tgan yili avgustda boshlangan xorijdagi fuqarolarni mamlakatga olib kelish ishlari davom ettirilmoqda, COVID-19 koronavirus pandemiyasi boshlanishidan avval xorijda qolib ketgan fuqarolarning ayrimlar hanuzgacha Turkmanistonga qaytarilmagan.

    22.06.2021, 13:55   Izoh (0)   24898
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradagi hududini egallab oldi

    22.06.2021, 13:25

    JARda biryo‘la o‘n farzandli bo‘lganini e’lon qilgan ayol ruhiy shifoxonaga yotqizildi

    22.06.2021, 12:26

    Turkiyada 1-iyuldan komendantlik soati to‘liq bekor qilinadi

    22.06.2021, 10:20

    Putinni tarixiy shaxs deb hisoblovchilar soni 3 yil ichida ikki baravar kamaydi

    22.06.2021, 08:08

    AQSh Belarusga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi

    22.06.2021, 07:17

    Shvetsiya parlamenti birinchi marta bosh vazirga ishonchsizlik votumi e’lon qildi

    21.06.2021, 22:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Har qanday yoshda o‘zini baxtli his qilishga yordam beradigan omil aniqlandi

    Layfstayl | 19 iyun, 22:25

    Qozog‘istonda elektr uzatish tarmog‘i o‘chgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 22:15

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    Dunyo | 19 iyun, 22:05

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Xorazm”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 22:03

    Si Szinpin Qozog‘istonga qilgan safari haqida Putinga ma’lumot berdi

    Dunyo | 19 iyun, 21:55

    Ishdagi ishq: suratga olish maydonchasida tanishgan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 19 iyun, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.